Yaponiya iqtisodiyoti


YAPONIYA IQISODIY YUTUQLARINING SABABLA



Download 37,59 Kb.
bet3/6
Sana13.09.2021
Hajmi37,59 Kb.
#173827
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yapon iqtisodiyoti

YAPONIYA IQISODIY YUTUQLARINING SABABLARI

Yapontyaning iqtisodiy o'sish tajribasidan juda ko'p sonli turli siyosiy saboqlarni olish mumkin bo'igan yutuqlarini tushuntirib beruvchi sabab yagona emas. Industrial siyosat rolini belgilovchi mehnatni boshqarish tizimi, manzlili kreditlash tizimi, jamiyat tartiblariga hurmat munosabatida bo'lish va mudofaa uchun katla xarajatlarning aJratilmasligini mamlakat erishgan yutuqlar qatoriga kiritish mumkin. Shunga qaramay, iqtisodiy o'sishning hozirgi sustlashuvi yapon modelining tanqidiy jihatdan ko'rib chiqish va chiqarib olinadigan, ayniqsa moliyaviy sektor bo'yicha saboqlarni skeptik (shubha bilan) qayta baholashga olib keldi. Ijtimoiy tavsiflar Yaponiya iqtisodiyoti va uning faoliyati ishlab chiqarish hajmi va uning samaradorligi bilan cheklanib qolmay, balki nisbatan kengroq ko'rib chiqilishi lozim. G'arb aholisi, ayniqsa, ingliz-sakson an'analari vakillari bozor tizimini uning mas'uliyati hech kimga yuklatilmagan, egasizligi uchun qadrlaydilar. Yaponiyada esa, aksincha. Jamiyat va iqtisodiyotning birgalikda qabul etilishi chuqur shaxslararo javobgarlik mazmuniga ega. G'arb bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi ravishda, xo'jalik yurituvchi agentlar fe'l-atvorida individualizm (shaxsiyatparastlik) yotadi, Yaponiyada o'ziga xos kollektivlik negizlari yoki guruhli maqsad va intilishlar falsafasi kuchli. Yapon jamiyati feodalizm uchun xos bo'igan vertikal va ikki tomonlama kelishilgan shaxsiy majburiyatlardan iborat. Firma ichidagi munosabatlar iyerarxik tavsifga ega va izzat-ikrom va hurmatga asoslanadi. Bu shuningdek, avtoritetlarga shaxsiy hurmat va jamiyat a'zolari o'rtasida ikki tomonlama majburiyatlarni targ'ib etuvchi konfutsiya nazariyasini ham aks ettiradi. Shu sababli AQShdagi rasmiyatchi-amaldorlar ishonchga ega bo'imagan bir vaqtda, Yaponiyada katta hurmat qozonganlar, chunki ular bevosita hukumatni mujassam etadilar. Shunisl qiziqki, bunday hurmat Yaponiya siyosiy hayotida paydo bo'igankorrupsiya bilan bog'liq uzluksiz mojarolarga qaramay, siyosiy arboblarga nisbatan ham tarqalgan. Yapomyada o'zaro majburiyatlar tizimini mustahkamlovchi kollektiv institutlarning turli-tumanligi bilan individual tenglashtirish darajasi yuqori. Oila birinchi daraJali ahamiyatga ega. Masalan, farzandlar ota-onalari to'g'risida qayg'urishlari lozim va buni ular Amerika yoki Yevropadagidan ancha yaxshi bajaradilar. Yaponiyada pensionenarning yarmidan ortig'i o'z farzandlari bilan birgalikda yashaydi, garchi bu holat yildan-yilga kamayib borayotgan bo'lsa-da. Maktab va universitet vasiyligi uzoq davom etadi. Asosiy firmalar ishchilari o'z yollovchllaribllan o'zaro birdamlikda bo'ladilar va bu holat



Qo'shma Shtatlardagidan ko'ra ko'proq kuzatiladi. Yaponlarga kasblanto'g'risida savol berilsa, ular qanday faoliyat bilan shug'ullanishlari emas, balki ko'proq kimning qo'l ostida ishlashlarini aytadilar. Bu kabi bir xillashtirish- tadbirkorlar tomonidan ba'zi ishchilarga beriladigan "umrbod yollash" bo'yicha majburiyatlar natlJasidir. Firma doirasida ishchilar guruhlarga yoki fraksiyalarga biriktiriladl, ular esa o'z navbatida shaxsiy majburiyatlar va o'zaro yordam ko'rsatish bilan tavsiflanadi. "Keyretsu" sanoat guruhlari Qo'shma Shtatlartashabbusi bilan urushdan avvalgi dzabaysuni tarqatib yuborish bilan bog'liq holda va ularni kelgusida qayta yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, xolding kompaniyalarini man etuvchi antimonopoliyaqonuni tasdiqlangan. Keyinroq iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan "birlashmalar" ko'rinishidagi biznesni tashkil etishning o'ziga xos shakllari -keyretsu guruhlari yaratlldi Ularning yuzaga kelishi ma'ium darajada, Iidizotib ketgan savdo va ishbilarmonlik urf-odatlari saqlanib qolganini tushuntirib beruvchi yuqorida qayd ettlgan "guruhli oriyentatsiya(mo'ljal)" bilan belgilanadi Keyretsuguruhlan tarkibiy jihatdan dzabaysuga nisbatan kichikroq bo'igan va u aksiyalarga birgalikda egalik qilish, guruhning yagona bankidan foydalanish, guruhning yagona savdo kompaniyasi prezidentlik kengashlari va umumiy filiailar tuzish orqali bosh menejerlar o'rtasida tijorat va loyiha koordinatsiyalari majburiyatlari, konsultatsiyalarini taqsimlab berish kabilarni o'z ichiga olgan turli-tuman vositalar bilan ta'minlab turilgan. Guruh yoki Yapontyaning 40 ta yirik korporatsiyasini va yuzlab xOriJiyfiliailarva qo'shma korxonalami o'z ichiga olgan "kompaniyalar uyushmasi" Mitsubisi(o'zini shunday deb atalishtnixush ko'radi) eng yirik hisoblanadi. Bu guruhlar qo'shilib ketishining asosiy tamoyili dzabaysu parchalab tashlangan vaqtda, urush tugashi bilan keng tarqalgan aksiyadorlik kapitaliga birgalikda egalik qilishdan iborat Keyretsu guruhida aksiyalarga birgalikda egalik qilish uchun 1960- va 1970-yiliarda aVJiga chiqqan tajovuzkorona yutib yuborish (xoriJiykompaniyalar tomonidan ham ehtimoli bor) xavfi navbatdagi turtki bo'igan va bunda aksiyadorlik kapitaliga birgalikda egalik qilish samarali himoya vositasi hisoblangan. Yaponiya iqtisodiyoti bo'yicha barcha tan olgan ekspert XyuPatrikning bergan baholashiga ko'ra, birgalikda egalik jami to'langan kompaniya kapitalining 22%ni tashkil etadi. Bunday birgalikdagi egalik nafaqat guruh doirasida yaqin munosabatlar o'rnatishga, balki manfaatlar birligini ham yaratadi va guruh a'zolarini bir vaqtning o'zida ham ta'minotchi, ham mijoz sifatida qabul qilishga omil bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, menejerlarni obyektiv "bozor korporativ nazorati" imkoniyatlaridan mahrum etadi. Guruh qo'l ostidagi aksiyalar kamdan-kam holatlarda sotiladi va shunga bog'hq ravishda, aksiyalar nazorat paketini sotib olish bo'yicha tashqi takliflardan sezilarli tarzda himoyalangan bo'ladi. Shunday ekan, aksiyalarning past narxlari va firmaning realizatsiya qilinmagan imkoniyatlari kompaniyalaming nisbatan tajovuzkorona kapitalistik bozorlarda yuzberadigan yovlarchaqo'shilib ketishi va aktivlarni bo'lib olinishiga olib kelmaydi. 1-jadval nima uchun Qo'shma Shtatlarda korporativ boshqaruv ancha factekanhgini ko'rsatgan holda, Qo'shma Shtatlarva Yaponiyadagi aksiyalarga egalik qilish tuzilmasini aks ettiradi. Aksiyalarga birgalikda egalik qilish - keyretsu birligiga yordam ko'rsatuvchi yagona vosita emas. Guruh doirasida yakdillik guruhning yirik firmalari rahbariaridan iborat "prezidentlik kengashi" tomonidan kuchaytiriladi. Ular o'rtacha oyda bir marotaba to'planadilar, garchi nazariy jihatdan kengash rivojlanish strategiyasini belgilovchi organ hisoblanmasa-da, quyidagilar: joriy iqtisodiy vaziyat, kompaniya investitsiya siyosati, bozor konyunkturasi (ahvoli), NIOKR (ITTKI) uchun xarajatlar va firmaning samarali rivojlanishi uchun bevosita ta'sir ko'rsatuvchi boshqa omillar muhokama etiladi. Nisbatan quyi darajada birdamlik kompaniya rahbariyatining sho'bakorxonalar boshqarmasiga vakil qilish orqali kuchaytiriladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatming yangi sohalarida faoliyat ko'rsatish maqsadida tuziladigan yangi kompaniyalar ko'p hollarda guruh ishtirokchilari va ta'sischi kompaniyalarning boshqarma xodimlarini o'z ichiga olgan idoralar, kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan xususiy kapitalga ega guruh a'zolari o'rtasida qo'shma korxonalar sifatida tashkil etiladi. Keyretsu konglomeratlari (monopolistik birlashmalari) ko'pincha boshqaruvda yetakchilik vazifasini bajaruvchi asosiy kompaniya atroflda

guruhga birlashadi. Bunday kompaniya birlashgan savdo kompaniyasi yoklbank bo'lishi mumkin. Dastlab, keyretsu bosh banklar atrofida va tarmoq belgisiga ko'ra ko'p sonh pudratchi korxonalarni qamrab olgan hold a tashkil etilgan. Yaponiyada urushdan keyin shakllangan "bosh banklar" tizimi kreditorlar bilan qarz oluvchilar o'rtasida loyihalanadigan moliyaviy bitimlar to'g'risidagi ma'iumotiarnomutanosibligini yumshatishga xizmat qilgan. Yirik korxonalar ishtlrokidagi ko'zlangan barcha moliyaviy bitimlarning mazmun va shartlari shahar banklari tomonidan nazorat qilingan. Aynan mana shunday, odatda bilvosita moliyalashtirish tizimi sifatida tavsiflanadigan munosabatlar, bir tarafdan mahalliy banklar, boshqa tomondan mayda va yirik korxonalar o'rtasida o'rnatilgan. Bilvosita moliyalashtirish - bu o'ziga xos kredit-moliya tizimi bo'llb, awaldan kafolatlangan depozitlardan foydalangan holda, yirik ssudalar beradi va ssuda bo'yicha to'lamaslik xavfiga ham ega bo'ladi Bunday sxema operatsiyalar davomida muayyan foydaning yaratilishi va barqarorligini ta'minlaydi. Mazkur tizlmni sog'lom faoliyati uchun juda ko'p shartlar va ayniqsa, depozitlarm sug'urtalash mexanizmi talab etiladl. Sug'urta qilinuvchi bankrot bo'igan holatda, sug'urtalangan depozitlar oxir-oqibat davlat tomonidan ta'minlanadl. Biroq dastlab, moliyaviy vositachilik shunday shaklda amalga oshirilganki, bunda barcha xavf bank zimmasida bo'iganUrushdan keyingi Yaponiyanmg o'ziga xos sharoitlarida moliyalashtirishning tavsiflangan ushbu tiziml kredit-moliya tizimi va umuman butun iqtisodiyotga barqarorlashtiruvchi ta'sir ko'rsatgan. Boshqa so'z bilan aytadigan bo'isak, "guruhlash" bozor iqtisodiyoti o'yin qoidalari doirasida biznes bitimlanningsofligini kuzatish uchun tadbirkorlikning barcha sohalarini qat'iy belgilash, o'ziga xos ichki va nodavlat funksiyalarni bajargan. U davlatning eng muhim funksiyalaridan biri - bozorni (engawalo, sud tizimiga yordam ko'rsatish bo'yicha) nazorat qilish funksiyasini bajarish uchun ketadigan xarajatlarni ancha iqtisod qilishni ta'minlovchi bozor munosabatlari barqarorligining omili bo'igan. Aynan mana shu, davlat xarajatlarining katta qismini ishlab chiqarishni rag'batlantirishga (ham ilg'or, ham qoloq tarmoqlarda) va ayniqsa, ijtimoiy kapital sohasini rivojlantirishga yo'naltirish imkonini bergan. Bu esa shuni anglatadiki, biznesni tashkil etishning o'ziga xos shakli sifatidagi "guruhlash" tajribasi iqtisodiyotdagi rasmiy apparat sifatidagi ulkan roli bilan bir qatorda, mamlakat butun iqtisodiy hayotini qat'iy reglamentga solishni shart qilib qo'ydi. Bu esa oqibatda pasaytirilgan xavf darajasiga ega yopiq iqtisodiy tizimning yaratilishiga olib keldi. Bularning barchasi, so'zsiz, bozor munosabatlariga muayyan barqarorlik baxsh etdi, ayni vaqtda esa, raqobat rivojlanishini to'xtatib qo'ygan holda tan lash erkinligini cheklab qo'ydi. Ayniqsa chegaradan tashqarida savdo-sotiq va marketingga boshida turuvchi guruhlarning har biri alohida jahonning eng yirik 500 kompaniyasi qatoridan o'rin olgan bir nechta korporatsiyalarga ham ega. Hozirgi kunda qonunchilik va ish tajribasi banklarning tutgan rolini guruh doiraslda cheklab qo'yadi. Qonun Keyretsuguruhidagl banklarga faqatguruhchegarasida qarz berishni man etadi va guruh tarkibiga kirmagan qarz oluvchilar ham bankdan bir xilda foydalana olishlarini talab etadi. Ayni paytda guruh kompaniyalari borgan sari guruh doirasidan tashqarida moliyalashtirilmoqdalar. Bu ikki o'zgarish xavfnlng mulohazali dlversifikatsiyasinio'zida aks ettiradi. Biroq shunday bo'lsa-da, bankning guruh tarkibidagi roli muhimligicha saqlanmoqda va bu yapon tizimi uchun xos bo'igan zaiflik manbai sifatida tavsiflanadi. Keyretsu konglomerati tarkibidagi vertikal birlashgan va yagona mahsulot Ish lab chiqarishga yo'naltirilgan guruhlar enga'io hisoblanadi. Mamlakatda shu kabi 40 ga yaqin vertikal keyretsu mavjud bo'lib, ularning eng yirigi -avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, tovarlartaqsimoti va moliya sohasida Ishtirok etuvchi "Toyota" (Toyota) guruhidir. Amerika ta'siri ostida, ushbu guruhlarni slndlrish maqsadida qabul qilingan qonuniy tadbirlarga qaramay, mustahkam tijorat aloqalari yapon sanoatida qaytadan yuzaga kela boshladi. Xolding kompaniyalaridan farqliravishda, sho'ba korxonalarini o'z ichiga olgan, masalan dzabaysu bilan bo'iganvoqeadagidek, keyretsu doirasidagi aloqalar nisbatan tanlash va

o'zgaruvchanlik xususiyatlariga ega. Keyretsu tizimi boshqa qator mamlakatlardagi xaridor va ta'minotchi o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ancha yaqin munosabatlarni nazarda tutadi. Munosabatlar uzoq muddatli bo'ladi va ahamiyatli darajada bozorga xos bo'imaydi. "Birlashma"ning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bir-birini yaxshi biladigan hamkorlardan iborat guruhdan tashkil topganligida, uning doirasida o'zaro kelishilgan asosda u yoki bu hamkorning o'zini qanday tutishiga e'tibor shakllanadi. Bu esa bozor mexanizmiga batamom zid, chunki bozorda hamkor shaxsiyatini pisand qilmagan holda, faqat narxlar e'tiborga olinadi. "Birlashmada" qahninsoniy munosabatlar vositasida o'zaro ishonch shakllanadi va hamkorlik munosabatlari yuzaga keladi. Bunda turli sanksiyalarqo'llanishi oqibatida "jentelmenlar"ga xos bo'imagan tarzda o'zini tutganlik uchun pulli javobgarlik oshadi, bu esa axloqiy me'yorlar buzilishining oldini oluvchi qudratli kuch hisoblanadi. O'zaro ishonch va e'timod batafsil tafsilotli shartnomalar o'rnini bosadi (shu orqali yurist-amaliyotchilar xizmatlari uchun xarajatlar tejaladi) va barqaror bog'liqlik va majburiyatlar eng muhim hisoblanadi. Munosabatlarning bunday shakli guruh a'zolari hisoblanmagan, biroq tijorat faoliyatl ular bilan uzviy bog'liq bo'igan ta'minotchi va subpudratchilar uchun ham taalluqli. Yaponiyada bunday firmalar juda ko'p Sunday yaqinlik bir qator ijobiy tomonlarga ega: barqarorlik, muvofiqlik, shuningdek, tizimlarning samaradorligi, masalan, JIT - butlovchilarni o'z vaqtida hisobga olish (Just-In-Timeinventorycontrol: ishlab chiqarish liniyasiga butlovchi qismlarni o'z vaqtida yetkazib berish tizimi, bu omborxonada saqlash xarajatlarini qisqartiradi). Bu o'z navbatida, sifatni muntazam ravishda tekshirib turishni taqozo etadi, chunki oxirgi foydalanuvchi ta'minotchi bilan yaqindan bog'langan bo'ladi. Boshqa tarafdan, tizimning o'ziga xos xarajatlari mavjud, bu esa bozorni muvofiqlashtirish tarafdorlari uchun juda muhim. Yangi ta'minotchi uchun bunday yopiq davraga kirish juda murakkab. Hattoki, mahsulot sifatini yaxshilashga yoki tannarxim pasaytirishga olib keluvchi yangilik ham ishlab chiqarishga darhol tatbiq etilmaydi. Yaqin munosabatlar o'zaro bog'liqlikning yuqori darajasini nazarda tutadi va bir firmaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi boshqa firmaning inqirozga yuz tutishiga sabab bo'lish xavfi juda yuqori. Keyretsu taqsimot tizimi Yaponiya keyretsu guruhi tuzilmasining o'ziga xosligi - bu uning chakanasavdoda kengayishidir. Asosiy ishlab chiqaruvchilar ko'pincha o'z do'konlantarmoqlariga ega bo'ladilar va bu verda faqat ularning ishlab chiqargan mahsulotlari sotiladi Guruhlar ayrim sanoat tarmoqlari bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Masalan. elektronikada "Matsushita" 24 000 do'konga, "Toshiba" -11 000, "Xitachi" - 9 000, "Sanyo" va "Sharp" har biri 5000 tadan va "Soni"-3 000 do'konga ega. Shubhasiz, bunday tuzilma raqobatchilikka qarshi sifatida baholanishi mumkin va bu bozordagi mavjud ulush muvozanatining o'zgarishini juda ham qiyinlashtiradi. Mana shunday to'siqlar tufayli yangi firma va xorijiy Importning bozorga kirishi, ayniqsa qiyin holda kechadi Savdo kompaniyalari Yaponiya iqtisodiy tizimining o'ziga xos va ahamiyatga molik xususiyati - "umumiy, birlashgan savdo kompaniyalari" yoki "sago shosha" ("sagoshosha")larning mavjudligidir. Savdo kompaniyalari Yaponiya iqtisodiyotining o'sishi va rivojlanishida yetakchi vazifani bajaradi va ular bozorga xos bo'imagan iqtisodiy koordinatsiya uchun qudratli kuch hisoblanadi. Savdo kompaniyalari, birinchi navbatda, keyretsu va yapon industrialasosming ko'z va quloqlari hisoblanadi. Ular bozor talabini aniqlash va sotish, kapital qo'yilma va xom ashyo uchun keng ko'lamii imkoniyatlarni izlashda hammasidan ham ko'proqma'iumotiarga ega bo'ladilar Ular shuningdek, yangi tovarlar ish labchiqarish uchun qo'shma korxonalarni shakllantirish maqsadida kompaniyalarni tashkil qiladilar. Boshqa so'z bilan aytsak, ular bozordagi ahvolni (konyunkturani) o'rganadilar, dunyoga "tuynuk" ochadilar, kelajak imkoniyatlari haqida fikr bildiradilar va guruhdan tashqarida koordinatsiyani ta'minlaydilar.


Download 37,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish