Yer tuzish va yerdan foydalanish


Yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamini



Download 1,71 Mb.
bet41/54
Sana16.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#372901
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
LOTIN Мажмуа БИДК сиртқи 2021(2)

Yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamini

shakllantirish va berish tartibi
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip bo‘yicha yaratiladi, unga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olinadi.

Kadastr raqami – bu yer uchastkasi, bino va inshootga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U yer uchastkasi, bino va inshoot yagona ob’ekt sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qolinadi.

Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olishning yagona tizimiga birlashtiriladi va yaxlit ko‘rinishda yoziladi.

Quyidagilar yer uchastkalari, binolar va inshootlar kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

hududlar kodi;

hududlar tarkibidagi ma’muriy tumanlarning (shaharlarning) kodi;

kadastr zonasi kodi;

kadastr massivi kodi;

kadastr mavzesi kodi;

yer uchastkasining kodi;

bino, inshootning kodi;

bino, inshoot bir qismining kodi.

Yer uchastkasi, bino va inshootlarining kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA:VV:SS:DD:EE:FFFF:GGGG:HHH,

(xat boshisi qo‘mitaning 2010 y. 12 .10.2010 y. 104-sonli buyrug‘i tahririda)

bunda:

AA – hududlarning kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

VV – hududlar tarkibidagi ma’muriy tumanlarning (shaharlarning) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

SS – kadastr zonalari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

DD – kadastr massivlari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

YeE – kadastr mavzelari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

FFFF – yer uchastkalari kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

GGGG – yer uchastkasidagi binolar va inshootlar kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

NNN – bino va inshootlarning bir qismi kodini bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.

Ushbu tartibdan kelib chiqib, yer uchastkalarining kadastr raqami 14 razryadli o‘nli sondan iborat bo‘lishi shart.

Bino va inshootlarning kadastr raqami, ushbu binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkasining kadastr raqamidan keyin bino va inshshotga berilgan to‘rt razryadli o‘nli sondan iborat kod qo‘shilib, 18 razryadli o‘nli sondan, binolar va inshootlarning bir qismi uch razryadli o‘nli son qo‘shilib 21 razryadli o‘nli sondan iborat bo‘ladi.

Hududlar, tumanlarning (shaharlarning) kodlari 2-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.

Tumanlar (shaharlar) doirasida kadastr zonalarini, kadastr zonalari doirasidagi massivlarni hamda massivlar doirasidagi mavzelarni raqamlash (kodlash), tumanlar (shaharlar) hududini zonalarga, massivlarga va mavzelarga bo‘lish jarayonida amalga oshiriladi.

Kadastr zonalari, massivlari va mavzelari barcha hujjatlarda ularning kodi bilan belgilanadi, ularga, odatda, nom berilmaydi.

Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarining chegaralari, odatda, shaharlarnig, shahar tumanlarining, qishloqlarning (ovullarning) ma’muriy chegaralari bo‘yicha qabul qilinadi. Keyinchalik, ma’muriy chegaralar o‘zgarganda, kadastr bo‘yicha bo‘linish tizimiga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish misoli 3-ilovada keltirilgan.

Yer uchastkasiga kadastr raqamini berish yer uchastkasi ko‘chmas mulk ob’ekti sifatida shakllantirilgandan keyin tuman (shahar) yer kadastri daftarini to‘ldirish jarayonida amalga oishiriladi.

Yer uchastkalariga berilgan kadastr raqami ularni hisobga olish reestrida aks ettiriladi.

Tuman (shahar) hududida joylashgan tegishli soha kaddastrlarida aynan nom yoki raqam bilan alohida hisobga olinadigan uzun ob’ektlar (kanallar, kollektorlar,avtomobil va temir yo‘llari, elektr va aloqa liniyalari) joylashgan yerlar mustaqil yer uchastkalari hisoblanadi va ularga tuman (shahar) doirasida, ular qanday zonalar, massivlar va mavzelarda joylashishidan qat’i nazar, 14 razryadli o‘nli sondan iborat yagona kadastr raqami beriladi.

Uzun yer uchastkalarining kadastr raqamini shakllantirishda, ular qaysi zonada ko‘proq joylashgan bo‘lsa, o‘sha zona kodi, shu zonadagi qaysi massivda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, o‘sha massiv kodi, ushbu massivda qaysi mavzeda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, o‘sha mavze kodi va ushbu mavzedagi navbatdagi yer uchastkasi kodi beriladi.

Hududlar kadastr bo‘yicha bo‘lingandan keyin yangi yer uchastkasi bir nechta mavzelar hududidan berilgan bo‘lsa, shu yer uchastkasi qaysi mavzeda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, o‘sha mavzening kodi beriladi va hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish kartografik materiallariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro‘yxatga olish, yangi kadastr xaritalarini (planlarini) tayyorlash jarayonida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari (kodlar) o‘zgartirilmaydi.

Binolar va inshootlarning kadastr raqami ma’lum yer uchastkasidagi bino va inshootlarning har biriga birinchisidan boshlab, qolganlariga navbatdagi tartib raqami berish yo‘li bilan shakllantiriladi.

(ikkinchi xat boshisi qo‘mitaning 2010 y. 12 .10.2010 y. 104-sonli buyrug‘iga asosan chiqarib tashlandi)

Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy binoning bir qismi sifatida navbatdagi uch razryadli o‘nli son raqami berish yo‘li bilan shakllantiriladi.

Bino va inshootlarning bir qismi bo‘lib, u asosiy binodan boshqacha huquqiy maqomga ega (huquq egasi boshqa shaxs) bo‘lgan uning ayrim xonalari (kvartiralar, alohida xonalar va ulardan ajralib turgan boshqa qismlari) hisoblanadi.

Ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarga kadastr raqamini shakllantirish jarayonida uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki shu uydan foydalanib turadigan boshqa tashkilotlarning yer uchastkasi va aynan uyning kadastr raqami asos qilib olinadi. Yer uchastkasidagi ko‘p kavatli uy-joyning bir qismi kodi sifatida kvartira tartib raqami qabul qilinadi.

Binolar va inshootlarga kadastr raqami ushbu binolarga va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash jarayonida yer uchastkasining bino va inshootlar aks ettirilgan plani tayyorlangandan keyin beriladi.

Butun yer uchastkasiga, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda va (yoki) ularga bo‘lgan huquq turi o‘zgarganda, ushbu ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqami o‘zgarmaydi.

Yer uchastkalarining chegaralari va maydoni, ularni bo‘lish yoki qo‘shish yohud bir qismini olib qo‘yish natijasida o‘zgarganda hamda yangi yer uchastkasi tashkil etilganda, ularga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi.

Bunda oldin berilgan kadastr raqamlari bekor qilinadi va ular keyinchaliq qo‘llanilmaydi.

Yer uchastkalari, binolar va inshootlarga berilgan kadastr raqamlari yer kadastri daftarida, yerga bo‘lgan huquq davlat reestrida, binolar va inshootlarning kadastr daftarida, bino va inshootlarni hisobga olish reestrida va boshqa kadastr hujjatlarida aks ettiriladi.



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish