3-jadval
Tuproqdagi kimyoviy elementlar miqdori
Element
Miqdori, foiz
Element
Miqdori, foiz
О
49,0
Mn
0,60
Si
20,0
H
5,40
A1
7,13
S
2,0
Fe
3,80
Ti
0,46
Sa
1,37
S
0,085
Na
0,63
P
0,09
К
1,36
N
0,10
T u p ro q d ag i kvarslar yoki loy fraksiy alari k o 'p b o 'ls a v odorod
ionlarining konsentratsiyasi o'zgaradi, natijada kislotali (nordon) muhit
www.ziyouz.com kutubxonasi
hosil bo'ladi. Shuningdek, tuproqda ishqorli muhit ham vujudga kelishi
mumkin. O'simliklarning tuproq muhitiga bo'lgan talabi turlicha bo'ladi.
K o 'p in c h a o 'sim lik lar n ey tral m uhitli tu p ro q lard a yaxshi o 'sad i.
D ukkakli ekinlarning ayrim turlari kislota m uhitli tuproqlarda ham
yaxshi o'sadi.
N AZORAT SAVOLLARI
1. O 'zbekiston sharoitida mavjud tuproq turlarini aytib bering.
2. T uproq morfologiyasi deganda nimani tushunasiz?
3. T uproq unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
AGROKIMYO ASOSLARI
A grokim yo fani o 'sim lik , o 'g 'it, tuproq va tashqi m uhit shart-
sh aroitlari o 'zaro aloqasini, o '’simliklar va tuproqlarning kimyoviy
tarkibi, xossalarini o'rganadi. Bu fan qishloq xo'jaligiga aloqador bo'lgan
barcha fanlar bilan bevosita bog'langan.
Ekinlar hosildorligini oshirishda kul, ohak-gil, organik qoldiqlar kabi
o 'g 'itla r ming yillar davomida qo'llanib kelingan. Shunga qaramay faqat
XVIII asming oxiri XIX asr o'rtalariga kelib, tabiiy fanlarning rivojlanishi
oqibatida o'simliklarning ildizi va havodan oziqlanishi, shu bilan birga
o‘g‘itlarni ilmiy asosda qo'llash imkoniyatlari aniqlanadi.
G 'a rb olimlaridan biri Bussengo (1802-1873), germaniyalik olimlar Yu.
Libix (1803-1873), Gelrigel (1832-1895) va boshqalar o'simliklarning
oziqlanishi, mineral moddalami o'zlashtirishi, suv rejimining o'simliklarga
ta ’sirini chuqur o'rgandilar. Bu olimlar ilmiy izlanishlarining xulosalari
hozirga qadar katta ahamiyatga ega.
A grokim yoning asoschilaridan М. V. Lomonosov o'sim liklarning
h av o d an oziqlanishini, A. M . B olotov, D. N. M endeleyev, K. A.
T im iry az ev o 's im lik la rn i o rg a n ik va m in eral o 'g 'i t l a r b ilan
oziqlantirilganda ulaming hosildorligi oshganligini ilmiy jihatdan asoslab
berganlar.
T im iry a z e v R o ssiy ad a b irin c h i b o 'lib v e g e ta tsio n id ish d a
o'sim liklarning oziqlanishini o'rganish bo'yicha tajribalar o'tkazgan.
K. A. Timiryazev ishlarini shogirdi D. N. Pryanishnikov davom ettirib,
o 'sim lik va tu proq, tuproq va o'sim lik, o 'g 'it va tuproq o 'rtasidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog'lanishlarni birinchi b o 'lib atroflicha yoritib bergan va mineral
o 'g 'itlar ishlab chiqarish sanoatining tashkilotchilaridan bo'lgan. Hozirgi
d av rd a agrokim yo fanining m uam m olari bir q a to r ilm iy tad q iq o t
institutlarida, oliy o'quv yurtlarida, tajriba stansiyalarida va agrokimyo
laboratoriyalarida o'rganilmoqda.
0 ‘simliklarning oziqlanishi. O 'sim liklar ildizidagi tukchalari orqali
tuproqdagi mineral ozuqa elementlarini o'zlashtiradi. Bu jarayonda tuproq
mikroorganizmlarining roli k atta. U lar mineral birikm alarni o'simlik
o'zlashtiradigan shaklga aylantiradi.
Tuproqdagi bakteriyalar ammiakni oksidlab nitratlarga aylantiradi,
atmosferadagi azotni o'zlashtirishda ishtirok etadi, qiyin eriydigan va
erimaydigan fosfor birikmalarini eriydigan shaklga aylantiradi, organik
moddalarning chirishida ishtirok etadi va hokazo.
O 'g 'itla r sam arasi m uayyan jo y n in g (iqlim, tu p ro q va boshqa)
sharoitlari, o'simlik turi, o ‘g‘itlash m e’yori va o'simliklarga bog'liq bo'lib,
yuqori agrotexnik tadbirlar qo'llanilganda bu ko'rsatkich keskin ortadi.
L alm ikor dehqonchilikdagiga n isb atan sug'oriladigan dehqonchilik
sharoitida o'g 'itlar samarasi bir necha m arta yuqori bo'ladi.
H ar bir o'simlik oziqlanish jarayonida tuproqdagi oziq moddalardan
turlicha miqdorda talab qiladi. M asalan, beda, soya, sebarga va boshqa
dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan tuganak bakteriyalar faoliyati jadal
bo'lsa, bu ekinlarga o'sish davrida azotli o'g 'itlar solinmasa ham bo'ladi.
Ammo bu holda o‘simliklar fosforli va kaliyli o ‘g‘itlarga juda talabchan
bo'ladi hamda ularni yaxshi o ‘zlashtiradi. O 'sim liklarning rivojlanish
davrlarida oziqlanishi bir xilda sodir bo'lm aydi. M asalan, ko'pg in a
o'simliklar dastlabki rivojlanish davrlarida (shonalash va gullash) azotni
k o 'p ro q , fosforni esa kam roq talab qiladi. Shuning uchun tuproqqa
solinadigan o 'g ‘itlarning m iqdori o'sim liklarning rivojlanish davriga
qarab beriladi. Ayrim o'simliklarning biologik xossalari, tuproqning va
so linadigan o 'g 'itn in g x o ssa larin i hisobga o lingan h o ld a o 'g 'itla r
tuproqning asosiy ishlanishidan oldin, ekishdan oldin, ekish paytida,
0
‘simliklarning o'sish davrlarida beriladi.
0 ‘g‘itlar tasnifi. O'simliklami ozuqa elementlar bilan ta ’minlash va
u larning hosildorligini oshirish uchun qulay m uhit y aratish, asosan
mineral, organik va ohakli o ‘g ‘itlarni q o ‘llash hisobiga am alga oshiriladi.
0 ‘g‘itlardan foydalanish faqat ekinlar hosildorligini oshirib qolmay, balki
tuproq unumdorligining uzluksiz yaxshilanib borishiga ta ’sir ko'rsatishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
kerak. 0 ‘g‘it sifatida foydalanilayotgan ham ma m oddalar quyidagi
guruhlarga bo'linadi:
organik yoki mahalliy o'g'itlar, mineral o ‘g‘itlar,
bakterial o ‘g‘itlar, ko 'k at o ‘g‘itlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |