Hosildorligi.
Jo ‘xori yuqori hosilli ekin hisoblanadi. Sug'oriladigan
yerlarda uning har gektaridan 30-40 sentner, yaxshi parvarish qilinganda
30-60 sentner don va 600-700 sentner ko‘k poya olish mumkin.
Biologik ahamiyati. Jo ‘xori issiqlikka talabchan o'simlik bo‘lib, uning
u ru g ‘lari tuproq h a ro ra ti 10-12°C issiqlikka yetganda unib chiqa
boshlaydi. Qulay sharoitda 6-7 kunda maysa beradi, sovuqqa chidamsiz
oq jo'xorining maysalariga -1°C sovuq ham kuchli ta ’sir qiladi. Jo‘xori
ja n u b iy o 'sim lik b o ‘lganligi uchun q isq a k u n d a tez riv o jlan ad i,
www.ziyouz.com kutubxonasi
qurg'oqchilikka chidamlli. Transpiratsiya koeffitsienti 200 atrofida, lekin
sug‘orish natijasida uning hosili ortadi, tuproq sho‘riga ham chidamli
o'simllik hisoblanadi.
U rug' unib chiqqandan so‘ng maysalar birinchi davrda ju d a sekin
o ‘sadi. Shu sababli oq jo ‘xori begona o‘tlardan toza bo'lgan yerlarni
xohlaydi. Maysa paydo bo‘lgandan so'ng 20-30 kun o'rtacha oq jo ‘xori
to'playdi va 40-50 kundan keyin naycha hosil qilish davri boshlanadi.
Shu davrdan boshlab o ‘simlikning o'sishi tezlashadi va 20-30 kundan
keyin to ‘pgul paydo b o ‘ladi. So'ngra 6-10 kun o ‘tgach gullash davri
boshlanadi, 6-10 kundan keyin don yetilib pishadi.
Guruhlari va navlari. J o ‘xori qo‘ng‘irboshlar oilasiga kiradi. Bu avlod
30 ta dan ko‘proq turlarga ega. 0 ‘zbekistonda esa donli jo'xori ekiladi.
Jo'xorining hamma navlari ishlatilishi va asosiy mahsulotlari bo'yicha
3 guruhga bo'linadi: donli, qandli (shirin) va supurgibop jo'xori.
Donli jo'xorini asosiy mahsuloti don, lekin u k o ‘k poya uchun ham
ekiladi. Qandli jo'x o ri poyasining tarkibida 12-14 foiz qamish shakari
bo'lgani uchun yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin. Supurgibop jo'xori
xo'jalik supurgisi va har xil shchetkalar tayyorlash maqsadida ekiladi.
O'zbekistonda ko'proq jo'xorining donli va qisman qandli va supirgibop
navlari ekiladi. O'zbekistonda tumanlashtirilgan va eng ko'p tarqalgan
navlar quyidagilar: M atxair, K atta bosh, X o'raki, T o 'rt oylik, Olti oylik,
chillaki. Bu mahalliy navlar donli jo'xori guruhiga kiradi. Hozirgi vaqtda
mahalliy navlarni yaxshilash natijasida ulardan seleksion navlar ham
olinadi.
Yetishtirish texnologiyasi.
O'tmishdosh.
Jo'xorini har qanday bo'shagan yerga ekish mumkin.
U ni donli va d o n -d u k k ak li o'sim liklard an , k arto sh k a ildizm levali
ekinlardan va g 'o 'zad an bo'shagan yerlarga ekish mumkin. Uni takroriy
ekin sifatida kuzgi don ekinlaridan keyin ham eksa bo'ladi.
O'g'itlash.
J o 'x o ri ekiladigan yerlar organik va mineral o 'g 'itla r
beriladi.Yerni kuzda shudgorlash oldidan uning har gektariga 15-20
tonnadan chirigan go'ng solinadi. Tuproqning unimdorligiga qarab har
gektar jo'xori ekilgan yerga yil davomida 120-150 kg azot, 100-120 kg
fosfor va 50-60 kg kaliy o'g'itlari beriladi. Fosfor o'g'itining bir qismi (
50-60 kg) kuzda yerni shudgorlash oldidan beriladi. Boshqa mineral
o'g'itlar, shu jum ladan fosforli o'g'itning qolgan qismi ham ekish vaqtida
va o'sish davrida solinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |