Uslubiy ko’rsatmalar
“Gemini CAD” tizimi “Pattern Editor” modulida andozalar gradatsiyasini bajarish uch usulda olib boriladi.
Birinchi usul - model asos konstruktsiyasi “Made to measure” modulida qurilgan bo`lsa, loyiha avvalida “Gradatsiya jadvali”ga (rus. “Таблитса Градатсии”) bazaviy razmer va yondosh razmerlar uchun gradatsiya qiymatlari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiyim asosiy andozalari ishlab chiqilgandan so`ng, “Градатсия” rejimiga o`tilib, kursor yordamida detal belgilansa, u barcha berilgan razmerlar bo`yicha ko`paytiriladi va tizim natijalarni ish stolida ko`rsatadi (19- rasm).
Ikkinchi usulda gradatsiya jadvalini yaratish uchun “Градатсия” rejimiga kiriladi. Asosiy menyudan - “Nuqta qiymatini ko`paytirish jadvali” (rus. “Открыть таблитсу приращения точки”) buyrug`i tanlanadi. Ochilgan kontekst menyuga “dx”, “dy” yo`nalishi bo`yicha gradatsiya qiymatlari berilgan razmerlar uchun kiritiladi. Har bir detal uchun gradatsiya qiymati alohida berib chiqiladi. Jadval asosida andozalarni ko`paytirish birinchi usul kabi bajariladi (20- rasm).
19- rasm. Gradatsiya qiymati
Uchinchi usulda loyihalanayotgan model uchun o`xshash modellar gradatsiya qiymatlaridan nusxa olinadi va tizim bazasiga saqlab qo`yiladi. Buning uchun ma’lumotlar bazasidan model tanlanadi va “Принять” tugmasini bosib modelь detallari ish stoliga chaqiriladi. “Gradatsiya” rejimiga o`tiladi va - “Razmerlar jadvalini ochish” (rus. “Открыть таблитсу размеров”) buyrug`i tanlanadi. Ochilgan razmerlar jadvali nomiga kursor bilan belgilab “Nusxa olish” (rus. “Копировать”) buyrug`i tanlanadi. Tizim jadvalni yangi saqlash joyini ko`rsatishni so`raydi. Zarur direktoriya ochilib, jadval yangi nom bilan saqlab qo`yiladi. Andozalarni gradatsiyalash jarayonida razmerlar jadvaliga kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi, zaruriyat tug`ilsa ma’lumotlarni tahrir qilish mumkin. Jadval asosida andozalarni ko`paytirish birinchi usul kabi bajariladi (21- rasm).
20- rasm. Kiyim detallari andozalariga gradatsiya qiymatini berish
21- rasm. Razmerlar jadvalini tahrir qilish va andozalarni ko`paytirish
Andozalar yuzasini hisoblash uchun - “O`lchash va nazorat” (rus. “Измерения и контроль”) rejimiga o`tiladi. Asosiy menyudan - “Detal yuzasini o`lchash” (rus. “Площадь детали”) buyrug`i tanlanadi va kursor bilan detal tanlanadi. Tizim avtomatik ravishda belgilangan detal maydonining - qiymatlarini ish stolida ko`rsatadi (22- rasm).
22- rasm. Model andozalari yuzasini hisoblash
Do'stlaringiz bilan baham: |