Stenoplastik tur — bu tur ensiz gavdalilarga xos, lekin juda qalin yog' qatlamiga ega, bunda ayollik xususiyatlari yaqqol ko'-rinib turadi.
Piknik turi — mushaklari va yog' qatlami o'rtacha rivojlan-gan. Ko'krak qafasi silindrik, qorin to'g'ri, chanoq enli. Bu tur boshqa turlarga qaraganda ayol tanasining go'zalligini bo'rttirib ko'rsatadi.
Mezoplastik tur — piknik turiga yaqin, lekin mushaklari ko'proq rivojlanganligi va yog' qatlamining yupqaligi bilan farq qiladi.
Atletik tur — mushaklari o'rtacha rivojlangan, yog' qatlami kam darajada rivojlangan (erkaklar gavdasini eslatadi).
Subatletik tur — mushaklari va yog' qatlami o'rtacha rivojlangan.
Euriplastik tur — mushaklari rivojlangan va yog' qatlami juda kuchli rivojlangan.
LB. Galant sxemasi bo'yicha ayollar tana tuzilishini sport bilan shug'ullanuvchi ayollar misolida tasavvur qilish mumkin.
2.10-rasm. Ayollarda ko'p uchraydigan tana tuzilishi:
a — tepa past; b — past normal; d — past tepa.
Masalan, megalozom guruhiga xos turlarni tadqiqot nati-jalariga ko'ra basketbolchi ayollarda uchratish mumkin. Ular bo'yi uzunligi, baquwatligi, oyoqlarida kuchli rivojlangan mu-shaklar borligi bilan xarakterlanadi. Gimnastikachi ayollar, askin-cha, leptozom (stenoplastik tur) va mezazom (mezoplastik tur) guruhiga xos bo'lib, ular o'rta yoki o'rtadan past bo'yli, kelishgan, qorni va orqasi tekis bo'lgan ayollardir (2.10-rasm). Ayollar ora-sida ko'krak aylanasi bir xil va bo'ksa aylanasi har xil tana tuzi-lishlari uchraydi.
O'smirlar tana tuzilishi turlari
Bolalar va o'smirlar tana tuzilishining turlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Tana tuzilishining V.G. Shtefko sxemasi bilan tanishib chiqamiz. Bu sxemada tana tuzilishining asosiy belgilari: mushaklar va yog' qatlamlari, ko'krak qafasi, qorin va orqa shakli, bola organizmi o'sishining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, tananing mutanosibligi e'tiborga olinadi.
V.G. Shtefko o'smirlarning tana tuzilishini quyidagi turlarga bo'lib o'rganadi (2.11-rasm).
2.11-rasm. O'smirlar tana tuzilishi:
a — astenoid tur; b — torakal tur; d — mushakli tur; e — digestiv tur.
Astenoid tur - mushaklari va yog' qatlami kuchsiz rivojlangan, ko'krak qafasi uzun va tor, orqa bukchaygan, qo'1-oyoqlar uzun, to'sh suyagi burchagi o'tkirlangan.
Torakal tur — mushaklari va yog' qatlamining rivojlanish darajasi past, ko'krak qafasi uzun va tor, qorin to'g'ri, orqa odatdagidek. Bu tur qiz va o'g'il bolalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |