Pishish. Donning pishish muddati uch davrga bo'linadi:
1. Sutning pishish davri b o sh oq lar gullagandan 8-10 kun keyin
boshlanadi. Bu davrda o'simlik yashil b o'lib faqat uning ostki qismidagi
barglar sarg'ayadi. Don shakllangan yashil rangda bo'lib, u ezilganda
sutsimon suyuqlik ajralib chiqadi. D onning namligi 50-51 foiz bo'ladi va
organik moddalar tuplanishi davom etadi.
2. Mum pishish davrida donli ekinlarning poyalari butunlay sarg'ayadi.
Bu davrda donnig namligi 25 foizni tashkil qiladi. Dondagi oziq moddalar
to 'la tuplangan bo'ladi. Mum pishishi davrining o'tish muddati 10-12
kunga to 'g 'ri keladi. Bu davrda donni tim oq bi=lan kesish mumkin.
3. To'la pishish davrida o'simlik tupining hamma qismlari sarg'ayadi,
doni qotadi, hajmi biroz kichiklashadi, namligi 14-18 foiz (lalmi yerlarda
esa 8-10 foiz) gacha kamayadi, bu davr 8-10 kun davom etadi. Shu davrda
boshoqli donli o'simliklaming doni qurib to'kila boshlaydi. Shuning uchun
bu davming boshlarida boshoqli don ekinlarining hosili yig'ib olinadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. O'sish va rivojlanishning qanday farqi bor?
2. O'simlikning o'sishi va rivojlanishi mumkinmi?
3. R iv o jlan ish d a v rla rin in g k e tm a -k e tlig in i o 'z g a rtiris h
mumkinmi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
1.Donning bo‘rtishi uchun zarur bo‘lgan suv miqdorini laboratoriya
sharoitida aniqlash mumkin. Buning uchun ochiq havoda yaxshilab
quritilgan toza dondan texnik tarozida taxminan 10 g namuna tortib olinib,
maxsus temir stakanga solinadi va ustiga uy haroratidagi (10-15° С li) suv
q u y ilad i. D on suvga b o tib tu rish i k erak . D on yuzasidagi h av o
pufakchalarini chiqarib yuborish uchun stakan chayqatiladi yoki don
shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Don bir kun davomida bo‘ktirib
qo'yiladi. Shundan keyin stakandagi suvni to ‘kib tashlab, don yuzasidagi
suvni tam om ila yo ‘qotish uchun don filtr qog‘ozi
ustiga yoyiladi.
S o ‘ngra texnik taro zid a yana to rtilad i. D astlabki va keyingi vazn
o ‘rtasidagi farq don b o ‘rtayotganda shimilgan suv miqdorini bildiradi.
Bu m iqdorni bilib olgandan keyin quruq don o ‘z vazniga nisbatan
qancha suv shim gani foiz hisobida aniqlanadi. Ayni vaqtda q u ruq
donning tarkibida ham 6-8 foizga yaqin suv bo‘lishini hisobga olish kerak.
Donning suv shimishini yana ham aniq hisoblash mumkin. Buning uchun
b o ‘rtg an don q u ritg ich shkafga q o ‘yilib doim iy og‘irligiga q a d a r
quritiladi. D astlab ki va keyingi vazni o ‘rtasidagi farq umumiy suv
miqdorining bu miqdorning, quritilgan don vazniga nisbati esa shimilgan
suvning foiz miqdorini k o ‘rsatadi.
2. Tuplanish darajasi esa bir tupdagi poyalaming sonini sanash bilan
aniqlanadi. Tuplanish dala sharoitida aniqlanadi, kuz va bahor kezlarida
o'sim liklarning tuplari kovlab olinib, laboratoriyalarda saqlanadi va
amaliy mashg‘ulotlar davrida shu o ‘simliklardan foydalanib ularning
tuplanishi bilan tanishiladi.
3. Boshoqlanish va ro ‘vaklanish darajasini aniqlash uchun yoppasiga
ekiladigan o ‘simliklarda 1 m2 yerdan nam una olinib umumiy poyalar
soni va boshoq yoki supurgi hosil qilgan poy alar soni aniq lan ad i.
B u la rn in g n is b a ti b o s h o q la n ish y o k i su p u rg ila n ish n ech a fo iz
b o ‘lganligini k o ‘rsatad i, keng qato rli qilib ekiladigan o ‘sim liklarda
(m akkajo‘xori va jo ‘xori) m a’lum sondagi o ‘simliklar olinib, ularning
supurgi chiqargan soni umumiy olingan o ‘simllik sonidan foiz hisobida
chiqariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |