Yer surilishi oqibatlari



Download 41,55 Kb.
bet1/4
Sana07.07.2022
Hajmi41,55 Kb.
#752627
  1   2   3   4
Bog'liq
YER surilishi oqibatlari


YER SURILISHI OQIBATLARI

Tog‘ jinslari qatlamlarini qiya sath bo‘vlab o ‘z og‘irligi, gidrodi- 


namik, gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishiga yer surilishi 
(ko‘chki) deyiladi.
Yer surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, ulaming dinamika- 
sini o ‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu - qurilish ishlarini olib borish 
sharoitini aniqlashda, iqtisodiyot tarmoqlarini va inson hayotini saqlash- 
da muhim omil hisoblanadi. Yer surilishi oqibatida iqtisodiyot katta 
zarar ko‘radi, ba’zi yirik inshootlar, y o ‘llar bir necha yuz metrga surilib 
tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz 
bo‘lib qoladi, butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron b o iadi, minglab 
kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydi.
Yer surilishi - tog‘ jinsining surilish tezligi hamda suriluvchi tog‘ 
jinsini miqyos darajasiga ko‘ra turli xilda b oiish i mumkin. Jumladan, 
tog‘ jinsining surilish tezligi sekin, o ‘rtacha va kuchli xillari bo‘lib, 
birinchisida surilish bir necha santimetrga, o ‘rtacha surilishda bir necha 
metrga, kuchli bo‘lganda esa tog‘ jinslari soatiga bir necha kilometrga 
suriladi. Ayni kuchli yer surilishi halokatli bo‘lib, ko‘plab odamlaming 
o‘limi kuzatiladi. Yer surilishida suriluvchi tog‘ jinsi massasi bir necha 
million, ba’zan milliard kub metrga у etadi.
Amerika mutaxas sisi F. Jensning m a’lumotiga ko‘ra, AQSHda tog‘ 
jinslari surilishlari va cho‘kish hodisasi natijasida 1925-1971-yillar mo- 
bayinida 75 mid. dollar zarar ko‘rilgan, bu esa yiliga 1,63 mid. dollar 
mablag‘ni y o ‘qotish demakdir.


Markaziy Osiyo Respublikaiari hududlarida ham hozirgi kungacha 


ko‘p yer surilishlari kuzatilgan. Masalan, 1964-yil aprel oyida Tojikis- 
tonning Ayniy qishlogida b o ig an yer surilishida Zarafshon daryosi 
butunlay to ‘silib qolgan. Faqat aholining ocz vaqtida olib borgan sayi - 
xarakatlari natijasida falokatli oqibatlaming oldi olingan.
Eng xavfli yer ko‘chkisi 1920-yilda Xitoyning Kansu viloyatida 
boigan. Bunda kuchli yer silkinishi oqibatida shaxar va qishloqlami 
tog’ jinslari bosib, 200 ming insonlarning o iim ig a sabab boigan. Xuddi 
shunday falokat 2009-yilda Indoneziyaning Summatra orolida yuz 
bergan. Bu faiokatning yuz berishiga kuchli yer silkinishi oqibatida ba- 
landligi 80 m, uzunligi 400 m. b o ig a n tuproq jinsi harakatga kelib, 
minglab odamlaming tuproq ostida qolishiga olib kelgan. Shuningdek, 
1911-yil 18-fevral kuni Pomiming M uzkoi tog‘ tizmasida 9 balli yer 
silkinishi natijasida Usoy yer surilishi sodir boigan. Bu yer silkinish 
ta’sirida 2,5 km3 g‘ovak tog‘ jinsi Murg‘ab daryosiga surilib tushgan. 
Bunda surilish 2,5 km masofani bosib o‘tib, daryo o‘zanini to ‘sib 
qo‘ygan. Yer surilishi b o igan joyga qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km, 
kengligi 1 km qumtosh, ohaktosh, gips va boshqa tog‘ jinslaridan iborat 
massa surilgan. Talafot natijasida Usoy qishlogi yer surilmasi oqibatida 
qolib, 54 kishi nobud boigan. Yer surilishi natijasida daryo o ‘zanini 
to ‘sib, balandligi 703-788 m, eni 4,3-5,3 km b o ig an tabiiy to ‘g‘on 
vujudga kelgan. Hozirgi paytda bu yerda dunyoga mashhur Sorez k o ii 
mavjud va yigilg an suv miqdori taxminan Norak suv ombori suvi 
hajmiga to‘g ‘ri keladi.
1984-yil 20-dekabrda Tojikistonning Sharora qishlogida ro‘y ber­
gan yer surilishi natijasida, taxminan, kengligi 400 m, uzunligi 4,5 km, 
qalinligi 4,8 m.ga yaqin b o ig a n tog' jinsi harakatga kelib, 540 dan ortiq 
insonning yostigim quritgan. Bu surilishning yuzagi kelishiga asosiy 
sabab yer qa'rida tarqalgan g ‘ovak tog‘ jinslarining suv bilan to ‘yinishi, 
yer sathi suvlarining ko‘tarilishi hamda 7 balli yer silkinishidir.
Yer surilish ofati 0 ‘zbekiston hududini ham chetlab o‘tmadi. 0 ‘zbe- 
kiston hududida shu kungacha 12 mingdan ortiq yer ko‘chkilari, xar yili 
150-200, namgarchilik yuqori b o igan joylarda esa mingga yaqin ko‘ch-
kilar yuz bergan. Masalan keyingi 20 yil ichida Oxangaron tumaninig 
konchilik sanoati rivojlangan Olmaliq, Oltintopgan, Bo‘stonliq tumani- 
ning Xumson, Bog‘iston, X o‘jakent, Chibortog' qishloqlarida, Surxon- 
daryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining tog‘ oldi va 
to g ii hududlarida, shuningdek Namangan, Farg‘ona viloyadarining ay- 
rim xudidlarida yer surilish xodisalari ro‘y bermoqda. Xalokatli yer suri- 
lishlari 1907-y. Qoratog‘, 1930, 1943-y. Fayzabod, 1940-y. Xait, 1989- 
y. G‘uzordayuz berganligi adabiyotlarda keltirilgan.
1973-yili Respublikamizning, Ohangaron vodiysida kuzatilgan tog‘ 
jinslarining surilishi XX asming eng kuchli yer surilishi hisoblanib, uni 
adabiyotlarda «АТСН1» surilishi deb nomlanadi. Bu surilishda tuproq­
ning hajmi 700 mln m3 ni tashkil etadi. Bu fojianing ro‘y berishiga aso- 
siy sabab, Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘idagi 100-130 m chu- 
qurlikdagi ko‘mir qatlamlarini yer qa’rida yondirilishidir. Yondirilgan 
ko‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 metr bo‘lib, umumiy hajmi 
3,700000 m3. ni tashkil etgan. 1991-yil Ohangaron vodiysida yana kuch­
li «Jigariston» yer surilishi ro‘y berdi. M a’lumotlarga qaraganda, bu yer 
surilishida hajmi 30 mln. m3 g ‘ovak tuproq 7 sek davomida surilib, 50 
dan ortiq inson hayotini olib ketdi. Bu yer surilishining asosiy sababi 
katta qalinlikdagi serg‘ovak jinslaming mavjudligi va bu tog‘ jinslarini 
uzoq yillar davomida olib borilgan portlatish ishlari natijasida silkitib 
turishi hamda yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lganligidadir. 1994-yil 16- 
aprelda Ohangaron tumanining Qoraxittoy hududida ham kuzatilib, bu 
falokatda ham insonlar aziyat chekdilar.
Yer surilishlar xalq xo‘jaligiga ham katta moddiy zarar keltiradi. 
Shuningdek, imorat, inshoot, y o i, yerosti komunikatsiyalari, to‘g ‘on, 
tunel va ko‘priklar mustahkamligini susayishiga yoki butunlay buzilishi- 
ga sabab boiadi.
Yuqorida keltirilgan yer surilishlari yuzaga kelishining asosiy sababi 
tabiiy omillar b o iib , bunday hodisalar insonning muhandislik faoliyati 
natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
Yer surilishini yuzaga kelishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
• Tog‘ yon bag‘ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar, suv 
omborlari ta’siridabuzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari;
• Qiya sathlarda tarqalgan tog‘ jismlarining xossa va xususiyatlari
mustahkamlik darajasining o‘zgarishi, sug‘orish ishlari, qor-yomg‘ir 
suvlari ta ’sirida namlikning oshishi;
86

• Tog‘ jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) v ay er ustki suvlari 


(gidrostatik) bosimining ta’siri;
• Tog' jinsining zichligini va mustahkamliginmg, burg‘ulash hamda 
tog‘-kovlash ishlari natijasida buzilishi;
• Tektonik va seysmik kuchlar ta’siri. Surilishlami yuzaga kelishida 
hududning iqlim hamda gidrogeologik sharoitlari va boshqalar.
Tog‘ jinslarining qiya sath bo‘ylab surilishida iqlim sharoiti eng 
muhim omillaridan biri b o iib u sekin, davomli yogingarchiliklar kuza- 
tiladigan yerlarda keng tarqalgan boiadi. Bunga sabab yomg‘ir suvlari 
tog‘ jinslari qa’riga singib (shimilib) ulaming zarrachalari orasidagi 
bogianishni, ishqalanishga qarshiligini kamaytiradi, ogirligini oshiradi. 
Qiya sathlardagi tog‘ jinsining ogirligi, mustahkamligi o ‘zgarishi bilan 
ulaming muvozanat holati buziladi va past tomonga surilish yuzaga 
keladi. Shuning uchun surilishlar asosan qorlar erib, yog‘ingarchilik ko‘- 
paygan mart oylarida boshlanib, may, iyunda to‘xtaydi.
Yogingarchilik, qorlar va muzliklaming erishi natijasida daiyo va 
suv havzalarida suv sathining ko‘tarilishi qirgoqlam m g yuvilishiga, 
ya’ni qiya sathlardagi muvozanat holatlarining buzilishiga sabab boiadi. 
Misol sifatida Amudaryo, Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida, Chorvoq suv 
ombori atrofida kuzatilgan surilmalami sanab o ‘tish mumkin.
Respublikamizda surilish hodisalari asosan dengiz sathidan 800- 
1800 m. balandlikda, lyoss jinslari tarqalgan, qiyaligi 15 -35° b o ig an
tog‘ yon bag‘rilarida kuzatiladi. M aiu m shart-sharoitlar mavjud b oigan
hollarda (ketma-ket yer silkinishi, gilli va bo‘shoq lyoss tog‘ jinslari suv 
bilan to ‘yinishi) bundan ham baland sathlarda kuzatilishi mumkin.

Download 41,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish