YELKA KAMARI ERKIN SUYAKLAR BIRLASHUVI
Yelka suyagi (humerus) uzun naysimon suyaklar (15-rasm) turkumiga
kiradi. Unda tanasi (corpus humeri) va ikkita: yuqorigi (proksimal) va pastki
(distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga
qaragan sharsimon boshchasi (caput humeri) bor. Uning chekkasidan uncha chuqur bo’lmagan egat-anatomik bo’yni (collum anatomicum) o’tadi. Bu egat boshchani tashqariroq joylashgan katta bo’rtiq (tuberculum majus) va undan oldinda joylashgan kichik bo’rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har bir bo’rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo’rtiq qirralari (crista tuberculi majoris et minoris) ketadi. Bo’rtiqlar va qirralar o’rtasida bo’rtiqlararo egat (sulcus intertubercularis) bo’lib, unda yelka ikki boshli mushagi uzun boshining payi yotadi. Bo’rtiqlardan pastroqda hirurgik bo’yni (collum chirurgicum) joylashgan. Suyak tanasi yuqori qismida tsilindrsimon bo’lib, pastda uch qirrali. Bu qismida oldingi ichki yuza (facies anterior medialis), oldingi tashqi yuza (facies anterior lateralis) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo lateralis) vositasida ajrab turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak birikadigan bo’rtiq (tuberositas deltoideus) joylashgan. Deltasimon bo’rtiqdan pastda suyakning orqa yuzasida spiralsimon bilak nervi egati (sulcus nervi radialis) o’tadi.
Bu egat suyakning ichki qirrasidan boshlanib, uning orqa yuzasini aylanib o’tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib yelka suyagi do’ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki tomonida tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g’altagi (trochlea humeri), tashqi tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capitulum humeri) bor. Old tomonda g’altak ustida tojsimon chuqurcha (fossa coronoidea), boshcha ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. Orqa tomonda g’altak ustida katta tirsak o’simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) joylashgan. Yelka suyagi do’ngini ichki va tashqi tomonlarida ichki va tashqi o’simtalar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki o’imtaning orqa yuzasida tirsak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o’tadi. Yuqori tomonga ichki o’simta ichki o’simta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo’lib, yelka suyagining ichki qirrasiga davom etadi.
Tashqi o’simta yuqoriga qarab tashqi o’simta qirrasinini (crista supracondularis
lateralis) hosil qilib, yelka suyagining tashqi qirrasiga o’tib ketadi.
Rentgenoanatomiyasi. Yelka suyagi o’ziga hos rentgenoanatomik
tuzilishga ega. Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi chegarasi aniq
sharsimon soya shaklida ko’rinadi va qisman kurak suyagi bo’g’im chuqurchasiga
qavatlanadi. Yelka boshchasi g’ovak moddasi mayda to’r shaklida tuzilgan. Katta
bo’rtiq bilan yelka suyagi boshchasi o’rtasida uncha katta bo’lmagan torayma
anatomik bo’yni aniqlanadi. Katta bo’rtiqdan pastroqda suyak tanasida hirurgik
bo’yni aniqlanadi. Bu yerda zich modda yupqalashib, g’ovak modda siyraklashgan
tarkibga ega bo’lib, zich moddaning g’ovak moddasiga o’tishi ro’y beradi.
Suyakning bir tarkibini boshqasiga o’tishi shu sohani qarshiligini kamaytiradi.
Yelka suyagi diafizi rentgenogrammasida zich modda qatlamlari o’rtasida
joylashgan suyak iligi kanali ko’rinadi. Yelka suyagining pastki uchi uchburchakli
prizma shaklida. Unda tashqi va ko’proq bilingan ichki o’simtalar ajratiladi.
G’altakni yuqorisida suyak tarkibida aniq chegarali tojsimon va tirsak chuqurlari
yorug’ligi bor. Yelka suyagi pastki uchi suyak to’qimasi mayda katakchali
tuzilishga ega. Suyak trabekulalari asosan ko’ndalang yo’nalgan bo’lib, zich
qatlami yupqa.
Yelka suyagining birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 8-haftasida
uning diafizida paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola yelka suyagi (16-rasm)
nisbatan qisqa, uchlari katta. Suyak tanasini katta, kichik bo’rtiqlari va ularning
qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo’lgan. Yelka suyagi boshi tog’aydan
iborat bo’lib, shakli yumaloq. Katta va kichik bo’rtiqlar tog’aydan iborat, o’zaro chuqur egat bilan ajragan. Distal uchi tog’aydan iborat bo’lib, uning relefi kattalar suyagiga o’xshaydi. Emizikli davrda suyak boshida yumaloq suyak nuqtasi, tanasida esa so’rilish markazi paydo bo’ladi. Erta bolalik davrida katta bo’rtiqda, deltasimon bo’rtiq va pastki uchida boshchasida, bolalikning birinchi davrida kichik bo’rtiq, tojsimon va bilak chuqurchalarida, ichki o’simtada suyak nuqtalari paydo bo’ladi.
Bolalikning birinchi davrida suyak o’sishi bilan birga uning relefi paydo
bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davri oxirlarida yelka suyagi tanasini taraqqiyoti
tugab u kattalarnikiga o’hshab qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog’ay qatlam
bilan ajragan. Bu davrda pastki uchida tashqi o’simta va g’altakda qo’shimcha
suyak nuqtalari paydo bo’ladi. O’smirlik davrida suyakning pastki epifizi tanasi
bilan suyaklanib qo’shiladi. Yuqori epifizi esa tanasi bilan 20-24 yoshda birikib, bir butun yelka suyagi hosil buladi.
Bilak suyaklari
Bilak sohasida ikkita uzun naysimon suyak: ichki tomonda joylashgan tirsak
suyagi harakat yo’nalishini aniqlasa, tashqi tomondagi bilak suyagi tayanch
vazifasini bajaradi. Bu suyaklarning taraqqiyoti ularning vazifasiga bevosita
bog'liq.
Tirsak suyagini (ulna) (17-rasm) yuqori uchi kengaygan bo’lib, yelka suyagi
g’altagi bilan birlashadigan g’altak o’ymasi (incisura trochlearis) bor. Bu o’yma
yuqori tomondan katta tirsak o’simtai (olecranon), pastdan kichikroq tojsimon
o’simta (processus coronoideus) bilan chegaralangan. Tojsimon o’simtaining
tashqi tomonida bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o’ymasi (incisura radialis)
joylashgan. Old tomonda undan pastroqda tirsak suyagi bo’rtig’i (tuberositas
ulnae) bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi (facies
posterior), oldingi yuzasi (facies anterior) va ichki yuzasi (facies medialis) tafovut
qilinadi. Bu yuzalarni o’zaro uchta: oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra
(margo posterior), oldingi va orqa yuza o’rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi
suyaklararo qirra (margo interossea) ajratib turadi. Suyakning pastki uchi
yuqorisiga nisbatan ingichkaroq bo’lib, tirsak boshchasi (caput ulnae) bilan
tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi bilan birlashishi bo’g’im yuzasi
(circumferentia articularis) joylashgan.
Boshchaning pastki yuzasi yassi. Suyak boshchasining ichki tomonida
bigizsimon o’simta (processus styloideus) bor.
Tirsak suyagini birinchi suyak nuqtasi uning diafizida homila hayotining 8-
haftasida paydo bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bola tirsak suyagi (18-rasm) asosi yuqoriga qaragan konus
shaklida, tanasi suyaklanib bo’lgan. Suyak yuzasi silliq bo’lib, suyaklararo qirra
yaxshi ko’rinadi. Suyak iligi bo’shlig’i yo’q. Suyakning yuqori uchi tog’aydan
iborat, tojsimon o’simta asosi qisman suyaklangan.
Pastki uchi ham tog’aydan iborat, bigizsimon o’simtasi yaxshi bilinmaydi.
Tirsak suyagining o’sishi emizikli davrda boshlanib, uch yoshda suyak iligi kanali
hosil bo’laboshlaydi. Bolalikning birinchi davrida suyak bo’yiga va eniga tekis
o’sib, suyak tanasi relefi aniqlashadi. Bu davr oxirida pastki uchida oval shaklidagi
suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davrida tirsak suyagi bo’yiga
o’sadi. Suyak relefi aniq bilingan bo’lib, tojsimon o’simtasini uchidagi ingichka
tog’ay hoshiyadan tashqari qismlari suyaklanib bo’lgan. Uning hajmi eniga
kattalashgan. Davr oxirida g’altaksimon o’ymada qirra paydo bo’ladi. Pastki
uchidagi suyak nuqtasi o’sib suyak boshchasi va bigizsimon o’simtani qoplaydi.
Suyakning yuqori uchi tanasi bilan 16-17 yoshda, pastki uchi esa 20-24 yoshda
qo’shiladi.
Bilak suyagini (radius) (19 rasm) yuqorigi nisbatan kichik uchida bilak
suyagi boshchasi (caput radii) joulashgan. Boshchaning ust tomonida yelka suyagi
boshchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan yassi bo’g’im chuqurchasi (fovea
articularis) bor. Boshchaning yon tomonida tirsak suyagi bilan bo’g’im hosil qiluvchi yuza (circumferetia articularis) joylashgan. Suyak boshchasi tanasidan toraygan bilak suyagi bo’yni (collum radii) vositasida ajrab turadi. Undan pastroqda mushak birikadigan bo’rtiq (tuberositas radii) joylashgan.
Bilak suyagi tanasi uch qirrali. Unda uchta: oldingi yuza (facies anterior),
orqa yuza (facies posterior) va tashqi yuza (facies lateralis) tafovut qilinadi. Bu
yuzalar o’zaro uchta: oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra (margo posterior)
va tirsak suyagi tarafidagi suyaklararo qirra (margo interosseus) bilan ajralib
turadi. O’tkir suyaklararo qirra oldingi yuzani orqa yuzadan ajratib turadi. Bilak suyagini pastki uchi kengaygan. Uning ichki tomonida tirsak suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan o’yma (incisura ulnaris), iashqi tomonida bigizsimon o’simta (processus styloideus) bor. Pastki uchining kaft usti yuzasi (facies articularis carpea) botiq bo’lib, kaft usti suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladi.
Rentgenoanatomiyasi. Bilak suyaklarining tarkibi uzun naysimon suyaklar
tuzilishi hususiyatlariga ega. Ularning zich qatlami diafizning markazida tashqi
tomonda va suyak iligi kanali chetida joylashgan bo’lib, g’ovak modda suyak
epifizi va metafizlarida mayda katakchali tuzilishga ega. Suyaklararo qirrada zich
qatlam boshqa yuzalarga nisbatan qalin. Bilak suyagi diafizining metafizga o’tish
joyida zich moddaning yupqalashuvi va g’ovak moddaning siyraklashuvi
kuzatiladi. Bu o’tish sohasi bilak suyagi qarshiligi kamaygan qismi bo’lib, bu
yerda bilak suyagini ko’pincha sinishi kuzatiladi. Old to’g’ri rentgenogrammada
tirsak suyagi tojsimon o’simtasi tirsak suyagi tasviriga, tirsak o’simtasi soyasi esa
yelka suyagining pastki uchiga qavatlanadi. Orqa to’g’ri rentgenogrammada bilak
suyaklarining o’rta qismida ikkala suyakning qalinligi bir hil. Tirsak suyagi
yuqoriga qarab, bilak suyagi esa pastga qarab kengayadi.
Bilak suyagining birinchi suyak nuqtasi uning diafizida homila hayotining 8-
haftasida paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola bilak suyagi (20-rasm) nisbatan
qisqa bo’lib, uning uchlari yumaloq shaklda bo’ladi. Suyak tanasi suyaklanib
bo’lgan, yumaloq shaklga ega. Suyak iligi kanali yo’q. Suyakning yuqori uchi
tog’aydan iborat. Bo’yni yaxshi bilinmaydi. Pastki uchi tog’aydan iborat. Emizikli
davr ohirida suyakni pastki uchida uchburchak shakldagi suyak nuqtasi paydo
bo’ladi. Erta bolalik davrida suyak ikki marta kattalashadi va suyak iligi kanali
paydo bo’laboshlaydi.
Bolalikning birinchi davrida suyak bo’yiga tez o’sib, 7 yoshlarda suyak
tanasi uch qirrali shaklni oladi. Bu davrda yuqori uchida suyak boshchasi uchun
suyak nuqtasi paydo bo’lib, suyaklanish tanadan bilak bo’rtig’iga tarqaydi. Pastki
uchidagi suyak nuqtasi o’sib bigizsimon o’simta asosini egallaydi. Bolalikning
ikkinchi davrida suyak tez o’sadi va uning tanasi kattalarnikiga o’xshaydi. Suyak
boshchasi suyaklanib o’ziga hos shaklni oladi. Epifiz bilan metafiz o’rtasidagi
yupqa tog’ay qatlam ularni ajratib turadi.
Balog’at davrida epifizlarni suyaklanishi tugab, suyakning yuqori uchi tanasi
bilan 17-18 yoshda, pastki uchi esa 20-25 yoshda qo’shiladi.
Qo’l panjasi suyaklari
Qo’l panjasi skeleti kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va qo’l panjasi
barmoqlari yoki barmoq falangalariga bo’linadi.
Kaft usti suyaklari (ossa carpea) (21-rasm) ikki qator joylashgan sakkizta
g’ovak suyaklardan iborat. Yuqori (proksimal) qatorda bosh barmoq tomondan
hisoblaganda qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no’xatsimon suyaklar. Pastki
(distal) qatorda trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali
suyak va ilmoqli suyak lar bor.
Bu suyaklarning nomlari ularning shakliga mos keladi. Ularning yuzalarida
qo’shni suyaklar bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari bor.
Qayiqsimon suyak (os scaphoideum) birinchi qatordagi eng katta suyak
Qabariq yuzasi bilak suyagini bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Kaftga qaragan
yuzasi botiq bo’lib, lateral chekkasi qayiqsimon suyak do’mbog'i (tuberculum
ossis scapoidei) hosil qiladi.
Yarimoysimon suyakni (os lunatum) ustki yuzasi qabariq bo’lib, bilak
suyagi bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Pastki yuzasi botiq bo’lib, boshchali suyak
bilan bo’g’im hosil qiladi.
Uch qirrali suyakning (os triquetrum) ustki yuzasi qavariq bo’lib, bilak
suyagi bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Tashqi yassi yuzasi no’hotsimon suyak
bilan birlashadi. No’hotsimon suyak (os pisiforme) kaft ustining eng kichik suyagi.
U qo’l panjasini bilak tomonga bukuvchi mushak payi ichida joylashgan
sesamasimon suyakdir. Proksimal qatorning uchta suyagi o’zining ustki yuzasi
bilan bilak suyaklariga qaragan ellipsimon bo’g’im yuzasini hosil qiladi.
Trapetsiya shaklidagi suyakda (os trapezium) I kaft suyagi asosi bilan
birlashadigan egarsimon bo’g’im yuzasi bor. Uning kaft yuzasida do’mbog'i
(tuberculum ossis trapezii) va egatcha bor.
Trapetsiyasimon suyak (os trapezoideum) kichkina bo’lib, shakl jihatidan
trapetsiyaga o’xshaydi.
Boshchali suyak (os capitatum) kaft usti suyaklari ichida eng kattasi. Uning
boshchasi (caput ossis capitati) yuqoriga va biroz tashqariga yo’nalgan.
Ilmoqli suyakda (os hamatum) kaft yuzasida ilmog’i (hamulus ossis
hamati) bor. Kaft usti suyaklarining pastki chekkasi esa nisbatan tekis. Kaft
ustining orqa yuzasi ko’tarilgan. Oldingi kaft yuzasi botiq bo’lib, kaft usti egati
(sulcus carpi) hosil qiladi.
Yangi tug’ilgan bola kaft usti suyaklari shakli o’xshasa ham, ular tog’aydan
Kaft usti suyaklarining suyak nuqtalari emizikli davrda boshchali suyakda
(2-oyda), ilmoqli suyakda (3-oyda), uch qirrali suyakda (3 yoshda), yarimoysimon
suyakda (4 yoshda), qayiqsimon suyakda (5 yoshda), trapetsiya shaklidagi va
trapetsiyasimon suyaklarda (5-6 yoshlarda) paydo bo'ladi. No’hatsimon suyakda
esa bolalikni ikkinchi davrida (7-12 yoshlarda) paydo bo'ladi.
Kaft suyaklari (ossa metacarpalia) beshta qisqa naysimon suyakdan iborat.
Har bir kaft suyagida asosi (basis), tanasi (corpus) va boshchasi (caput) tafovut
qilinadi. Kaft suyaklarining uchlari kattalashgan, tanasi uchburchakka o’xshash
shaklga ega. Ularning tanasini kaft tomoni biroz bukilgan, orqa tomoni esa
ko’tarilgan. Birinchi kaft suyagi (os metacarpale I) boshqalardan keng va qisqa.
Uning asosida egarsimon, qolgan kaft suyaklarida yassi bo’g’im yuzasi bor. II kaft
suyagi eng uzun. Kaft suyaklarining boshi sharsimon bo’lib, proksimal falangalar
bilan birlashadigan bo’rtib chiqqan bo’g’im yuzasi bor. I kaft suyagini boshchasi
boshqalarga nisbatan kichikroq. II-V kaft suyaklarini asosida bir-biri bilan
birlashishi uchun yon bo’g’im yuzalari bor.
Rentgenoanatomiyasi. Qo’l kafti suyaklari o’ziga xos rengenoanatomik
ko’rinish beradi. Kaft usti suyaklaridan (21-rasm) trapetsiya shaklidagi va
trapetsiyasimon suyaklarning soyasi bir-biriga qavatlanib noto’g’ri shakldagi
soyani hosil qiladi. No’xotsimon suyak soyasi uch qirrali suyak soyasiga
qavatlanadi, goho u bilan butunlay qo’shilib ketadi. Kaft va barmoq falangalari
suyaklari diafizida zich modda va suyak iligi kanali bilinadi. Suyak boshchasi
yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. Suyak asosining bo’g’im
chuqurchasida zich modda nisbatan qalin. Tirnoq falangasini distal uchida g’adir-
budir chekkali taqasimon tirnoq g’adir-budirligi bor. Kaft suyaklarining
suyaklanish nuqtalari ancha barvaqt paydo bo’ladi. II-IV kaft suyaklari diafizida
suyak nuqta homila hayotining 9-10 haftasida, I kaft suyagida esa 10-11 haftada
paydo bo’ladi. Epifizar suyak nuqtalari bola hayotining 3 yilida I kaft suyagi
asosida, II-V kaft suyaklarida esa boshchasida paydo bo’ladi. Suyaklarning
qarama-qarshi tomondagi tog’ay epifizlari suyak tanasidan suyaklanish
jarayonining tarqalishi hisobiga suyaklanadi. Kaft suyaklarini epifizlari tanasi bilan
16-20 yoshlarda qo’shiladi.
Qo’l panjasi barmoqlari
Qo’l panjasida yo’g’on va qisqa bosh barmoq (pollex), ko’rsatkich barmoq
(index), eng uzun o’rta barmoq (digitus medius), nomsiz barmoq (digitus
annularis) va jimjiloq (digitus minimus) tafovut qilinadi. Barmoq falangalari
(phalanges digitorum) qisqa naysimon suyakdan iborat. II-V barmoqlarda uchta
falanga: proksimal (phalanx proximalis), o’rta (phalanx media) va distal
(phalanx distalis) bor. Bosh barmoqda esa ikki: proksimal va distal falangalar bor.
Har bir falangada asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis) va boshi
(caput phalangis) tafovut qilinadi. Proksimal falangalarning asosida kaft suyaklari
bilan bo’g’im hosil qiluvchi chuqurcha bo’lsa, o’rta va distal falangalarda bo’g’im
yuzasi bor. Distal falangalarning uchlari yassilashib g’adir-budirlik (tuberositas
phalangis distalis) hosil qiladi.
Barmoq falangalari diafizida suyak nuqtasi homila hayotining 2 oyida distal,
3 oyning boshida proksimal, 3 oyning oxirida o’rta falangalarda paydo bo’ladi.
Epifizar suyak nuqtalari 2-3 yoshda barmoq falangalari asosida paydo bo’ladi.
Qarama-qarshi tomondagi tog’ay epifizlar suyak tanadan suyaklanish jarayonini
tarqalishi hisobiga suyaklanadi. Epifizlar tanasi bilan 18-20 yoshlarda qo’shilib
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |