2. Yaponida davlat boshqaruv organlari va armiyaning tutgan o‘rni tashkil etilishi.
VII asrda Yaponiyada amalga oshirilgan siyosiy tub o‘zgarishlar muhim ahamiyat kasb etib, Tayka islohotlari amalga oshirilgani meros bo‘lib o‘tadigan monarx(xukmdor) boshchiligidagi ilk feodal davlatini qaror topganidan dalolat beradi. Bu islohotlar buddaviylik va konfutsiylik ta’limotlari negizida yagona davlat haqidagi g‘oyalarni ilgari surib, unga ko‘ra bunday davlatga «dono - xukmdor», «xudolarni avlodidan bo‘lgan», cheklanmagan xokimiyatga ega bo‘lgan podsho boshchilik qilgan. Xitoy dinlaridagi xukmdor – imperatorning ilohiy kuchga ega ekani to‘g‘risidagi g‘oyalarni o‘ziga osonlik bilan singdirib olgan Yaponlarning qadimgi sinto(«xulolar, ajdodlar yo‘li») dini ham bunga imkoniyat yaratdi.
«Tayka to‘ntarishi» natijasida yagona Yapon davlati tashkil topdi, unga xukmdor sulolaning shahzodasi imperator bo‘ldi, u mamlakatni qudratli Fudzivaralar xonadoni vakillarini qo‘llab – quvvatlashiga tayanib boshqardi, mazkur xonadon vakillari kelgusida avloddan – avlodga nafaqat merosiy regentlar – imperatorni nomidan vaqtinchalik davlatni boshqaruvchini etkazib berishgan, balki endilikda imperatorlar faqat shu xonadonga mansub bo‘lgan qiz va xotinlarga uylanadigan bo‘ldi.
Yapon xukmdorlari VI asrdayoq Xitoydan «teney» yoki «tenno» ya’ni «osmon, xudoning o‘g‘li» degan nomni o‘zlashtirishgan. Ammo, Xitoyda xukmdorni xokimiyatini manbai «Osmonning irodasi», imperatorlik sulolalari ni almashinuvi esa «Osmondan buyruqni» o‘zgarishi deb izohlangan bo‘lsa, u holda Yaponiyada «tenno» so‘zini ma’nosi erga bog‘liq bo‘lgan, u osmondan berilgan farmoyishlarni o‘zida aks ettirmagan. Yaponiya- liklarni tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlari ancha aniq – ravshan bo‘lgan. Yaponlar nafaqat osmonga, balki quyoshga, tog‘larga, daryolarga ham sig‘inishgan.
Yaponlarning qadimgi sinto (ajdodlar yo‘li) dinida xukmdorga, birinchi ruhoniy, quyoshning ilohiy ajdodi, inson qiyofasini olgan shaxs sifatida qarashgan. VI – VII asrlarda Yaponiyada sinto va buddaviylikning qo‘shilib ketishi natijasida shakllangan «rebu sinto» dini esa imperatorga nafaqat ma’naviy rahbar, oliy kohin, balki dunyoviy monarxi, ya’ni huquqi cheklanmagan xukmdor, eng avvalo harbiy qo‘shin boshlig‘i sifatida ham qaralib, uning davlat amaldorlari uchun shak – shubhasiz obro‘ – e’tibori qonunlar va kojdekslarda asoslangan. Aynan shundan boshlab Yaponiya huquqida puxta, sinchiklab, barcha: markaziy va mahalliy, diniy va dunyoviy davlat muassasalarini tuzilishi ishlab chiqildi. «17 modda Qonuni» da suveren(oliy hokimiyat egasi) niilohiyligi haqida so‘z yuritilib, sermazmun izohlarni birida, muhim ishlarni to‘g‘ri hal etishni muhim shartlaridan biri, maslahatchilarni ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Syotoku – taysi esa, yakka bir shaxs tomonidan boshqarish, idora qilish g‘oyasini inkor etib, davlat ishlari xukmdorni yakka o‘zi tomonidan hal etilmasligi kerak deb ta’kidlaydi. Qadimgi vaqtlardan buyon har qanday darajadagi maslahatchi, Yaponiyada imperator davlat apparatida katta, yirik arbob sanalgan, hisoblangan. Aslida, ilohiy «tenno(osmon o‘g‘li)» qonunga ko‘ra, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va harbiy hokimiyatga ega bo‘lsada, hali VIII – asrdayoq, qudratli Fudzivaralar xonadoni vaytida boshqarish, xukmronlik qilishni o‘rniga, ko‘proq podsholik qilgan, uning qudratini ramzi sifatida qaralgan, m asalan, 794 yilda Kiotoda yana bir poytaxtni qurilishi bunga misol bo‘la oladi. Natijada Yaponiyada ikkita poytaxt mavjud bo‘lishi an’anaga aylandi, shu bilan birga ikki xokimiyatchilik, ya’ni bitta poytaxtda imperator, yana boshqasida esa syogun mamlakatni boshqargan. Ba’zan davlat boshqaruvi ishlariga buddaviylikning oliy kohinlari ham aralashadigan bo‘ldi.
«Tayxo YOro ryo» ning maxsus bo‘limi «Muassasalar va shtat birliklari» deb nomlanib, bu bo‘lim markaziy va mahalliy, diniy va dunyoviy idora(hokimiyat)larning keng tarqalgan xukumat tizimiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu joyda shuningdek, amaldorlarni mansablari va unvonlarini ierarxiyasi, amaldorlarni tayyorlash(Yaponiyada xitoycha imtihon tizimi joriy etilmadi), shuningdek amaldorlarni xizmati evaziga maosh(oylik ish haqi) o‘rniga chek erlar berilishi belgilangan.
Oliy davlat hokimiyati, xuddi Xitoydagi singari, Yaponiyada ham Davlat Kengashi («Dadze - kan»)ga tegishli bo‘lgan, bunda davlat siyosatining umumiy yo‘nalishlari ishlab chiqilib, imperatorning farmonlari butun mamlakat bo‘ylab tarqatilgan. Xitoydan farqli ravishda, Yaponiyada dunyoviy Davlat kengashi bilan bir qatorda alohida diniy Davlat kengashi («Dzingi - kan» yoki «Er va osmon ruhlari ishlari bo‘yicha Kengash» ham mavjud bo‘lib, bu kengash sinto dini ibodatxonalari va ruhoniy hamda kohinlarni faoliyati ustidan, ibodatxonalarga biriktirilgan dehqonlarni va boshqa nazorat ishlarini olib borgan. Uning shtat birligi, xodimlarini soni uncha ko‘p bo‘lmagan. Diniy Davlat kengashi alohida ajralib turgan bo‘lsada, boshqa muassasalar orasida etarlicha yuqori mavqega ega bo‘lgan.
Dunyoviy Davlat kengashini ichki tuzilishi ham Xitoy namunasida tashkil etilgan bo‘lib, kengashga bosh vazir yoki kansler boshchilik qilgan, u davlatni boshqaruv ishlarida imperatorning murabbiyi sanalib, odob – axloq qoidalarini andozalariga ko‘ra mamlakatda «tinchlik, osoyishtalik va uyg‘unlikni» ta’minlashi lozim bo‘lgan. Bunday nuqsonsiz, aybsiz kishini topish qiyinligini tan olib, qonun bu lavozimni vakant, ya’ni bo‘sh, egallanmasdan turishiga yo‘l qo‘ygan.
Dunyoviy Davlat kengashida bevosita boshqarish vazifalarini ikkita oliy vazir: so‘l(katta) va o‘ng(kichik) vazirlar amalga oshirib, bu ishda ular o‘z navbatida barcha davlat ishlarini muhokamasida qatnashgan va «o‘ta muhim ishlar » bo‘yicha tavsiya va takliflar bergan «katta maslahatchilar» ga, shuningdek, «mayda ishlar» bo‘yicha tavsiyalar taqdim etishi lozim bo‘lgan kichik maslahatchilarga tayanishgan. Aynan maslahatchilar kundalik ishlarni borishi jarayonini kuzatib borishgan va buning uchun Davlat kengash oldida javob berishgan.
Davlat kengashi tarkibida sakkizta vazirlik bo‘lib, bular Xitoydan farqli ravishda imperator xonadoni bilan yaqindan aloqador bo‘lgan. Kengash huzurida, shuningdek, nazorat mahkama(palata)si ham mavjud bo‘lib, uning boshlig‘i, Xitoydagidan farqli ravishda bu mahkama ancha tor vakolatlarga ega bo‘lib, urf – odatlar va ahloq qoidalarini sofligini ya’ni amal qilinishini kuzatib borgan, ma’naviy – axloqiy buzuqliklar bo‘yicha tergov – surishtiruv ishlarini tayinlagan, bu ishlarning natijalari to‘g‘risida imperatorga axborot bergan. Imperatorning qo‘lida xizmat safarlarida yuradigan nazoratchi – tekshiruvchilarning shtat birligi bo‘lgan. Nazoratchi – tekshiruvchilarni qarorlari Davlat kengashi tomonidan to‘xtatilishi mumkin edi.
Harbiy ishlar vazirligi, moliya va adliya vazirliklari bilan bir qatorda Yaponiyada «umumiy ishlar» bo‘yicha alohida vazirlik ham mavjud bo‘lib, kundalik saroy ishlarini, ritual (marosim)larni, imperatorning farmonlarini tahrir qilish, mamlakat tarixini tuzilishi, nasldan – naslga shahzodalarni o‘tishi ro‘yxatini tuzilishi, saroy malikalarini ro‘yxatini tuzilishi, buddaviylik kohinlarini ro‘yxatini tuzilishini, shuningdek aholini umumiy ro‘yxatini hamda soliqlar ro‘yxati masalalari bilan ham ham shug‘ullangan. Go‘yoki mamlakatning bosh mahkama(kanselyariya)si hisoblanib, ushbu muassasa, o‘zining boshlig‘ini imperatorga yaqin turishi jihatdan alohida kuchli mavqega ega bo‘lgani holda davlat apparatida birinchi o‘rinda turgan. Mazkur mahkama boshlig‘i axborotlar qabul qilgan va imperatorga petitsiyalarni9 taqdim etgan.
Mazkur vazirlikni vazifalarini ko‘lami haqida uning tarkibidagi o‘nta boshqarmalarini o‘ta katta shtat birligiga ega bo‘lganligi guvohlik beradi, ularning orasida malika saroyining maxsus boshqarmasi, bosh arxiv boshqarmasi, saroy ibodatxonalari bosh boshqarmasi, astrologiya10 boshqarmasi, rassomlik – naqqoshlik boshqarmasi, imperator saroyi etiketi, ya’ni odob – axloq qoidalari boshqarmalari shular qatoriga kirgan. Imperator saroyi etiketi boshqarmasining faoliyati, marosimlar bo‘yicha alohida vazirlik bilan yaqindan bog‘liq bo‘lib, marosimlar o‘tkazish vazirligining boshqaruvida nafaqat etiketga rioya etilishini nazorat qilish, balki davlat maktablari, davlat amaldori lavozimiga nomzodlarni attestatsiya11 qilish, amaldorlarni tayinlash va xizmat joyini o‘zgartirish, amaldorlarni mukofotlash, ularga maon – ish haqi berish, tayinlash bo‘yicha tavsiyanomalar kiritish bilan shug‘ullangan.
Aynan shu vaqtda, bir necha asrlar mobaynida, to II – jahon urushining oxiriga qadar, faoliyat yuritgan imperator saroyining alohida vazirligi tashkil topadi, «Tayxo YOro ryo» kodeksiga ko‘ra, bu vazirlik tarkibiga alohida oshxona boshqarmasi kirib, ularni funksiya(vazifa)siga saroy uchun oziq – ovqatlarni etkazib berish va g‘amlash, shuningdek oshpazlarni faoliyatini boshqarib, ularni nazorat qilish kirgan. To‘rtta bosh boshqarmani tarkibida esa saroy oshxonasi bosh boshqarmasi, saroy omborxonalari va xo‘jalik ishlari boshqarmasi, davlat qullari faolliyatini nazorat qilish boshqarmasi va boshqalar hamda yana o‘n uchta oddiy boshqarmalar, ya’ni saroy mevazor bog‘lari va xovuzlari hamda sun’iy ko‘llari boshqarmasi, saroy suv ta’minoti va boshqalar bo‘lgan. Mazkur vazirlikning shtat jadvali ayniqsa to‘liq bo‘ldi. Boshqa vazirlikdagi singari, uning jadvalida ma’muriy xodimlar, mutaxassislar, kanselyariya(mahkama) mirzalari, bularning safini vazirlikka maxsus biriktirilgan «davlat hovlilari» to‘ldirganlar. «Tayxo YOro ryo» dan ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab vazirliklar va boshqarmalar mavjud bo‘lsada, ular o‘rtasida vazifalarni aniq chegaralash, bo‘lib olish mavjud bo‘lmagan. Bu ko‘ptarmoqli tuzilmani bog‘lab turgan jihat imperator saroyi bo‘lgan.
«Tayxo YOro ryo» qonunining VII – bo‘limi, buddaviylik ruhoniylariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu bo‘lim Yaponiyada budda ruhoniylarini alohida mavqega ega ekanligi, yuqoridan davlat nazoratida bo‘lganidan guvohlik beradi. Oddiy budda tashkilotni tutgan o‘rnini tartibga solib, qonun, ruhoniylarga uy – joy, bog‘u – rog‘larga egalik qilishni, savdo va sudho‘rlik bilan shug‘ullanishni sovg‘a, nazr – niyoz tariqasida qullar, hayvonlar, qurol – yarog‘larni qabul qilishlari taqiqlangan. Bu cheklashlar budda ibodatxonalari va monastirlarida xususiy er egaligini o‘sib bori shini to‘xtatib qola olmadi.
Qudratli xonadonlar, uru g‘- qavmlarni o‘zaro nizo – janjal va ixtiloflari sharoitlarida farovonlikni o‘sishi bilan bir qatorda buddaviylik oliykohinlarining siyosiy ta’siri ham, siyosiy e’tirozlari ham oshib bordi. O‘rta asrlardagi uzoq sharq buddaviylik davlatlarini hech qaysinisida bunchalik kuchli namoyon bo‘lmagan. Yaponiyada XI asr oxiri – XII asr boshlarida amalda siyosiy tortishuvni uchta markazi shakllana boshladi: imperator saroyi, xukmron xonadonning uy – joy boshqarmasi, bunda o‘rta asrlar davomida Fudzivaralar xonadoni xukmronlik qilgan, va buddaviylik monastirlari hisoblanadi. Imperator voyaga etgach, odatga ko‘ra, majburan sochi oldirilib kohinlikka budda monastiriga jo‘natilgan, taxtga uning voyaga etmagan vorisi o‘tkazilgan, imperator xukmron xonadonning qo‘g‘irchoq quroliga aylangan, buddaviylik oliy kohinlari esa ko‘pincha muxolifatda turgan xonadon vakillarini qo‘llab – quvvatlashgan.
XII – asrda viloyatlar gubernatorlari va noiblarini, ya’ni mahalliy xukmron xonadonlarini iqtisodiy qudrati va siyosiy ta’siri o‘sdi, ular amalda o‘z mulklarida cheklanmagan huquqqa ega bo‘lgan xukmdor – votchina egalariga aylanishdi. Xukmron tabaqaning turli guruhlari: imperator saroyiga yaqin turgan doiralar, kuchli xonadonlar vakillari, ruhoniylarning to‘xtovsiz o‘zaro ichki nizo janjal va ixtiloflar hamda urushlar sharoitida, XII – asrda Yaponiyada boshqaruvning yangi shakli – syogunlik o‘rnatildi, bu feodal diktaturani o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda ham markazda, shuningdek, ma’lum darajada joylarda xokimiyat «buyuk sarkarda» - syogunning qo‘lida to‘plandi.
YAngi harbiy – byurokratik apparat, ya’ni bakufuga tayangan Minamoto birinchi syogunligini (1192 – 1333 yy.) o‘rnatilishi, Yaponiyada feodal davlatning rivojlanishini ikkinchi davrini boshlanishini, uning harbiy – siyosiy birlashish davrini anglatadi. Bu holat, Minamotoning tarqoqlikni engib o‘tish, ichki nizo va janjallarni bostirish, o‘zining manfaatlari va butun feodal guruhlarini manfaati yo‘lida feodal davlatini mustahkamlashga intilishidan kelib chiqqan edi.
Syogunlikning hususiyatli belgilaridan biri, imperator lavozimini, ayrim vakillik vazifalariga ega bo‘lgan, nomigagina davlat boshlig‘i sifatida saqlab qolinishi bo‘ldi. Imperatorga, unga tegishli bo‘lishi lozim barcha unvonlar hurmati yuzasidan taaallduqli bo‘lgan, ammo, biroq uning o‘zi ham, uning saroyi ham mamlakatning siyosiy hayotida hech bir sezilarli rol o‘ynamagan. Aynan mana shu vaqtdan boshlab, imperator saroyi feodal muxolifati markaziga aylanadi, bu esa yangidan o‘zaro ichki nizo ixtiloflar va urushlarni ko‘plab sabablaridan biri bo‘ldi.
XII as r oxiri – XIII asr boshlarida birinchi syogunning markaziy xokimiyatni mustahkamlashga urinishlarini muvaffaqiyatsizligini aks etishi sifatida, syogunlikning alohida ko‘rinishi – sikkenlikni o‘rnatilishi bo‘lib, bu esa Yaponiya feodal jamiyatida boshqa ikkita rasmiy pog‘onaga qo‘shimcha uchinchi pog‘onani qo‘shilishi bo‘ldi. 1199 yilda Yaponiyada sikkenlikni(sikken - xukmdor) vujudga kelishi, syogunning yosh bolaligida budda oliy kohinlaridan regentlikni o‘rnatili bo‘ldi. Keyinchalik bu lavozim, meros tariqasida nasldan – naslga o‘tadigan bo‘ldi. Imperator va syogun rasman siyosiy tuzilmada o‘rin egallagan bo‘lishsada, ammo xlkimiyatning ancha qismi sikken qo‘liga o‘tdi. Birinchi Kamakura syogunligini qulaguniga qadar davom etgan sikkenlik, bu vaqtda Kama – kur shahri syogunlikning xukumati – bakufu o‘rnashgan joy bo‘lgan, harbiy – feodal diktaturaning hususiyatini jiddiy o‘zgartirmadi va Yaponiyada XIX – asrning ikkinchi yarmiga qadar davom etdi, bu vaqtga kelib burjua inqilobi davomida Yapon imperatorining xokimiyati qayta tiklandi.
Imperator saroyining faoliyati ustidan qattiq nazoratni amalga oshirgan idoralar, syogunlikning xukumat mexanizmi(apparati)ning o‘zgarmas bo‘lagi bo‘lib, 1221 yildan boshlab bakufu, Kiotodagi imperator qarorgohiga syogunning vakolatli vakili(tpekday)ni jo‘natishni boshladi. Vakolatli vakilni syogunning nomidan farmonlar chiqarishga huquqi bo‘lib, farmonlarni bajarilishi alohida harbiy kuch – uning ixtiyorida bo‘lgan samuraylar qo‘shini tomonidan ta’minlangan. Bundan tashqari, oxir – oqibatda syogun yangi imperatorni tasdiqlash, axt vorisini, valiahdni tasdiqlash tartibini belgilash, regentlarni va boshqa saroy oliy maslahatchilarini tayinlash huquqini o‘zlashtirib oldi.
Syogunlikni o‘rnatilishi bilan barcha viloyatlarga harbiy gubernatorlar yoki protektor(syugo)lar tayinlangan, bular u joyda, imperator tomonidan tayinlanadigan viloyatlar xukmdorlari bilan bir vaqtda boshqarib turishgan. Harbiy gubernatorlarni majburiyati doirasiga markaziy xukumat foydasiga majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish, qo‘zg‘olon va g‘alayonlarni bostirish, syogunning siyosiy raqiblarini ta’qib qilish, viloyatlarni qo‘riqlash kirgan. Syugoning ixtiyorida mahalliy garnizon ham bo‘lgan. Xususiy mulk er egaligiga, maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan vakillar xukumat tomonidan yuborilgan, ularning asosiy vazifasi pomeste er mulklarini daromadlarini nazorat qilish, feodallar tomonidan barcha soliqlarni to‘lanishini, va eng avvalo barcha harbiy soliqlarni to‘lanishini nazorat qilish, isyonchilarni ta’qib va quvg‘in qilishdan iborat bo‘lgan. Biroq, bu yoki u choralar syogun xokimiyati zaiflashgan davrlarda, talab qilingan, istalgan natijalarga olib kelmadi.
Dehqonlar lashkarini tuzish XVI asrga qadar davom etgan. Ommaviy dehqonlar qo‘zg‘olonlari tufayli xukmron doiralar kelgusida dehqonlarda qurol saqlanishi mumkin emasligini tushunib etishdi. Hali XV asrdayoq ayrim knyazliklarning feodallari dehqonlarini qurolsizlantirishdi, ammo umummilliy ko‘lamda esa bu voqea XVI asr oxirida bo‘lib o‘tdi, syogun Moyotomi Xidoyosi (1588 – 1590 yillar) davrida butun mamlakat bo‘ylab dehqonlardan qurollar tortib olindi. Mazkur tadbir «qilich uchun ov» nomini oldi. 1591 yildagi farmonga ko‘ra, dehqonlarga harbiy ish bilan, samuraylarga esa – har qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan. O‘q otish qurollarini joriy etilishi bilan otliq qo‘shinning ahamiyati asta – sekin yo‘qolib bordi va o‘z o‘rnini piyoda qo‘shinga bo‘shatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |