Tadqiqot ob‟ektlarining xarakteristikasi.Har bir sinaluvchi va standart ob‘ekt o‗rnatilgan tartibda identifikatsiyaga va umumiy qabul qilingan xalqaro nomga ega bo‗lishi kerak (misol uchun, kodga ega bo‗lmog‗i kerak, CAS-nomeri (Amerika kimyo jamiyatining kimyoviy adabiyotlar bo‗yicha axborot xizmatining qayd etish raqami), nomi, biologik parametrlari, IUPAC (Xalqaro nazariy va amaliy kimyo birlashmasi nomenklaturasi bo‗yicha nomi).
Har bir tadqiqotni o‗tqazish uchun sinaluvchi va standart ob‘ektlarning partiya(seriya) raqami, tozalik darajasi, tarkibi, konsentratsiyasi va boshqa zarur ko‗rsatkichlari haqida ma‘lumotlar bo‗lishi shart.
Agar sinaluvchi ob‘ektlar to‗g‗ridan to‗g‗ri xomiydan olinsa, unda sinov markazi va xomiy ularni identifikatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqishi shart.Har bir tadqiqot jarayonida tekshiriluvchi va standart ob‘ektlarning barqarorligini, tajribani olib borish davrida saqlash jarayonida, tekshirib turish zarur.
Agar sinaluvchi ob‘ekt ma‘lum bir sharoitda ishlatish uchun mo‗ljallangan bo‗lsa, uni bir xilligi, konsentratsiyasi va turg‗unligi shu sharoitda aniqlanishi kerak. Dala sharoitida o‗tqaziladigan tajribalarda bu xususiyatlar alohida laboratoriya tajribalari vaqtida aniqlanadi.
Har bir tadqiqot uchun, qisqa muddatli tekshiruvlardan tashqari, tekshiriluvchi ob‘ektlarning har bir
partiya(seriya)sidan taxlil uchun namuna saqlab ko‗yish shart.
Standart operatsion protseduralar. Tadqiqot jarayonlarida olingan natijalarni to‗liqliligini va
sifatini kafolatlash uchun, sinov markazi yozma ravishda rasmiylashtirilgan va raxbariyat
tamonidan tasdiqlangan standart operatsion protseduralarga (SOP) ega bo‗lishi shart. Qayta ko‗rib chiqilgan standart operatsion protseduralar xam sinov markazi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sinov markazining har bir bo‗limi va/yoki maydonchasi, ularning faoliyatiga tegishli standart operatsion protseduralarga ega bo‗lishi kerak. Bu SOPlarga qo‗shimcha ravishda boshqa metodik qo‗llanmalar, axborotnomalar va maxsus maqolalardan foydalanish mumkin.
Tadqiqot davrida SOPdan chetlanish qayd qilinishi va tadqiqot rahbari va javobgar tadqiqotchi(lar) tomonidan tan olinishi(imzolanishi) shart.
Standart operatsion protseduralar quyidagi faoliyat ko‗rinishlari uchun qo‗llanishi shart(biroq ular
bilan chegaralanmasdan):
Sinaluvchi va standart ob‘ektlar
Kelib tushishi, identifikatsiyasi, yorliqlash, qayta ishlash, namuna olish, saqlash.
Asbob-uskunalar, materiallar va reagentlar.
a) Asbob-uskunalar:
-ishlatilishi, xizmat ko‗rsatilishi, parvarishlash, kalibrovka qilish.
b) Kompyuterlashtirilgan tizimlar:
- validatsiya, ishlash tartibi va xizmat ko‗rsatish, xavfsizligi, o‘zgartirishlar nazorati, zaxira nusxalarni tashkil etish.
Moddalar, reagentlar va eritmalar: - tayyorlanishi va yorliqlanishi.
Yozuvlarni saqlash, hisobot, axborotlarni olish va saqlash. Tadqiqotlarni kodlash, ma‘lumotlarni
yig‗ish, hisobotlarni tayyorlash, indeksatsiya qilish tizimlari, natijalarga ishlov berish, shu
jumladan kompyuterlash tizimlari yordamida.
Test-tizimlar:
a) test-tizimlarni joylashtirish uchun xonalarni tayyorlash va sharoit yaratish; b)test-tizimlarni qabul qilish, tashish, joylashtirish, xarakteristikalarini aniqlash va identifikatsiyalashni belgilovchi, shu bilan birga parvarish qilish bilan bog‗liq protseduralar; c)test-tizimlarni tayyorlash, tadqiqot jarayonigacha, tadqiqot vaqtida, tadqiqotdan so‗ng ularni kuzatib borish;
tadqiqot vaqtida halok bo‗layotgan yoki halok bo‗lgan test-tizimlarga bo‗lgan munosabat; e)namunalarni yig‗ish, ularni indeksatsiya qilish va ishlash tartibi, murdani ochish va gistopatologiya bilan birga;
sinov maydonchalarida test-tizimlarni joylashtirish.
Sifatni ta‘minlash bo‗yicha protseduralar
Sifatni ta‘minlash xizmati xodimlarining ishi rejalashtirish, tekshiruvlar chizmasini tuzish, tekshiruvlarni o‗tkazish, hujjatlashtirish va tekshiruvlar haqidagi hisobotlarni tuzishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |