2.8 Gemini “Pattern Editor” modulida kiyim yangi modellarini loyihalash
Gemini “Pattern Editor” modulida kiyim yangi modelini loyihalash quyidagicha amalga oshiriladi. “Рисование” rejimiga o`tiladi. - “To`g`ri kesmalardan iborat chiziqlar qurish” (rus. « Рисование линии, состоящей из прямых отрезков») buyrug`i tanlanadi. Kursor yordamida konstruktsiya chizmasining faol nuqtalarini belgilab chiqiladi. Ayni vaqtda klaviaturadan Shift+Alt tugmalari bosib turilsa, belgilanayotgan nuqtalar geometrik qatlamga aniq bog`lanadi, chizmaning aniqligi yanada ortadi. Birinchi va oxirgi nuqta tutashtirilgach, “Detali” rejimiga o`tiladi va kursor bilan konstruktsiya chizmasi belgilab, ajratib olinadi (23- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |