Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari. 2 Yer fondi toifalari. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish


-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish



Download 68,25 Kb.
bet25/40
Sana28.06.2022
Hajmi68,25 Kb.
#715062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
zarnigor

53-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Fermer xo‘jaliklariga zaxiradagi yerlar, maxsus respublika fondi yerlari, mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan xo‘jaliklardagi va sug‘oriladigan yangi mavzelardagi yerlar beriladi. Ularga zarar ko‘rib ishlayotgan yoki kam rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) yerlari fermer xo‘jaliklariga kooperativlar (shirkatlar) a’zolari umumiy majlisining qaroriga binoan berilishi mumkin, mazkur qaror asosida tuman hokimi tegishli qaror qabul qiladi.
54-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan kooperativlarga (shirkatlarga) yer uchastkalari berish
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining (ilmiy-tadqiqot, o‘quv, yordamchi qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlaridan tashqari) bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan hamda ular tarkibidan chiqadigan kooperativlarga (shirkatlarga) xo‘jalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olgan holda o‘zlari ilgari foydalanib kelgan yerlardan viloyat yoki tuman hokimining qaroriga binoan yer uchastkalari beriladi. Bu uchastkalar mazkur korxonalar va tashkilotlarning yerlari tarkibidan olib qo‘yilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
55-modda. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) har bir a’zosining, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari har bir xodimining oilasiga, shuningdek qishloq joylarda yashovchi o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi imorat va hovli egallagan maydonni ham qo‘shganda sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa — sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 gektargacha o‘lchamda beriladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) a’zolarining, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining, shuningdek uzluksiz besh yildan ortiq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida ishlagan va hamon ishlab kelayotgan o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga, ular yashayotgan aholi punktlari shahar tarkibiga o‘tkazilgan taqdirda, ularning ish joylaridan, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, imorat va hovli egallagan maydonni ham qo‘shganda ana shu kooperativlar (shirkatlar), korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda belgilangan o‘lchamda yer uchastkasi berilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining o‘lchamlari yer resurslarining mavjudligiga qarab hamda oilaning jamoat ishlab chiqarishidagi ishtirokini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi kooperativlarida (shirkat xo‘jaliklarida), boshqa jamoa qishloq xo‘jaligi korxonalarida — ularning yuqori boshqaruv organlari tomonidan, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlarida — ularning ish beruvchisi (ma’muriyati) qarori bilan belgilanadi, mazkur qaror asosida tuman hokimi tegishli qaror qabul qiladi.
Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kim oshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan yoki ushbu qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkilotida belgilanganidan kam o‘lchamdagi tomorqa yer uchastkasiga ega bo‘lgan fuqarolarga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning egaligidagi yoki foydalanishidagi yerlardan belgilangan normalar doirasida yakka tartibdagi polizchilik uchun foydalanishga qo‘shimcha yer uchastkalari beriladi.
Qishloq joylarda yashovchi va o‘z mulkida chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi yurituvchi oilalar o‘zlari yetishtirgan mahsulotni tasarruf etishda mutlaq huquqqa, shu jumladan uni iste’molchilarga o‘z xohishiga ko‘ra realizatsiya qilish huquqiga ega.
Transport, aloqa, suv xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, shuningdek xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari o‘z egaligidagi yoki foydalanishidagi yerlardan ayrim toifadagi o‘z xodimlariga xizmat chek yerlari beradi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer berish (realizatsiya qilish) tartibi, shuningdek xizmat chek yerlarini berish tartibi ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 68,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish