Aim.uz
Yaponiya
Reja:
1. Urush oqibatlari.
2. yaponiya – AQSH tinchlik shartnomasi.
3. iqtisodiy taraqqiyot.
4. tashqi siyosat.
|
Rasmiy nomi – Yaponiya
Poytaxti – Tokio. Hududi- 377535 km2
Aholisi – 127 mln. 100 ming (2001)
Davlat tili – yaponiya. Dini – sintovzm, buddaviylik, xristianlik. Puli – yena.
|
Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foiziga tushib qoldi. 10 mln. kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim bo’lganidan (1945 – yil 2 – sentyabr) ikki haftadan so’ng uning hududiAQSH ayirmasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D. Makartur rahbarlik qildi.
Yaponiya qurolsizlantirish va mamlakatda demokratik tartib o’rnatishi kerak edi. Bu vazifaning amalaga oshirishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy) vakillaridan iborat Ittifoq kengashi tuzldi.
Mamlakat armiyasi demobolizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi..Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudga tortildi. Mamlakat demokratik yo’ldan taraqqiy etishi uchun barcha zaruru choralar ko’rildi. Shu tariqa ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag’lubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo’ldi. Ayni paytda AQSH ning yaponiyani ishg’ol etishi oxir oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo’ldi.
Chunki aynan AQSH ning okkupatsiyachi ma`muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy va siyosiy islohatlar o’tkazilishining kafolati vazifasini bajardi.
Yaponiya parlamenti 1947 – yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga ko’ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya tizimi amal qiladi. Yangi Konstitutsiyaga ko’ra, imperator hokimiyati sqlanib qolgan bo’lsada, Yaponiya demokratik davlat, deb e`lon qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birlligi ramzi sifatida saqlab qolindi.
Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951 – yilda AQSH ning San – Fransisko shahrida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko’ra, 1951 – yil 2 – sentyabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952 – yil 2 – apreldan kuchga kirdi. Unga ko’ra, Yaponiya, Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qilmaydigan bo’ldi. Ittifoqchi davlatlaran SSSR bu shartnomani imzolamadi. “Sovuq urush” boshlangach, AQSH Yaponiyaga nisbatan munosabatini o’zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta`sirining kuchayishini hohlamas edi.
Ayni paytda Yaponiya o’zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko’ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika – yapon harbiy ittifoqini tuzish masalalarini ko’ndalang qo’ydi.
AQSH va Yaponiya o’rtasida imzolangan shartnoma “xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma” deb ataldi. Unga ko’ra, yaponiyada AQSH ning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSH ning okkupatsiya tartibi bekor qilindi.
1946 – yilda yaponiya parlamenti agrar islohot to’g’risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerni sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi.
Sanoatni tiklash uchun ham barcha zaruru choralar ko’rildi. Ayni paytda AQSH repratsiya olishni toxtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr – bardoshlilik namunalarini ko’rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o’ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o’rtasida yaponlargagina xos bo’lgan hakorlik vujudga keldi.
Shartnomada korxona xodim to pensiyaga chiqqunicha ish bilan ta`minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini oladi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo’lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etadi. Bu hol butun kapital mablag’ning juda katta qismini ishlab chiqarishga yo’naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o’zgalar yutug’ini erinmay o’rganish va ulardan unumli foydalan olishdir. 1951 - 70 – yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o’sishi o’rtacha 14,6 foizni tashkil etdi. 1960 – yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o’sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o’sish hech bir mamlakatda bo’lgan emas. “Yapon mo’jisasi” dunyoni lol qoldirdi.
Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu mo’jizaning siri quyidagi sabablarga bog’liqdir.
1. Asosiy kapitalning yangilanishi.
2. harbiy buyurtmalar. Koreya va vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o’zida buyurtma ko’paydi.
3. urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo’qligi.
4. Konsernlarning ko’ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo’l keldi.
5. davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi.
6. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to’g’risida bitimlar tuzish, Litsenziyalar sotib olish yo’li juda keng foydalaniladi.
7. Ilmiy – texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo’llab samaradorlikka erishmoqda.
8. Xodimlarga “psixologik yondoshuv”. Yaponiya korxonalari ishchilarni ishga layoqatsiz bo’lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta`minlash tog’risida shartnoma tuzadi.
9. yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishda tashqi savdo muhim rol o’ynaydi.
1968 – yilga kelib yaponiya jami milliy mahsulot hajmi jihatdan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFR ni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o’ringa chiqib oldi.
1981 – yilda yana bir mo’jiza ro’y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomabil ishlab chiqarish bo’yicha AQSHni ortda qoldirdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o’rinda turibdi. Mitsul, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki kabi gigant korporotsiyalar milliardlarcha foyda ko’rmoqda.
Baliq ovlash boo’yicha dunyoda 1 – o’rinda turadi. Dunyoning 2 foizi (127 mln.) aholisiga ega bo’lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi. 1954 – yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan xatoyama o’z dasturining bir punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag’ishladi. Natijada 1956 – yil oktyabrida ikki mamlakat o’rtasida diplomatic munosabatlar tiklandi.
1960 – yil Kisi hukumati AQSH bilan “xavfsizlik shartnomasi”ni imzoladi va u 1970 – yilda uzaytirildi. Unga muvofiq, Yaponiya hududida AQSH ning 118 ta harbiy obekti bo’lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSH ning Vetnamdagi urushini qo’llab – quvvatladi.
1972 – yilda Xitoy bilan diplomatic munosabatlar o’rnatildi. 1978 – yilda esa tinchlik va do’stlik to’g’riida bitim tuzildi. 1990 – yillarda yaponiya o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tailand, malayziya kabi raqobatchilar kuchayib bormoqda.
1992 – yilning 28 – avgustida Yaponiyaning O’zbekistonda faoliyat boshlagan birinchi elchisi Sulilo Edammiga O’zbekiston Prezidenti I. Karimov ishonch yorlig’ini topshirdi. 1994 – yilning 16 – 19 – may may kunlari O’zbekiston rahbarining Yaponiyaga rasmiy tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanad rivojlantirishga muhim rol o’ynadi.
I. Karimovning 2002 – yilning 28 – 31 – iyul kunlarida rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’lishi katta ahamiyatga egadi. Bu tashrif davomida I. Karimov va Yaponiya Bosh vaziri J. Koidzumi muhim siyosiy hujjatni – “Do’stlik, strategic sheriklik va xalqarohamkorlik to’g’risida” gi bayonotni imzoladi.
Shu vaqtgacha yaponiyaning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan oshganligi buning yorqin dalilidir. Ayni paytda O’zbekistonda 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
Nazorat savollari:
1. Yaponiya uchun ikkinchi jahon urushi natijasi qanday bo’ldi?
2. AQSH – Yaponiya harbiy ittifoqining tuzilishga sabab nima?
3. sanoatning rivojiga sabab nima bo’ldi?
4. Yaponiya – O’zbekiston munosabatlari qanday rivojlanmoqda?
Tayanch iboralar:
Imperator – davlat boshlig’I (Akaxito. 1989 yildan) “Yapon mo’jisasi”
1960 yilda sanoatning yillik o’sishi 20% ni tashkil etgan
Uyga topshiriq: Mavzuni o’rganish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jahon mamlakatlari. Izohli lug’at. Toshkent – 2006 y.
2. G. Hidoyatov. Jahon tarixi. Toshkent – 2005 y.
3. M. Lafasov. Usmonov. Jahon tarixi. Toshkent – 2006 –y.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |