Turli o’yin harakatlari orqali o’yin syujeti va mazmunini boyitish. O’yin jarayonida turli kasb egalarining mehnat harakatlarini tasvirlash, o’zaro harakatga kirishish. O’yin jarayonida bolalar o’rtasida o’zaro do’stlik munosabatlarini tarbiyalash. O’yin jarayonida rollarni almashtirish, muloqot qilish, o’zaro yordam berish.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, kattalar mehnatiga hurmatni oshirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalarida o’zini tuta bilish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hayoti haqida gapirib berishni o’rgatish, mantiqiy fikrlashni kengaytirish.