7. Yerdan foydalanganlik uchun haq toʼlash; 8. Yerlarning holati haqidagi axborotning toʼliq boʼlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʼl qoʼyilishini taʼminlash. Respublikada yer resurslaridan foydalanish 1998 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi yerdan foydalanish va yer tuzish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Boshqarma tarkibida 4 boʻlim faoliyat koʻrsatgan: yerlarni davlat hisobi, yerlarni baholash, huquq boʻlimi va moliya boʻlimi. Barcha oldingi yillar, ya’ni iqtisodiyotni sotsialistik rejaliligi hamda yerga davlat mulkchiligi sharoitida, boshqarmaning yerga oid siyosati asosan qishloq xoʻjalik yerlarini tashkil etish va ulardan foydalanishga boʻysundirilgan edi. Boshqa toifa yerlari, qoidaga binoan, yer resurslaridan foydalanishni integratsion boshqarishda katta rol oʻynamagan. Ishlab chiqilgan respublika yerdan foydalanishining Bosh sxemasi hamda viloyatlar va tumanlar yer tuzish sxemalari qishloq hududlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan hamda, asosan, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni koʻzda tutgan. Respublikada yer resurslaridan foydalanish 1998 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi yerdan foydalanish va yer tuzish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Boshqarma tarkibida 4 boʻlim faoliyat koʻrsatgan: yerlarni davlat hisobi, yerlarni baholash, huquq boʻlimi va moliya boʻlimi. Barcha oldingi yillar, ya’ni iqtisodiyotni sotsialistik rejaliligi hamda yerga davlat mulkchiligi sharoitida, boshqarmaning yerga oid siyosati asosan qishloq xoʻjalik yerlarini tashkil etish va ulardan foydalanishga boʻysundirilgan edi. Boshqa toifa yerlari, qoidaga binoan, yer resurslaridan foydalanishni integratsion boshqarishda katta rol oʻynamagan. Ishlab chiqilgan respublika yerdan foydalanishining Bosh sxemasi hamda viloyatlar va tumanlar yer tuzish sxemalari qishloq hududlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan hamda, asosan, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni koʻzda tutgan.
1998 yili O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻg’risida”, “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkati) toʻg’risida”, “Fermer xoʻjaligi toʻg’risida”, “Davlat yer kadastri toʻg’risida”gi qonunlarini oʻz ichiga olgan holda mamlakatda yer qonunchiligining bazasi yaratildi, Yerdan foydalanishga bozor tamoyillari qoʻllanila boshlandi, shu jumladan: Yerdan foydalanishning pulliligi, xususiy yerdan foydalanish, bozor yer munosabatlari va boshq. yer resurslarini bozor munosabatlariga tortilishi hamda oʻtish davrida ulardan foydalanish samaradorligiga talabni oshirilishi sababli 1998 yili hukumat tomonidan O’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻg’risida qaror qabul qilindi
Oʼzbekistoning yer resurslari faqatgina yuqori industrial va samarali qishloq xoʼjaligini yuritish uchun muhim emas. Uning yer ostida katta miqdorlarda foydali qazilma zahiralari: qimmatli va rangli metallar, uran va temir rudalar, neft va gaz, mineral qazilmalar mavjud. Bugun 2,7 mingdan ortiq konlar hamda istiqbolli foydali qazilmalar joylari aniqlandi. Ular oʼz ichiga 100 ga yaqin mineral xom ashyolarni oladi, shundan 60 tasi ishlab chiqarishga qoʼshilgan 900 dan oshish joylar razvedka qilindi, ulardagi tasdiqlangan zahiralar 970 mlyard АQSh dollarida baholandi. . Bularning barchasi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta hajmlardagi investitsiyalarni kiritish uchun kuchli omildir.
Oʼzbekiston Respublikasida yer davlat mulki hisoblanadi hamda u yuridik va jismoniy shaxslarga umrbod meʼrosiy egalik, ijara, egalik va foydalanish huquqlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda esa mulkchilik huquqi asosida ham beriladi. Аmmo mamlakatda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashuvi yer munosabatlarini ancha keskin isloh qilish zaruriyatini obʼektiv tarzda tugʼdirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |