Organ tizimlari
Organlar maʼlum bir funksiyani bajarish uchun birgalikda ishlaydigan organ tizimlariga birlashadilar.
Masalan, yurak va qontomirlar yurak-qontomir tizimini tashkil qiladi. Ular qon aylanishida birgalikda faoliyat koʻrsatadi, kislorod va ozuqa moddalarini tanadagi hujayralarga yetkazib, karbonat angidrid va metabolik chiqindi moddalarni olib ketadilar. Yana bir misol, tanaga kislorod yetkazib beradigan va karbonat angidridni chiqarib yuboradigan nafas olish tizimi. Bunga burun, ogʻiz, halqum, hiqildoq, traxeya va oʻpkalar kiradi.
Ikkita jadval. Chap tomonda burun yoʻllari, traxeya va oʻpkalardan iborat nafas yoʻllari tasvirlangan diagramma. Oʻng tomonda yurak va qontomirlardan iborat qon aylanish tizimi tasvirlangan diagramma.
Inson tanasining asosiy organ tizimlari
Organ tizimlari
|
Funksiya
|
Ishtirok etadigan organlar, toʻqimalar va tuzilmalar
|
Yurak-qon tomir
|
Kislorod, ozuqa va boshqa moddalarni hujayralarga tashiydi va qoldiq moddalar, karbonat angidrid va boshqa moddalarni hujayradan olib ketadi; shuningdek, tana haroratini barqarorlashtirishga yordam beradi
|
Yurak, qon va qon tomirlar
|
Limfa
|
Infeksiya va kasalliklardan himoya qiladi va toʻqimalardan qon oqimiga limfa suyuqligini oʻtkazadi
|
Limfa, limfa tugunlari va limfa tomirlari
|
Hazm
|
Oziq mahsulotlarini qayta ishlaydi va ozuqa moddalari, minerallar, vitaminlar va suvni soʻrib oladi
|
Ogʻiz boʻshligʻi, soʻlak bezlari, qiziloʻngach, oshqozon, jigar, oʻt pufagi, oshqozonosti bezi, ingichka va yoʻgʻon ichak
|
Endokrin
|
Gormonlar orqali tanadagi oʻzaro munosabatni taʼminlaydi va gomeostazni saqlab turish uchun boshqa organ tizimlaridagi uzoq muddatli oʻzgarishlarni boshqaradi
|
Gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, oshqozonosti bezi, buyrakusti bezlari, urugʻdonlar va tuxumdonlar.
|
Teri
|
Shikastlanish va suyuqlikni yoʻqotishdan himoya qiladi, mikroorganizmlarning organizmga kirishi oldini oladi va himoyani taʼminlaydi; tana harorati boshqaruvida qatnashadi
|
Teri, soch va tirnoqlar
|
Mushak
|
Harakat, tayanch va issiqlik ishlab chiqarilishini taʼminlaydi
|
Skelet, yurak va silliq mushaklar
|
Nerv
|
Maʼlumotni toʻplaydi, uzatadi va qayta ishlaydi va boshqa organ tizimlarida qisqa muddatli oʻzgarishlarni boshqaradi
|
Miya, orqa miya, nerv va sezgi organlari – koʻzlar, quloqlar, til, teri retseptorlari va burun
|
Reproduktiv
|
Gametalar – jinsiy hujayralar va gormonlarni ishlab chiqaradi; nasl vujudga keltiradi
|
Bachadon naylari, bachadon, qin, tuxumdonlar, sut bezlari (ayol), urugʻdonlar, urugʻ olib ketuvchi kanal, urugʻ pufakchalari, prostata va jinsiy olat (erkak)
|
Nafas
|
Gaz almashinishi mumkin boʻlgan joylarga havo yetkazib beradi
|
Ogʻiz, burun, halqum, kekirdak, traxeya, bronxlar, oʻpka va diafragma
|
Skelet
|
Tananing yumshoq toʻqimlariga tayanch boʻladi va himoya qiladi; boʻgʻimlardagi harakatni taʼminlaydi; qon hujayralarini ishlab chiqaradi; minerallarni saqlaydi
|
Suyaklar, togʻay, boʻgʻimlar, paylar va boylamlar
|
Siydik ayirish
|
Qon va tanadagi ortiqcha suv, tuz va chiqindi moddalarni bartaraf qiladi va miqdorini nazorat qiladi
|
Buyraklar, siydik yoʻllari, siydik pufagi va siydik kanali
|
Immunitet
|
Kasallik keltirib chiqaruvchi vositalar-patogen mikroblar va boshqa kasalliklardan himoya qiladi
|
Leykotsitlar, bodomsimon bezlar, adenoidlar, timus va taloq
|
Turli xil organ tizimlari bir-biridan farq qiladi deb ayta olsakda, bir tizimning tarkibiy qismlari boshqa tizimda ham maʼlum bir vazifani bajarishi mumkin. Masalan, ogʻiz nafas olish tizimiga ham, ovqat hazm qilish tizimiga ham tegishlidir.
Turli xil tizimlar orasida juda koʻp funksional moslanishlar mavjud. Masalan, yurak-qontomir tizimi hujayralarga kislorod va oziq moddalar yetkazib beradi deb oʻylasakda, u haroratni saqlashda ham muhim rol oʻynaydi. Qon, shuningdek, endokrin tizim bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlarni tashiydi, qolaversa, oq qon hujayralari immunitet tizimining muhim tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |