3. Ilk feodal Yaponiya davlatida huquqiy munosabatlar.
Yaponiyadagi ilk o‘rta asrlar davri huquqi uchun, u yoki bu jamoalarda amal qilingan yoki u yoxud bu toifaviy guruhda shakllanayotgan odat huquqi normalarini hamma joyda keng yoyilishi bilan xarakterlidir.
Huquq bu vaqtda hali diniy va axloqiy normalardan ajralib chiqmagan edi, lekin jazolar to‘g‘risida ayrim tushunchalar bo‘lib, bular gunoh, jazo, «oxirat sudi» to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Yapon manbalarida ular «etti samoviy juda og‘ir gunohlar» va «sakkizta samoviy ancha og‘ir gunohlar» sifatida, ko‘rinishida aks etib, buning uchun jazo yoki poklanish qo‘llanilgan. Yaponiyada qo‘lda yozilgan yozma huquqning shakllanishi, xitoy huquqi normalarini, diniy – huquqiy normalarni kuchli ta’siri ostida bo‘lib o‘tdi. Biroq, Yaponiyadagi davlat va huquq muassasalari o‘zini xususiyatini yo‘qotishmagan.
604 yildagi Syotoku – taysi qonunlar to‘plamida yozilgan dastlabki huquqiy qoidalar, xukmdorlarning o‘z amaldorlariga nasihatlari, ahloqiy vasiyatlar hususiyatiga ega bo‘lgan.
Oila – nikoh huquqini diniy an’analar bilan qattiq bog‘langanligi o‘rta asr huquqida uning qoidalarini izchil, ketma – ketligini mustahkamligini belgiladi. Patrialxal oilaning asoslari – otaning oila a’zolari ustidan, erining xotini ustidan xukmronligi – bu qoidalarning xususiyatini belgilagan. Ayrim bir alohida toifalar vakillari o‘rtasidagi nikohlar qat’iy qoralangan va hatto bir qator holatlarda qonun bo‘yicha ta’qib etilib, quvg‘in qilingan. Nikohga xuddi burch singari qaralgan, uni bajarish oila manfaatlariga, ajdodlarni ulug‘lash, hurmat qilish sifatida xizmat qilgan.
Nikohning maqsadi erkak naslini dunyoga keltirish bo‘lgan. Nikoh tuzilishidan ilgari kuyov va kelinning oila a’zolarini kelishuvi bo‘lib o‘tib, bunda nikohga kiruvchilarni roziligi talab qilinmagan, biroq nikoh tuzilishida otaning roziligi ko‘zda tutilgan. Nikohga kirish yoshi kodekslarda belgilanmagan. Odatga ko‘ra, nikohga kirish yoshi erkaklar uchun 15 – 16 va ayollar uchun esa 14 – 15 yoshlar atrofida o‘zgarib turgan. Hali tug‘ilmagan farzandlarni oldindan unashtirib qo‘yish odati keng tarqalgan bo‘lgan.
Ozod kishilarni qullar bilan, qarindoshlar o‘rtasida erkakning har qanday darajadagi, yo‘nalishdagi qarindoshligidan qat’iy nazar, aynan erkakning familiyasidagi ayol bilan nikohlari taqiqlangan. Poligamiya12 taqiqlangan, haqiqiy nikoh hisoblanmagan. Lekin erkaklarga, soni cheklanmagan ma’shuqa, o‘ynashlariga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lib, ularning huquqi odat bilan belgilangan.
Nikoh masalasi, xuddi Xitoydagi singari muqaddas hisoblanmagan. Er – xotinning o‘zaro roziligi bilan nikoh bekor qilinishi mumkin edi. Ajralish uchun, shuningdek, xotinning tug‘masligi, buzuqiligi, ya’ni yomon yo‘lga kirishi, eriga va uning ota – onasini hurmat qilmasligi, vaysaqiligi(ezmaligi), o‘g‘irlik qilishga moyilligi, xasadchiligi, ichiqoraligi, gumonli hatti – xarakatlari, tuzalmas kasalga chalingani kabi holatlar sabab bo‘lishi mumkin edi. Mobodo, eri uch oydan ko‘p muddatga xotinini tashlab ketsa, ayolini qullikka sotib yuborsa yoki axloqiy buzuqlik qilishga majbur qilsa, xotini qo‘ydi – chiqdi, ajralish haqidagi talabni eri oldiga qo‘yishi mumkin edi.
Meros masalasi ham huquqiy jihatdan merosxo‘rlarni o‘lganning qarzlari uchun javobgarligi bilan bog‘liq edi. Merosiy bo‘lib o‘tadigan mansab, unvon, daraja alohida, ayrim bir shaxsga o‘tgan, shuningdek vafot etganning mulklari erning yaqinlariga meros bo‘lib qolgan. Turmushga chiqqan qizlari esa meros olishga haqli bo‘lmagan, erga tegmagan qizlari esa aka – ukalarini ulushini yarmini olishgan. Unvon, xotinidan tug‘ilgan faqat katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tishi mumkin edi.
Ota o‘g‘ilni merosdan mahrum qila olmas edi, bir o‘g‘ilni merosiy ulushini boshqa o‘g‘lini meros ulushi hisobiga ko‘paytirish huquqiga ega bo‘lmagan. Erlarni faqat diniy maqsadlarda, «xayrli ishlar» uchun hadya, in’om etish mumkin bo‘lgan.
Sud jarayonlari asosan inkvizitsiya, ya’ni qiynoq, azob berish bilan bog‘liq, xarakterida bo‘lgan. Ish odatda jabrlanuvchini uezd sudiga yozma ravishda yoki og‘zaki tarzdagi og‘zaki arizasi yoki shikoyatidan boshlangan. Ariza belgilangan tartibda tuzilib, yozilib to‘ldirilgan, arizani odatda sud idorasini darvozasini oldida o‘tiradigan ko‘cha mirza – kotiblari yozib berishgan.
Jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ta’qib qilish davlatning majburiyati hisoblangan. Jinoyatchini axtarish hamda izlash va qidirish uchun javobgar bo‘lgan maxsus amaldorlar, gumondorni belgilangan muddat davomida qidirib topishlari lozim bo‘lgan, 1690 yildagi qonunlar to‘plamiga ko‘ra, qidiruv muddati bir oy muddat mobaynida deb belgilangan. Agar jinoyatchi ko‘rsatilgan muddat ichida topilmasa, amaldor tayoq bilan kaltaklanib jazolangan. Gumondorni qidirib topib, ushlab keltirish muddatini ikki oyga kechiktirish uchun amaldorga 30 darra tayoq bilan kaltaklanishi qo‘llanilgan. Bu esa «farmonlarni hurmat bilan qabul qilish», «ularga majburan rioya etish», «xizmat va gunohlarni adolatli baholash» uchun shart – sharoitlar yaratdi.
VII – asrda Yaponiyada chek er tizimini joriy etilishi, jamiyatni qat’iy ravishda darajalarga bo‘linishi, xuddi Xitoydagi singari, «kodeks» deb nomlangan qonun chiqaruvchi hujjatlarni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Kodekslar, erdan foydalanishni tartibga soladigan, unvonlarga va ahamiyatga ega amaldorlarni turli guruhlari va vakillarini majburiyatlari va imtiyozlarini, jinoyat (pitsu) va ma’muriy (ryo) huquq normalarini o‘z ichiga olgan, garchan Yaponiya huquq tizimida ritsu va ryo o‘rtasida aniq bir tafovutni aniqlab, o‘tkazish murakkab ish hisoblanadi. Birinchi qonunlar majmuasi «Tay-xo ryo» kodeksi hisoblanadi. 720 yilga oid qadimgi yilnomani guvohlik berishicha, «Tay-xo ryo» kodeksini tuzish ustida 18 kishidan iborat komissiya, shahzoda Osakabe va Fudzivaralar xonadonining vakili Fabito boshchiligida ishlagan. 701 yilda kodeksni tuzish ishlari yakunlandi, 702 yilda esa kuchga kirdi. SHundan keyin ham kodeks ustida ishlash kelgusida ham davom ettirildi. Bu kodeks 718 yilda «YOro ritsu ryo» ya’ni YOro yillarini jinoiy va ma’muriy kodeksi degan yangi nom ostida paydo bo‘ldi va 953 ta moddadan iborat bo‘lgan. Mazkur kodeks siyosiy notinchlik tufayli faqatgina 757 yilda amalga kiritildi, joriy etildi.
«Tayxo» va «YOro» kodeksini ikkita versiyasi tarix fanida yagona to‘plam sifatida taqdim etilib, ilk feodal Yaponiya davlati, meydzi davriga( XIX asr) qadar o‘z ahamiyatini rasman saqlab qolgan Yapon hquqi qoidalari to‘g‘risida boy materialni o‘z ichiga oladi. Bu to‘plam Yaponiyaning o‘ziga xos madaniyatini belgilari, Yaponlarning o‘zga, boshqa madaniyatlarning yutuqlarini o‘zlashtira olishlari to‘g‘risida yorqin guvohlik beradi. Bu ishlar ko‘r – ko‘rona emas, balki Yaponiyaning tarixiy – madaniy, milliy hususiyatlariga moslashtirilib amalga oshirilgan.
Yaponiyada o‘rta asrlar huquqida delikt (ya’ni g‘ayri qonuniy harakat, jinoyat) va jinoyat o‘rtasida, jinoiy va ma’muriy huquq qoidalari o‘rtasida aniq bir fikr-tafovutlar bo‘lmagan.
Yaponiya huquqi “huquqiy davlat” davrida “qonunchilik” talablariga asoslangan bo‘lib, o‘sh vaqtdagi tushinishda quyidagilarni o‘z ichiga olgan: qonun talablariga qat’iy amal qilish, jinoyat uchun jazolarni muqarrarligi, malay, qaroldan tortib budda ruhoniysigacha barchani gunohlari va xatto hatolari uchun javobgarligini anglatadi, sudya va tergovchilarni sudlov ishlarini yuritilishiga ham taaluqli ekanligi, shuningdek jazolarni qo‘llanilishi, ayniqsa o‘lim jazosidan, batafsil, sinchkovlik bilan tekshirish va qayta tekshirish, aybni engillashturuvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish, ilgari qo‘rsatib o‘tilgan, muayyan ish bo‘yicha tergov boshlanguniga qadar nashr-etilgan qonunlarni e’tiborga olish nazarda tutilgan.
“Tayho ritsuryo” jinoyat kodeksi 12ta bo‘limdan iborat bo‘lgan: jazolar tayinlanishi, bosqinchilik, talonchilik, mushtlashish vaqtida jarohat etkazish va boshqa qonunlardan iborat bo‘lgan Kodeksning barcha qoidalari ham bizgacha etib kelmagan, ularning bir qismi Tan sulolasi davridagi Xitoy kodeksi bo‘yicha keyinchalik qayta tiklandi.
Kodeks jazolar va og‘ir jinoyatlarni ro‘yhatidan boshlanadi. Axloq qoidalarini o‘ta og‘ir buzilishi to‘g‘risidagi konfunsiychilik tushunchalariga mos ravishda Yaponiyada “8 zol” (Xitoyda – “10 zol”) ajralib turgan, ularni qatoriga eng avvalo imperator hokimiyatiga qarshi jinoyatlar kirgan: “isyon” (imperatorga tegishli turar-joylarni va maqbaralar buzilishi), “davlatga hiyonat” (imperatorni yaqin qarindoshlarini o‘ldiri, shuningdek ularni o‘ldirishga suiqasd qilish, urib-qaltaklash), “o‘ta ketgan (katta) hurmadsizlik” (ibodatxonalarni vayron qilish, muqaddas marosim buyumlarini buzish va boshqalar), xukmdorga nisbatan yomon gapirish, g‘iybat qilish, otaga yoki yaqin qarindoshlarga nisbatan odobsizlik, xurmatsizlik (ularga nisbatan sud yuritishi ishlarini qo‘g‘atish, yoki ularni la’natlatish, ota-onasi tirikligi (hayotligi)da oiladan ayrilib chiqib ketish, o‘zboshimchalik bilan (ota-onaning roziligisiz) turmish qurish, uylanish va boshqalar), “shafqatsiz qotillik” (bir oilani uch a’zosini o‘ldirish, o‘zini yaqin qarindoshlarini o‘ldirish, xotin yoki ma’shukasi tomonidan erini qarindoshlarinio‘ldirish, shuningdek ularni urib kaltaklash va boshqalar), “burchini buzish” (ho‘jayini, boshlig‘i, ustozini o‘ldirish a boshqalar).
Xulosa
Ilk o‘rta asrlarda Yaponiyada dehqonchilik ikki shaklda bo‘lgan: davlat chek erlari tizimi va yirik xususiy feodal er egaligi (syoen) mavjud bo‘lgan.
CHek er tizimini rasman joriy etilishi VIII asrga doir bo‘lib, bunda ilk feodal agrar tuzumning asosiy tamoyillari yuridik jihatdan 702 yilda birinchi Yapon qonunlar to‘plami- «Tayxoryo» kodeksida qayd etilgan. Kodeksga ko‘ra barcha erlar davlatga qarashli deb e’lon qilingan. Har bir dehqon xovlisi olti yoshli har bir oila a’zosi hisobga olinib vaqtinchalik foydalanish uchun shudgor qilinadigan er olishgan. Erkak kishini chek erini hajmi ikki tan (bir tan 0,12 gektarga teng) bo‘lgan, ayollar esa shu er maydonini uchdan ikki 3/2 qismini olgan. Har olti yilda oiladagi soliq to‘lovchi shaxslarni, sonining o‘zgarishiga mos tarzda er maydonlar qaytadan taqsimlangan. Dehqon oilasiga hususiy mulk tariqasida bog‘ va tamorqa erlari biriktirilgan.
CHek er dehqonchiligi davlatga g‘alla solig‘i va hunarmandchilik buyumlari, asosan gazlamalar bilan soliq to‘lashi lozim bo‘lgan. Oziq-ovqat (mahsulot) rentasidan tashqari, dehqonlar barshina o‘tashgan-davlat va uning joylardagi boshqaruv organlari foydasiga yiliga 100 va undan ortiq kun ishlagan, bu esa eng qizg‘in mehnat paytida ularni qishloq ho‘jalik ishlaridan chetlashgan. Bu dehqonlarni ekspulatatsiya qilinishining oddiy feodal shakli bo‘lgan. Dehqonlarni chek erni tashlab ketishi yoki undan bosh tortishi jazolangan, chunki bu holat dehqonlardan olinadigan soliq va tushumlarni miqdorini kamaytirardi.
«Tayxoryo» kodeksiga ko‘ra, zodagonlarning er mulklarini hajmi ularning unvoni yoki egallab turgan lavozimiga bog‘liq bo‘lgan. Ular dehqonlarning chek erlaridan bir necha marta ko‘p bo‘lgan. Bunday chek erlar orasida «davlat oldidagi hizmatlari uchun» ya’ni Tayka to‘ntarishidagi ishtiroki uchun berilgan va imperator tomonidan in’om etilgan erlar- eng yirik er uchastkalari bo‘lgan. Egallab turgan lavozimi yoki unvoni uchun berilgan chek erlari hizmat muddati vaqtida foydalanish uchun berilgan. In’om etilgan chek erlar umurbodga berilgan. Xizmatlari uchun berilgan chek erlari bir, ikki, uch valod uchun berilib, ayrim xolatda umrbodga berilib, bunday chek erlar xususiy feodal mulkiga aylangan.
Zodagonlarning er mulklariga dehqon xovlilari biriktirib qo‘yilgan. Biriktirilgan xovlilarning soni unvoniga mos ravishda 100 dan 800 tagacha va lavozimiga bog‘liq xolda 300 dan 3000 tagacha o‘zgarib turgan. Biriktirilgan dehqonlar g‘alla solig‘ini yarmini hazinaga, boshqa yarmini feodalga topshirishlari lozim bo‘lgan.
Imperator saroyi faqat o‘z mulklaridan keladigan daromadlardangina emas, balki butun mamlakatdagi chek erlarga ega dehqonlardan ham qo‘shimcha maxsulotlar olishgan.
Davlat tuzumi haqida shuni ta’kidlash mumkinki, uzoq vaqt mobaynida shakllangan ma’muriy tartib «Tayxoryo» qonunlar to‘plamida huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xukmdorning obro‘sini oshirish maqsadida, unga imperator unvoni berildi, (tenno so‘zi osmon o‘g‘li m’nosini anglatadi), uni xudodan tarqalgani haqida afsona yaratiladi. Imperator huzuridagi Oliy hukumat organi Davlat kengashi bo‘ldi. Markaziy xukumat strukturasiga sakkizta idora kirdi (Saroy, madaniyat, moliya va omborlar, umumdavlat ishlari, fuqarolik ma’muriyati, marosimlar va unvonlar, harbiy va jamoat ishlari).
Mamlakat provinsiyalarga bo‘linib, ular esa uezdlarga ajralgan. Bu ma’muriy birliklarda gubernatorlar va uezdlar boshliqlari tomonidan boshqarilgan boshqaruv organlari tashkil qilindi. Provinsiyalar ma’muriyatining faoliyati markaziy xokimiyat tomonidan nazorat qilingan.
Ilk feodal davlatining shakllanishi bilan birga ma’muriy-siyosiy, hunarmandchilik- savdo va diniy markazlarning tashkil topishi kuzatildi. Koreya va Xitoydan ko‘chib kelganlar 320 yildayoq Naniva (hozirgi Osaka) shahriga asos solishgan. 593 yilda shimoliy Koreyaning Koguryo madaniyatining kuchli ta’sirida Asuka shahriga asos solingan. Biroq keyingi shaharsozlik Xitoyning aniq bir ta’sirida kechdi. 710- 784 va 792-1192 yillar oraligida davlatning poytaxtlari ketma-ketlikda Nara va Xeyan shaharlaribo‘lganida, shaharlarni joylashtirilishi CHan’an (hozirgi Sian shahrini Xitoy modelini takrorlagan. Xitoy namunasiga binoan bu shaharlarni asosiy darvozalari janubga qarab qurilgan).
Ichki siyosiy vaziyatning barqaror bo‘lmaganligi – ilk feodal Yaponiyaning xarakterli belgisi edi. Dehqonlarning feodallarga qarshi kurashidan tashqari, u xukmron lagerdagi to‘xtovsiz raqobatchilik bilan ham belgilanardi.
Xukmron guruhning orasida uchta gruppa aniq shakllandi. Birinchisini Saroy aslzodalari va poytaxt ayonlari qatoriga kirgan feodallar tashkil etgan. Ikkinchisiga provinsiya(viloyat)lardagi davlat apparatida yuqori lavozimlarni egallagan feodallar mansub bo‘lganlar. Ular poytaxtdan kelib chikkanlari xolda o‘zlari tayinlangan joylarda asta sekin o‘troqlashib bordilar. Uchinchi gurux esa o‘z provinsiya (viloyat) larini xech qachon tark etmagan quyi zodagonlardan iborat bo‘lgan.
Saroy zodagonlari orasida, azaldan sinto dini bilan alokador bo‘lib, kuchli ta’sirga ega bo‘lgan Nakatomi guruxi oldingi o‘rinda turgan. Mazkur guruxning boshligi Kamatari Tayka tuntarishida qatnashgan bo‘lib, shu tufayli mamlakatda katta obro‘ga ega bo‘lgan. 669 yilda unga Fudzivara nomi berilgan. Uning avlodlari raxbar o‘rinlarni egallashib, o‘ta muxim lavozimlarni o‘z qo‘llarida tutishgan. 729 yilga kelib Fudzivara shunchalik kuchaydiki, xatto imperator fakat shu xonadon vakillaridan o‘ziga xotinlikka olgan. Imperator xonadonini zaiflashtirishga intilib, Fudzivaralar imperatorning tansokchilarini engishdi va uni shimolga, YAmasiro viloyatiga olib ketishdi, u joyda 784 yilda yangi poytaxt Xeyan shahrini qurilishi boshlandi.
858 yilda Fudzivaralar voyaga etmagan imperatorga regentlar o‘rnini egallashdi, imperator ulg‘aygach esa, 887 yilda kansler vazifasini egallashdi. Regent kansler (qisqacha sekkan) lar boshqaruvi o‘rnatildi. Dastlabki 40 yil mobaynida imperator davlatni nisbatan mustaqil boshqargan. Fudzivaralar xonadoni a’zolari egallagan davlat lavozimlari va unvonlari uchun dexqon xovlilari biriktirilgan chek erlarga ega bo‘lishgan.
Fudzivaralarni iqtisodiy va harbiy jihatdan zaifligi tufayli 895 yilda Yaponiya, Xitoy va Koreya bilan munosabatlarni uzdi, mamlakatga kirish va chetga chiqish o‘lim jazosi orqali taqiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |