Yashnagay to abad ilm-u fan ijod
Annotatsiya: O‘zbekiston qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad va Saida Zunnunovalar hayoti va ijodini o‘rganish va yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘rta Osiyo davlat universituti,
Said Ahmad va Saida Zunnunova hayoti va ijodi- Said Ahmad (Hasanxo‘jayev Saidahmad) 1920-yil 10 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent rassomchilik bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida o‘qigan (1940-43). Birinchi hikoyalar to‘plami – “Tortiq” (1940). Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat.
«Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Cho‘l burguti» (1960), «Cho‘l oqshomlari», «Odam va bo‘ron, «Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998), «Qorako‘z majnun» (2001), «Kiprikda qolgan tong» (2003) kabi asarlar muallifi. «Ufq» trilogiyasi (1964—74), «Jimjitlik» romani (1988), «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari, 3 jildli «Tanlangan asarlar»i (2000) nashr etilgan. Uning yumoristik mahorati «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976), «Kuyov» (1986) komediyalarida yorqin namoyon bo‘lgan. Feleton janrida ham samarali ijod qilgan.
1947-yil «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan so‘ng oqlangan. «Kelinlar qo‘zg‘oloni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. 2007-yil 5-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan. «Do‘stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.
Saida Zunnunova (1926-1977) – talantli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi. U 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon o‘qituvchilar institutida tahsil oladi.
U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan. Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko’rinadi.
Adabiyotga muhabbat shoirani O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat dorilfununi)ning filologiya fakultetiga yetakladi. O‘qishni tamomlab, “Gulxan” oynomasida, «O‘zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Baxtiyor yoshlik, ona Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlarga taqdim etildi.
Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» (1956) hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlariga qarshi kurash mavzularini aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlar ham ayollardir. Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari, undan birgina nabiralari bor. So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova hikoyalariga husndir.
Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977-yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot etdi. Uning xassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylanib qoldi.
“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyo qarash”. Vaqt bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu jumladan rivojlanish ham to‘xtamaydi. Ayniqsa hozirgi davrga bu so‘z juda mos tushadi. Ko‘plab davlatlar rivojlanishning cho‘qqisiga yetgan va to‘xtash niyatida emas. Jannatmakon O‘zbekiston ham yuksalishda davom etyapti. Mamlakat taraqqiy topishi uchun, kelajagi buyuk davlat barpo etish uchun biz yoshlar aqlli, dono va yetuk shaxs bo‘lishimiz kerak. Axir kelajak yoshlarning qo‘lida.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Odam qancha ko‘p kitob o‘qisa , shuncha bilimli bo‘ladi. Dunyo qarashni rivojlantirishning eng qulay usullaridan biri bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.ziyonet.uz
2. www.aim.uz
TATU AKTSIM fakulteti 120-20 guruh talabasi Yarashev Elmurod
Do'stlaringiz bilan baham: |