Tadqiqotlarni o„tkazish
Tadqiqot rejasi
Tadqiqot rejasi tadqiqot o‗tqazilishidan oldin yozma holda ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak.
Tadqiqot rejasi yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga binoan tadqiqot rahbari tomonidan sanasi ko‗rsatilgan ravishda imzolangan va sifatni ta‘minlash xizmati hodimlari tomonidan izlashtirilgan
bo‗lishi kerak. Tadqiqot rejasi sinov markazi rahbariyati va xomiy tomonidan xam tasdiqlangan bo‗lishi kerak.
Tadqiqot rejasiga o‗zgartirishlar asoslangan bo‗lishi va tadqiqot rahbari tomonidan sanasi ko‗rsatilib imzolangan bo‗lishi kerak. O‗zgartirishlar tadqiqot rejasi bilan birga saqlanishi kerak.
Tadqiqot rejasidan chetlanishlar yozma ravishda ko‗rsatilishi, tushuntirilishi, qabul qilinishi va o‗z vaqtida javobgar tadqiqotchi yoki tadqiqot rahbari tomonidan sanasi ko‗rsatilgan holda imzolanishi kerak. Tadqiqot rejasidan chetlanishlar tadqiqotning birlamchi natijalari bilan saqlanishi kerak.
Tadqiqotning asosiy rejasi qisqa muddatli tadqiqotlarni o‗tqazish uchun maxsus ilova bilan to‗ldirilishi mumkin.
Tadqiqot rejasining mazmuniTadqiqot rejasi quyidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi, lekin ular bilan chegaralanib qolmaydi:
Tadqiqot, sinaluvchi va standart ob‘ektlar haqida ma‘lumot:
tadqiqotning to‗liq nomi;
tadqiqotning ma‘nosi va maqsadi;
(IUPAC) Xalqaro nazariy va amaliy kimyo birlashmasi nomenklaturasi, ((CAS) Amerika kimyo jamiyatini axborot xizmatining qayd etish raqami bo‗yicha kodi yoki nomi orqali tekshiriluvchi ob‘ektni tasvirlash, biologik parametrlari va shu kabilar.
ishlatiladigan standart (nazorat) ob‘ekti.
manzili ko‗rsatilgan holda xomiy haqidagi ma‘lumot;
tadqiqot o‗tkazilishi ko‗zda tutilgan barcha sinov markazlari va maydonchalarining nomi va manzili;
tadqiqot rahbarining ismi, sharifi va manzili;
d)javobgar tadqiqotchining ismi, sharifi, manzili va unga tadqiqot rahbari tomonidan bajarish
uchun yuklatilgan tadqiqot bosqichlari.
Sanalar:
tadqiqot rahbari tomonidan tasdiqlangan tadqiqot rejasi sanasi. Tadqiqot rejasining sinov markazi rahbariyati va xomiy tomonidan tasdiqlangan sanasi;
tajribaning taxminiy boshlanish va tugallanish sanalari.
Sinov uslublari
Iqtisodiy xamqorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) tomonidan ishlab chiqilgan qo‗llanmaning bo‗limlaridan ko‗chirmalar, boshqa qo‗llanmalar va uslublar.
Boshqa muammolar:
a) test-tizimlarni tanlashni asoslash;
b)test-tizimlarning xarakteristikalari: turi, nasli, shtammi, sotib olish manba‘lari, miqdori, tana
og‗irligi diapazoni, jinsi, yoshi va boshqa e‘tiborga loyiq ma‘lumotlar va b.;
c) yuborish uslubi va uni tanlashni asoslash;
d)doza darajasi va/yoki konsentratsiya, yuborishning tezligi va davomiyligi;
e)tajriba loyihasi to‗g‗risida to‗liq ma‘lumot: tadqiqot jarayonlarining xronologik tartibdagi tavsifi, hamma qo‗llanilgan uslublar, tadqiqot o‗tqazish moddalari va sharoitlari, taxlillar, o‗lchovlar, kuzatuvlar va tekshiruvlarning turi va tezligi, ma‘lumotlarga statistik ishlov berish uslublari.
Tadqiqot o„tkazish jarayoni
Har bir tadqiqotga unikal identifikatsion raqam (kod) berilishi shart. Ushbu tadqiqotga taaluqli barcha ob‘ektlarga xam identifikatsion raqam(kod)berilishi shart. Tadqiqotlarda qo‗llaniladigan barcha namunalar, kelib chiqishlarini tasdiqlash uchun identifikatsiya qilingan bo‗lishi shart. Bunday identifikatsiya qilingan namunalarni va tadqiqotlarni kuzatilib turilishini amalga oshirishga imkon yaratishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |