E’tiborga molik jihati: nonni e’zozlash,
kattalar mehnatini hurmat qilishga o’rgatish.
Lug’atni boyitish.
Til va nutq markazi
Non haqida hikoya va suhbat
Maqsad: bolalar bug’doy, tegirmon, un, unning
kelib chiqishi haqida tushuncha va tasavvurlarga ega bo’ladilar. Non mahsulotlarining turlarini
ajrata oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: likopchada
bug’doy, tarik urug’lari va un, nonning turlari, o’stirilgan bug’doy, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. «Non qayyerdan keldi?» filmi (slayd)ni
tomosha qilish.
2. Bolalarni urug’lar bilan tanishtirish.
3. «Non va suv doimo aziz» ta’limiy o’yin.
4. Nonning tayyorlanishi tasvirlangan
rasmga qarab hikoya tuzish.
Qo’shimcha: undan tayyorlangan mahsulotlarni
tomosha qilish.
E’tiborga molik jihati: rasmga qarab hikoya tuzish, bolalarning nonga bo’lgan hurmatini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |