1 - Mavzu: O‘zbekiston respublikasi hududlarini kadastr
bo‘yicha bo‘lish, kadastr raqamlarini shakllantirish va
berish tartibi.
(2 soat)
Kadastr bo‘yicha bo‘lish – bu O‘zbekiston Respublikasi hududini mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda kartografik materiallarda (xaritalarda, planlarda, sxemalarda) kadastr birliklariga (zonalar, massivlar, mavzelarga) bo‘lishdir.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga (keyingi o‘rinlarda “hududlar” deb ataladi) hamda tumanlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlarga (keyingi o‘rinlarda – “shaharlar (tumanlar)” deb ataladi) kodlar beriladi va shaharlarning (tumanlarning) hududlari zonalar, massivlar va mavzelarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish yer uchastkalari, binolar va inshootlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqamlari berish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadastr bo‘yicha bo‘lish va yer uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqami berish tizimi ularni hisobga olishning yagona tizimida har qanday yer uchastkalarini, binolar va inshootlarni bir xilda identifikatsiyalashni ta’minlashi maqsadida amalga oshiriliadi.
Kadastr bo‘yicha bo‘lish ishlari respublikaning har bir shaharida (tumanida) tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar (tumanlar), kadastr zonalari (bir nechta kadastr massivlarining birlashmasi), kadastr massivlari (bir nechta kadastr mavzelarining birlashmasi), kadastr mavzelari (bir nechta yer uchastkalarining birlashmasi), yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklari hisoblanadi.
Ayrim holatlarda tuman va shahar hududining hususiyatlariga, yer uchastkalarining soniga, katta-kichikligiga qarab, ayrim zonalar bitta massivdan (massivga 01 kodi beriladi), ayrim massivlar bitta mavzedan (mavzega 01 kodi beriladi) va ayrim mavzelar bitta yer uchastkasidan (yer uchastkasiga 0001 kodi beriladi) tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy shahar (tuman) hududi kadastr zonalariga bo‘linadi.
Zonalar tuman (shahar) hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish birligi bo‘lib, ma’muriy tuman hududini bo‘lishda kadastr zonalari sifatida qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar) hududlari qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga hamda viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar hududini bo‘lishda kadastr zonalari sifatida shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, shaharsozlik hududiy zonalari va boshqa hususiyatlari) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari, masalan: sanoat zonasi, turar joy massivlari, istirohat bog‘lari, dam olish zonalari va shu kabilar, qabul qilinadi.
Kadastr zonalari chegaralari tabiiy va sun’iy ob’ektlar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam ob’ektlar) bo‘ylab o‘tishi kerak.
Kadastr zonasi o‘z navbatida kadastr massivlariga bo‘linadi.
Kadastr massivlari kadastr zonasining shartli ravishda bo‘lingan kadastr bo‘yicha bo‘lish birligi bo‘lib, qishloq joylarida kadastr massivi sifatida qishloq aholi punktlari, tabiiy va sug‘orish sharoitlari bilan ajralib turadigan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlardagi yerlar qabul qilinadi.
Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda (shaharchalarda) kadastr massivlari sifatida mahalla hududi yoki shahar va shaharchalarning ayrim qismlari qabul qilinadi. Bunda kadastr massivlari chegarasi ko‘chalar, boshqa inshootlar bo‘ylab qabul qilinadi va kadastr zonalarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi kerak.
Kadastr massivi kadastr mavzelariga bo‘linadi.
Kadastr mavzelari shartli ravishda bo‘lingan kadastr bo‘yicha bo‘lish birligi bo‘lib, qishloq joylarida kadastr mavzesi sifatida har xil sug‘orish shahobchalaridan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlardagi yerlar, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududi qabul qilinadi. Ularning chegaralari kanallar, kollektorlar, yo‘llar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Shahar va shaharchalarda kadastr mavzesi sifatida shahar va shaharchalarning bosh rejalari, mavjud uzun ob’ektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, kanallar va boshqalar), boshqa tabiiy ob’ektlar chegarasi hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) bo‘yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining jami qabul qilinadi.
Kadastr mavzelarining hududini shunday shakllantirish kerakki, ularda yer uchastkalarining soni to‘rt razryadli o‘nli sondan (ya’ni 9999 dan) ortmasligi zarur. Amalda shunday holat yuz bersa, ushbu kadastr mavzesi ikkiga bo‘linishi kerak.
Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Kadastr bo‘yicha bo‘lishning birlamchi birligi bo‘lib, belgilangan tartibda shakllantirilgan yer uchastkasi hisoblanadi.
Aholi punktlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalaniladigan yerlariga (ko‘chalar, maydonlar, ko‘kalamzorlar va shu kabilarga) tumandagi zaxira yerlariga ham kadastr raqami beriladi (xat boshisi qo‘mitaning 2010 y. 12 .10.2010 y. 104-sonli buyrug‘i tahririda)
Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mazkur
Yo‘riqnomaga muvofiq tashkil etiladi va ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |