Kadastr yig‘ma jildiga o‘zgartirishlar kiritish
Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq egalarining yoki ular vakillarining, shu jumladan huquq egasi o‘zgarganda yangi huquq egalarining arizalariga muvofiq kiritiladi. Arizaga kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lgan hujjatlar hamda yuridik va jismoniy shaxsda saqlanayotgan kadastr yig‘majildi ilova qilinadi.
Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgartirilgan holda rekonstruksiya qilinganda ular qaytadan texnik inventarizatsiya qilinadi hamda u asosida bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari qaytadan tayyorlanadi.
Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi o‘zgargan taqdirda, ko‘chmas mulk ob’ekti qaytadan texnik inventarizatsiya qilinmaydi. Bunda tegishli huquq egasining arizasiga muvofiq kadastr yig‘majildi uning nomiga qayta rasmiylashtirib beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxsning ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqi bekor bo‘lganda yoki bekor qilinganda, ushbu ob’ektga tayyorlangan kadastr yig‘majildi yangi huquq egasiga berilishi lozim. Bunda kadastr yig‘majildi unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yangi huquq egasi tomonidan tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga topshirilishi lozim.
Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritishda uning tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining arxivida saqlanayotgan nusxasiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda kadastr yig‘majildining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining arxivida saqlanayotgan nusxasida mavjud bo‘lgan hujjatlarni olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr yig‘majildiga yangilanishi bo‘yicha qo‘shib boriladi.
Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.
Savollar:
Ko‘p kvartirali uylardan foydalanish huquqi ?
Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi ?
Bino va inshootning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ?
4. Mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlar ?
Do'stlaringiz bilan baham: |