Uchinchi qonuniyat. Bu qonuniyat o'lchamlar orasidagi bogianish xarakterini aniqlaydi.
Ma'lumki, bir xil bo'yli odamlarda hamma boshqa o'lcham-lari farqlanishi mumkin. Lekin o'lchamlar orasida muayyan bog'lanish kuzatilishi ham mumkin. Chunki ko'krak aylanasi katta bo'lgan odamlarda ko'krak aylanasi kichiklarga nisbatan bel va bo'ksa aylanalari kattaligi ko'proq uchraydi. Baland bo'yli-larga qaraganda, bo'yi past odamlarda kichik ko'krak aylanalilari ko'proq uchraydi. Shu bilan birga ko'krak aylanasi bir xil bo'lgan odamlarda, bo'y, hamda bel va bo'ksa aylanalari har xil bo'lishi mumkin.
ANTROPOMETRIK O'LChAMLAR ORASIDAGI KORRELYaTSIYa
Bir belgining har bir muayyan qiymatiga boshqa belgining bitta emas, balki bir qancha qiymatlari muvofiq kelsa, bunday bog'lanish korrelyatsion bog'lanish deyiladi. Antropometrik o'lchamlarning korrelyatsion bog'lanishi sababi shundan iborat-ki, odam organizmi ko'p miqdordagi omillar ta'sirida rivojlangan bo'ladi. Bu omillar oicham belgilarining rivojlanishi va ular orasidagi bog'lanish har xil boiishiga olib keladi.
Korrelyatsion aloqa deb, biror belgining aniqlangan qiymatiga ikkinchi belgining bitta qiymati emas, balki belgilarning to'la taqsimlanishi mos kelishi belgilar bogiiqligi deb aytiladi. Korrelyatsion bog'lanishda belgilar to'g'ri bog'lanadi. Buning sababi shuki, inson organizmi bir qancha katta omillar ta'siri ostida rivojlanadi, har bir belgilar rivojlanishi va ular orasidagi bog'liqlik turlicha aniqlanadi. Belgilar orasidagi bog'liqlik turlicha va turli darajada butunlay mustaqil va juda kuchli bog'lanishgacha bo'lishi mumkin. Turli belgilar orasidagi aloqa tabiati turli xil bo'lishi mumkin. Har bir belgining o'sishi bilan boshqa belgilar ham o'sishi yoki kamayishi mumkin. O'sganda bog'liqlik — musbat, kamayganda — manfiy bo'ladi. Korrelyatsiya koeffit-siyenti — rx, bog'liqlik darajasi kattaligini aniqlaydi. Bir tekislik-da joylashgan o'lchamlari (yelka kengligi, ko'krak kengligi, ko'krak markazi, bo'ksa aylanasi, ko'krak aylanasi) orasida ko'p-gina bog'liqliklar bo'ladi.
Turli tekislikda joylashgan (yelka balandligi, belgacha uzun-lik va ko'krak aylanasi) belgilar orasidagi bog'liqlik katta emas, chunki ular turli tekisliklarda joylashgan. Turli tekislikda joylashgan bo'y, ko'krak, bel aylanasi — bu belgilar orasida bog'liqlik katta, chunki bular gabarit yetakchi o’lchamlar.
Korrelyatsion koeffitsiyent deb nomlangan kattalik r bo'lib, — 1 dan Q1 gacha tebranib turadi. Agarda korrelyatsiya koeffit-siyenti — r q1 bo'lsa, bog'liqlik eng katta. Agarda korrelyatsiya koeffitsiyenti r xy q0 ga teng bo'lsa, bog'liqlik mavjud emas. r q 0,5 dan 0,7 gacha bog'liqlik o'rtacha. r q 0,2 dan 0,4 gacha bog'liqlik past.
bu yerda: ZPax, ^-Pay ~ har bir o'lchamdan sinflarda og'ish yig'indisi; N — umumiy hodisalar soni; o'x , a'y — har bir belgi-ning sinf intervali hisobga olinmagan holda o'rtacha kvadratik og'ishning kattaligi.
— korrelyatsiya koeffitsiyentidan xato:
r — korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqish va o'lcham belgilari bog'lanishini aniqlash uchun korrelyatsion maydonm to'ldirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |