Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi r e j a



Download 16,79 Kb.
Sana30.06.2021
Hajmi16,79 Kb.
#105251
Bog'liq
yengil sanoat tarmoqlari geografiyas


Aim.Uz

Yengil sanoat tarmoqlari geografiyasi
R E J A:

  1. Yengil sanoat tarmoqlari.

  2. Oziq-ovqat sanoati.

Yengil sanoatda keng iste’mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko’n, poyabzal, mo’yna va boshqalar.

Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo’jaligi yetkazib beradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko’n (teri, mo’yna), Hozirgi paytda kimyo sanoati maxsulotlari ham yengil sanoat xom ashyosi bo’lib hisoblanadi (sun’iy tola).

Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to’qimachilik sanoatini tashkil qiladi.

Gazlama to’qish jarayoni bir necha boskichlardan iborat:

— xom ashyoga dastlabki ishlov berish boskichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov berish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi);

— ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga oshiriladi);

— gazlama to’qish bosqichi (to’qimachilik korxonalarida amalga oshiriladi);

— pardozlash bosqichi (bo’yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi).

Ushbu barcha bosqichlar aloxida-aloxida joylashgan yigirish, to’qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport harajatlari (har bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) maxsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to’qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada — kombinatda to’plash foydaliroq bo’ladi.

Xom ashyoga dastlabki ishlov berish korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. To’qimachilik korxonalarida ko’proq ayollar ishlaydi, shuning uchun ushbu sanoatni aholi ko’p to’plangan shaharlarda va og’ir sanoat rivojlangan xududlarda joylashtiriladi.

Trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarini joylashtirishda ular maxsulotlaridan foydalanadigan xududlar hisobga olinadi. Chunki bu sanoat uchun kerak bo’lgan kalavalarni tashish tayyor maxsulotni tashishdan qo’layroq va arzonroq.

Demak, to’qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste’molchilar, mehnat resurslari va xom ashyo manbalari hisobga olinadi.

Yengil sanoatning eng muhim tarmoqlaridan biri ko’n-poyabzal sanoatidir. Tabiiy ko’n (teri) bu sanoat tarmog’i uchun xom ashyo bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, sun’iy teri, rezina, parusina (kanopdan to’qilgan dag’al qalin mato), jun (piyma uchun) ham xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chorvachilikning turli xududlarda ixtisoslashuviga qarab, ushbu sanoatning xom ashyosi xilma-xil bo’ladi. Ko’n sanoatini joylashtirishda xom ashyo manbai muhim o’rin tutadi. Ammo go’sht kombinatlarining chiqindisi hisoblangan terilar ham bu sanoatni joylashishiga ta’sir ko’rsatadi. Poaybzal sanoati iste’molchiga yaqin joylarda barpo etiladi.



Oziq-ovqat sanoati
Ushbu tarmoq aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlaydigan 30 dan ortiq ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan bo’lib, qishloq xo’jaligi bilan chambarchas bog’langan. Oziq-ovqat sanoati joylashishida xom ashyo va iste’molchi omili muhim o’rin tutadi.

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda harajatning ko’p qismi qishloq xo’jalik xom ashyosiga sarf bo’ladi. Shakar ishlab chiqarishda xom ashyo harajati 65 foiz; yog’, pishloq va go’sht tayyorlashda 90 foizgacha boradi. Bir tonna shakar olish uchun 5—6 tonna qand lavlagi talab qilinadi. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatining bir guruh korxonalari (kand, shakar, vino va h.k.lar ishlab chiqarish) xom ashyo manbalar yaqin joylarda barpo etiladi.

Demak, qand-shakar ishlab chiqarish qand lavlagi yetishtiradigan joylarda, vino zavodlari uzumchilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, rivojlangan joylarda, sut maxsulotlari ishlab chiqarish sut chorvachiligi rayonlarida barpo etiladi, yog’ sanoati paxta, kungaboqar, zig’ir, soya va boshqa moyli ekinlar ekiladigan rayonlarda barpo etiladi.

Go’sht kombinatlari chorvachilik rivojlangan joylarda barpo qilinadi, ammo keyingi paytlarda yirik shaharlar atrofida ham go’sht kombinatlari, parrandachilik fabrikalari qurilmoqda. Baliq sanoati asosan baliq ovlanadigan xududlarda rivojlangan.



Oziq-ovqat sanoatining boshqa bir guruhi iste’molchiga yaqin joylashtiriladi. Bunday tarmoqlarga non zavodlari, makaron, konditer fabrikalari kiradi.
ADABIYOTLAR:


  1. A.S. Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning deolzarb masalalari»

  2. A.G. Xrushev «Geografiyapromishlennosti» Moskva. 1989 yil.

  3. X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari». Toshkent. «Ukituvchi» nashriyoti. 2001 yil.

Download 16,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish