Yapon yurisprudensiya sohasiga oid terminlarning lingvokulturologik xususiyatlarining tahlili



Download 123,55 Kb.
bet4/5
Sana27.04.2023
Hajmi123,55 Kb.
#932538
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yapon yurisprudensiya sohasiga oid terminlarning lingvokulturolo

Olinma soʻzlar -借用語 (shakuyougo)

Olinma soʻzlar kundalik hayotdagi soʻzlar bilan shaklan bir xil, lekin yuridik terminlarda boshqa ma’noda qoʻllanuvchi soʻzlardir.
Yaxshi niyat va yomon niyat –善意と悪意 (zeni to akui)
Huquq olamida ezgu niyat bu bor haqiqatni bilmaslikdir. Yovuzlik esa bor haqiqatni biladi. Misol uchun, aytaylik, doʻstingizdan olgan soatni aslida doʻstingizning ukasiniki ekanligini bilmay ishlatib yurdingiz. Qonun koʻra bilmaslik善意(zeni) yaxshi niyatda beparvoliksizlikka olinib, uni qaytarib berishingiz shart emas boʻladi. Boshqa tomondan , agar siz buni bilsangiz va undan foydalansangiz bu悪意 (akui) yomon niyat hisoblanib, uni doʻstingizning ukase qaytarishingiz kerak boʻladi.
Shunday qilib, yuridik terminlardagi yaxshi niyat va yomon niyat ma’naviy qadryatlarni oʻz ichiga olmaydi. Bu faqat bilish yoki bilmaslik masalasidir.

  • Omonim soʻzlar –同音意義語 (douonigigo)

Oʻqilishi bir xil, kanji va ma’nosi turlicha boʻlgan soʻzlardir.
Prokuratura va apellyatsiya –公訴と控訴 (kouso to kouso)
公訴va控訴 soʻzlarining oʻqilishi bir xil, ya’ni ikkisi ham こうそ (kouso) deb oʻqiladi, biroq kanjisi va ma’nosi ikki xil.控訴(kouso) apellyatsiya soʻzini「控訴する」(kousosuru) (apellyatsiyaga berish) kabi fe’l shakliga aylantirish mumkin, 公訴(kouso) –prokuratura soʻzida esa bunday imkon yoʻqligi sabab unga boshqa fe’l biriktirilib 「公訴を提起する」(kouso o teikisuru ) ”jinoiy ish qoʻzg’atish “ kabi fe’l shakli yasaladi.


  1. Sud-huquq terminlarining shakllanishi va qoʻllanilish xususiyatlari

Yapon qonunchiligini lingvistik nuqtai nazardan koʻrib chiqsak, 1868-yil Meiji davridagi Buyuk yapon imperatorlik konstitutsiyasining oʻrnatilishi uchun boshlang’ich nuqta deyish mumkin. Bu vaqt ichida Yaponiya fransuz va nemis qonunlarini, xususan,fuqarolik kodeksini tezda qabul qildi. Aynan oʻsha paytda Yaponiyda mavjud boʻlmagan yangi tushunchalar Yevropadan kirib kelgan edi. Yuridik terminlarni tarjima qilishda qiyinchiliklar yuzaga keldi, chunki yapon tilida fuqarolik huquqi, “shaxsiy qonun ” va hatto “huquqlar” kabi soʻzlarning konseptual asoslari yoʻq edi. An’anaviy soʻzlardan yangi tushunchalarni ishlab chiqiqsh deyarli mumkin emas edi. Yapon lug’atidagi soʻzlar hozirgi zamon uchun mos boʻlgan terminologiyada sust edi. Bundan tashqari, yapon xalqida Yevropaning ratsionalizmi va xristianlik asoslangan tushuncha yoʻq edi. Shu sababli, hatto Yaponiyada ingliz tilini rasmiy ikkinchi til sifatida qabul qilish haqida ham fikrlar bor edi. Ushbu fikrga qarshi ma’rifatshunos olim Yukiti Fukuzawa yapon tiliga toʻg’ri keladigan, kerakli yangi iboralarni shlab chiqiqshni talab qildi va bu yuridik olimlarga muvaffaqiyat keltirdi.
Meiji davrida tarjima qilish uchun olingan terminlar 「明治語」(meijogo)-meiji soʻzlari deyiladi. Bu paytda olingan soʻzlar nemis, fransuz yoki golland soʻzlari boʻlishi mumkin degan taxmin bor. Masalan, Yaponiyada “fuqarolik huquqi” tushunchasi fransuz qonunlaridan qabul qilingan, ammo 「民法」(minpou)-atamasining tarjimasi fransuz qonuni Yaponiyada qoʻllanilishidan oldin asl gollandcha soʻz sifatida mavjud boʻlgan. Fuqarolik huquqi bilan bir qatorda, ushbu davrda qonunni tarjima qilish uchun maxsus yaratilgan terminlarning aksariyati xitoycha belgilar (kanji) dan iborat. Buning birinchi sababi, shundaki, Yaponiyada olib borilgan ishlar har doim sof yapon tilida emas, balki yaponlashgan xitoylar bilan olib borilgan va Meiji davridagi yangi fikrlar huddi shu usul bilan olib kirilgan. Ikkinchi sabab, mavhum tushunchalarni ikki yoki uchta kanji qoʻshilishi bilan ifodalash mumkin edi va shu tarzda shakllangan otdan fe’l yoki sifat yasash juda oson edi. Boshqacha qilib aytganda, xitoycha belgilar juda boy soʻzlarni yaratish imkoniyatiga ega edilar va aytish mumkinki, yaponiyaliklar tarixan yangi soʻzlarni soʻz shakllarini anglatuvchi belgilar orqali tasvirlab berganlar.

Download 123,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish