Yer resurslarini boshqarishning uslublari. Yer resurslаrini boshqаrishning rivojlаnish bosqichlаri
Qarshi-2022
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʼJALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTE MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
«Yer resurslari, kadastr va geoinformatika» kafedrasi
«Yer resurslarini boshqarish» fani
Reja:
1. Yer resurslarini boshqarishning uslublari.
2. Yer resurslarini boshqarishga oid qonun hujjatlari.
3. Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari.
4. Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari.
Аdabiyotlar:
1. Q. Rahmonov, Sh.K. Narbayev, Z.M. Muqimov
Yer resurslarini boshqarish O‘quv qo‘llanma, T.TIQXMMI, 2018. – 154 b.
2. Rahmonov Q.R. Yer resurslarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. T.: TIMI, 2008. – 161 b.
3. Варламов А.А., Гальченко С.А. Управление земельными ресурсами. Учебное пособие. М.: ГУЗ, 2005. – 240 с.
4. Selim Kapor, Hari Eswaran, Winfried Blum. Sustainable Land Management. Springer-Verlag Berlin and Heidelberg GmbH & Co. KG. Germany 2016.
Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida”gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunida oʼz aksini topgan. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksidan tashqari yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga quyidagilar kiradi:
- Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
- Vazirlik va davlat qoʼmitalari hujjatlari;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari.
Yer resurslarini boshqarishga oid qonunlar xujjatlariga quyidagilar kiradi:
- Oʼzbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. 30.04.1998. yilda qabul qilingan .
- Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʼgʼrisida”gi qonuni. 28.08.1998. yilda qabul qilingan.
- Oʼzbekiston Respublikasining “Er osti boyliklari toʼgʼrisida”gi qonuni. 23.03.1994. yilda qabul qilingan.
- Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi qonuni. 09.12.1992. yilda qabul qilingan.
- Oʼzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʼgʼrisida”gi qonuni. 03.12.2004. yilda qabul qilingan.
- Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼrmon toʼgʼrisida”gi qonuni. 15.04.1999. yilda qabul qilingan.
- Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 29.08.1996. yilda qabul qilingan
- Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi. 22.09.1994. yilda qabul qilingan va 01.04.1995. yildan kuchga kirgan
- Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 22.09.1994. yilda qabul qilingan
- Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 24.04.1997. yilda qabul qilingan va b.q.
- NORMA axborot - huquqiy tizimi.
Togʼ, oʼrmon va suv munosabatlari, yer osti, oʼsimlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, atmosfera havosi obʼektlaridan foydalanish va muhofaza qilish boʼyicha munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Maxsus qonunlarga quyidagilar kiradi: yer osti; oʼrmon; suv va suvdan foydalanish; oʼsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish; atmosfera havosini muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunlar va b.q.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va davlat qoʼmitalari hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
- umumiy ahamiyatdagi qonunlar;
- maxsus ahamiyatga ega qonunlar;
- muhofaza etuvchi ahamiyatga ega qonunlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |