Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


Donli  o ‘simliklar  guruhlari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

Donli  o ‘simliklar  guruhlari
Donli  o ‘sim liklar  m orfologik  belgilari,  biologik  xususiyatlari  va 
xo‘jalik  belgilari  bo'yicha  ikki  guruhga  bo‘linadi.
1.  Haqiqiy donli  o‘simliklar.  Bu guruhga  bug'doy,  arpa, javdar va  suli 
o ‘simliklari  kiradi.  Bu  o ‘simliklar  kuzgi  va  bahorgi  shakllarga  bo‘linadi. 
Donida uzunasiga ketgan egatchasi bo‘ladi. Maysa hosil bo'lishda bir nechta 
boshlang'ich yoki murtak ildizchalarga ega bo'ladi.  To'pguli boshoq yoki 
ro‘vak bo‘ladi. Bu ekinlar  yorug'sevar uzun kunli o ‘simlik bo‘lib, issiqlikni 
kam talab qiladi, lekin tuproq namligiga talabchan bo'ladi.  Bu ekinlarning 
barchasi  yem-xashak  ekini  sifatida  ekilishi  mumkin.
2.  Tariqsimon  donli  o‘simlikIar.  Bu  guruhga  m akkajo'xori,  jo'xori, 
sholi, tariq  va marjumak kiradi. Bu ekinlarning donida uzunasiga ketgan 
egatshasi bo'lmaydi. Unib chiqish davrida faqat bitta boshlang'ich murtak 
ildizchasi  paydo  b o 'la d i.  G ul  to 'p la m i  ro 'v a k   yoki  s o 'ta   b o 'lad i. 
Bulaming  hammasi  bahorgi  ekin  bo‘lib,  issiqlikka  talabchan,  sovuqqa 
chidamsiz,  qurg'oqchilikka  (sholidan  tashqari)  chidamli,  qisqa  kunli 
o'simllik hisoblanadi.  Yem-xashak ekini sifatida m akkajo'xori va jo'xori 
qo'llanadi.
Yem-xashak ekini sifatida asosan arpa,  s u li,  tritikale, javdar, jo'xori, 
makkajo'xori  ekiladi.
Morfologiyasi.  Donli  o'simliklar  bir  yillik  o'tsim on  o'simlik  bo'lib, 
umumiy morfologik  belgilarga ega.
Ildizi  yaxshi  rivojlangan  popuksimon  bo'lib,  yerga  100-120  sm  va 
undan  ham  chuqur  kirib  boradi.  Biroq  ildizning  asosiy  qismi  yerning 
haydalma  qatlam ida  joylashgan  bo'ladi.  Ildizi  ikki  xil:  m urtak  yoki 
birlamchi  va  asosiy  yoki  ikkilamchi  ildizlardan  iborat  bo'ladi.  M urtak 
ildizi  urug'  unib  chiqish  davrida  hosil  bo'ladi.  Asosiy  ildizlar  keyinroq, 
poyaning yer ostki  bo'g'im laridan paydo bo'ladi. Bundan tashqari baland 
poyali  donli  o'sim lliklarda  (m akkajo'xori,  jo'xori)  poyaning  yer  ustki 
bo'g'im laridan  ham   ildizlar  paydo  bo'ladi.  Bular  tayanch  yoki  havo 
ildizlar  deb  ataladi
Poyasi  som onpoya  bo'lib,  ichi  b o 'sh   bo'ladi,  bo'yi  0,5-7  m  gasha 
bo'ladi.  Poyada 5-25 ta bo'g'im lar bo'ladi.  Poyaning balandligi o'simllik 
turiga va  naviga  qarab  har xil bo'ladi.
Bargi oddiy barg, lentasimon shaklda, barg shapalog'i va barg qinidan 
iborat:  barg qinini  barg shapalog'iga  o 'ta r yerida  ikkita barg quloqchasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  ichkarisida  barg  tilchasi joylashgan.  Tilcha  suvni  poya  bilan  barg 
qinining orasiga tushishiga to ‘sqinlik qiladi.  Barg qinining ikki tomonida 
hosil  bo‘lgan  barg  quloqchalari  esa  barg  qinini  poyada  ushlab  turishga 
yordam  beradi.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish