a ) agrotexnik choralar - dehqonchilik m adaniyati qancha yuqori
bo'lsa, o'simliklarning o'sishi davrida barcha agrotexnika tadbirlari o ‘z
vaqtida o'tkazilsa, dalalar begona o'tlardan shuncha tez toza bo'ladi.
b ) kim yoviy choralar - begona o 'tla rn i y o 'q qilishda kim yoviy
moddalardan, ya’ni gerbitsidlardan foydalaniladi. Gerbitsidlar urug'larni
ekishdan oldin, ekish bilan birga o'sish davrida qo'llaniladi.
d) biologik choralar - almashlab ekishni to 'g 'ri tashkil etish. Ekinlarning
ko'chatlari mo'tadil qalinlikda bo'lishi va tez rivojlanishiga erishish begona
o'tlam ing kamayishini ta’minlaydi. Begona o'tlarga qarshi hasharotlardan
ham foydalanish mumkin. M asalan, fitomiza pashshasi shumgiyaning
guliga tuxum qo'yib, uning urug'larini 70 foizga kamaytiradi.
Keng bargli ekinlar ekilganda begona o'tlarga soya beradi va ularni
siqib qo'yadi, tez rivojlanuvshi ekinlar (javdar) begona o'tlarga qaraganda
www.ziyouz.com kutubxonasi
tez o ‘sadi, shuningdek, ularni siqib qo'yadi, ana shu usul ham ulam i
yo'qotishda q o ‘l keladi.
Almashlab ekish deganda o ‘simliklardan yuqori, sifatli hosil olish va
tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan rejaga muvofiq
ekinlarning navbatlab ekilishi tuchuniladi. Ekinlardan mo‘l hosil olishning
asosiy garovi ilmiy asoslangan almashlab ekishdir. A lmashlab ekishni
t o ‘g ‘ri q o ‘llash tu p ro q n in g suv, ta b iiy va kim yoviy x o ssa la rin i
yaxshilaydi, o'simlik tuproqdagi namlikdan, oziq m oddalardan unumli
foydalanadi, begona o'tlar, zararkunanda va kasalliklar kamayadi. Turli
ek in larn i alm ash lab ekish n a tija sid a tu p ro q d a ildiz q o ld iq la ri va
o'simliklar o'zlashtira oladigan azot moddalari ortib, tuproq unumdorligi
oshadi.
K o 'p yillik dukkakli ekinlardan beda ekilgan bo'lsa, uch yillik o'sish
davri davomida har gektar maydonda 20-30 tonnagacha ildiz qoldiradi
va shu ildiz tarkibida 0,15-0,18 foizgacha o'simliklar o'zlashtiradigan
biologik azot bo'ladi. Bundan tashqari ildizi tuproqni chirindi bilan
boyitishi hisobiga tuproqning g'ovakligi ham oshadi, shuning hisobiga
tuproqning suvo'tkazuvchanligi ortadi, sho'r yerlaming meliorativ holati
yaxshilanadi, sizot suvlarining sathi pasayadi.
Ekinlarni bir dalaning o'zida almashlab ekish tuproq unumdorligidan
ratsional foydalanish imkonini beradi. Lekin ekinlarni navbatlab ekishda
ulaming biologik jihatdan turli tipda: dukkaklilar (bir yillik va k o 'p yillik),
boshoqli g'alla ekinlari, ildizmevalar va tuganak mevalar ham da boshqa
chopiq qilinadigan ekinlar bo'lishiga e’tibor berish kerak.
Ana shundagina samarali natijaga erishish mumkin. Yer maydonlari
katta bo'lgan yirik xo'jaliklaming tuproqlari ko'pincha xilma-xil bo'ladi.
Shuning uchun u yerlarda alohida almashlab ekish usuli qo'llaniladi.
Almashlab ekish tizimiga to 'g 'ri rioya qilinsa, qishloq xo'jaligining barcha
ta rm o q la ri riv o jlan ad i va ah o li uchun m o 'l-k o 'l q ish lo q xo'jaligi
mahsulotlari, chorvachilik uchun yem-xashak, qayta ishlash sanoati uchun
xom ashyo yetkazish yaxshilanadi. T uproq iqlim sh aro itin i ham da
x o 'ja lik la m in g chorva ozuqasini hisobga olgan h olda quyidagicha
almashlab ekish tavsiya etiladi.
1. Birinchi yili silos uchun makkajo'xori ekiladi, u yig'ib olingandan
keyin o'm iga yozda beda ekiladi va beda 2-3 yilgacha o'stiriladi.
2. Birinchi yili don uchun g'alla ekinlari ekiladi va uning o'rniga silos
uchun m akkajo'xori ekiladi yoki beda ham ekish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3.
Paxtadan keyin oraliq ekinlar ekib, uning o ‘rniga chorva mollari
uchun ozuqabop ekinlar ekilishi mumkin.
Lalmikor yerlarda asosan joyning relyefl hamda tabiiy-iqlim sharoitiga
qarab, qora shudgorga don ekinlari ham da turli qator oralari ishlanadigan
ekinlar navbatma-navbat joylashtiriladi.
Paxtachilik xo'jaliklarida beda tup roq unumdorligini oshiradigan
asosiy ekin hisoblanadi. U tuproqda azot to ‘playdi, tuproq tuzilmasini,
suv flzik xossalarini yaxshilaydi. Bedapoyani buzib o‘miga go‘za ekilganda
yuqori hosil olinadi. Bunday alm ashlab ekish go‘za-bedadan iborat
bo'ladi. Ayrim almashlab ekish tizimida asosiy ekin qator oralari ishlov
beriladigan ekinlar, boshoqli don ekinlari ekib navbatlanadi. Masalan,
kartoshka bilan bug'doy, ertagi kartoshka bilan bug'doy, makkajo'xori
bilan bug'doy, lalmikor yerlarda kuzgi bug'doy bilan bahori bug'doylar
va h o k azo . A lm ashlab ek ish d a o 'tm is h d o s h e k in la rn in g tu p ro q
unumdorligiga ta ’siri hisobga olinadi.
G 'alia va yem-xashak ekinlari uchun dukkakli o 'tlar - beda, sebarga,
shuningdek, dukkakli don ekinlari - k o 'k no'xat, soya, mosh eng yaxshi
o'tm ishdosh hisoblanadi.
S hunday qilib, har bir ekin yoki ekinlar guruhi uchun shunday
o'tm ishdosh tanlash kerakki, bunda o'tm ishdosh ekinlardan keyin dalaga
ekilgan ekinlarning hosildorligi oshsin. Turli tizimdagi almashlab ekishni
qo'llash bilan dalaning begona o 'tla r bilan ifloslanganligi, ekinlarning
bakteriya kasalliklari bilan kasallanishini birmuncha kamaytirish mumkin.
Almashlab ekishda beda ekilganda sho'rlangan yerlarning meliorativ
holati yaxshilanadi, sizot suvlarining sathi pasayadi, ekinlarning vilt bilan
kasallanishi kamayadi va bir qancha begona o 'tla r yo'qotiladi. Bu -
tu p ro q u n u m d o rlig in i o sh irish g a im k on b erad ig an asosiy ta d b ir
hisoblanadi.
Almashlab ekishni joriy etish ikki davrdan iborat bo'ladi:
1) almashlab ekishni rejalashtirish;
2) almashlab ekishni joriy etish.
Almashlab ekishni rejalashtirishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi
zaru r: yer-suv hisobga olinadi, b a rc h a yerlardan foydalanish rejasi
loyihalashtiriladi; xo'jaliklarda kelgusida yetishtiriladigan m ahsulotlar
hajm i belgilanadi; almashlab ekish m o'jallangan ekinlar hosildorligi
hisoblab chiqilib, ekin maydonlari belgilanadi; chorvachilik uchun yem-
xashakka bo 'lgan talab hisoblab chiqiladi, yem -xashak uchun ekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
maydonlari hosildorligiga q arab belgilanadi; xo‘jalik yer tartibi katta-
kichikligini hisobga olib alm ashlab ekish ketm a-ketligi aniqlanadi;
ekinlarni almashlab ekish rejasi tuziladi; yerga ishlov berish, o‘simliklami
parvarish qilish, o ‘g‘itlash, h ar bir ekin va alm ashlab ekish b o ‘yicha
begona o'tlar, kasallik va zararkunandalar bilan kurashish tizimi ishlab
chiqiladi.
A lm a sh la b ek ishd a e k in la rn i t o ‘g ‘ri ta n la s h va n a v b a t bilan
joy lashtirish, agrotexnik ta d b irla r o ‘z vaqtida am alga oshirilganda
tuproqning unumdorligi bilan birga ekinlarning hosildorligi ham oshib
boradi.
N AZORAT SAVOLLARI
1. Dehqonchilik fanining vazifasi nimalardan iborat?
2. Begona o'tlam ing dehqonchilikdagi zararini gapirib bering.
3. K o ‘p yillik va parazit begona o‘tlar vakillarini ta ’riflang.
4. Begona o'tlarga qarshi kurash choralarini to ‘liq bayon eting.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |