Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari. 2 Yer fondi toifalari. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish


-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti yetishtiruvchilar va ularga yer uchastkalarini berish



Download 68,25 Kb.
bet21/40
Sana28.06.2022
Hajmi68,25 Kb.
#715062
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
zarnigor

47-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti yetishtiruvchilar va ularga yer uchastkalarini berish
Quyidagilar tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar jumlasiga kiradi:
qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlar;
o‘zlariga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan fermer xo‘jaliklari;
o‘ziga berilgan yer uchastkasida oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni va uni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi dehqon xo‘jaliklari;
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi mahsulotini yetishtirish hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari;
o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining bir qismini realizatsiya qilgan taqdirda noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yordamchi xo‘jaliklari.
Foydalanilishi yirik tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini (paxta va boshoqli don ekinlari yetishtirishni) tashkil etish bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ustuvor ravishda pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) doimiy egalik qilishga beriladi.
Sabzavot-poliz ekinlari, kartoshka yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun, shuningdek chorvachilik ehtiyojlari uchun belgilangan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilishga (shu jumladan fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishiga), foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
48-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
6) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;
7) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari;
8) ushbu Kodeksga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.

Download 68,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish