«yangiyul poligraph service»


Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam,
Odam mehnati bilan.
Bozordan bir narsa ol: 
ham o‘zing ye, ham tovug‘ing 
yesin, ham moling yesin.
http://eduportal.uz


26
MO‘JIZA
Rahim Bekniyoz
O‘lib tirilgan, ya’ni avvalo o‘lib, so‘ngra tirilgan qu-
yonni ko‘rganmisiz? Albatta, ko‘rgan emassiz bunday 
«mo‘jiza»ni.
Men-chi? Ko‘rdim ham gapmi? Xo‘p dog‘da qoldirib 
ketgan kaminalarini shalpangquloq, desangiz. Shuning 
uchun hech vaqt esimdan chiqmaydi bu voqea.
Quyonlar serob kuz yemishlaridan semirib, rosa 
jir boylagan paytda ovga chiqdim. Velosipedimni ta-
nish cho‘pon qo‘rasida qoldirdim-da, miltiqni kiftimga 
ilib, ro‘parada ko‘rinib turgan qamishzor tomon ket
-
dim. Mo‘ljallab chiqqan «ovxonam» o‘sha. Men o‘tib 
borayotgan dala bu yil to‘qaydan yangi ochilib ekilga
-
ni uchun paxta bitmagan, boriyam barvaqt yig‘ib-terib 
olingan, endilikda unda g‘o‘zadan ko‘ra yaxshiroq ye
-
tilgan yovvoyi o‘t-xashaklar oyoq ostida qovjirab yotar
-
di. Bunday sero‘t maydonda quyon o‘tlashini bilardim, 
lekin yotoq qiladi, deb o‘ylamagan edim. Qarasam, 
mendan atigi uch qadam narida shalpangquloqlarini kif
-
tiga bosgan holda, ko‘rpaday ajriqqa burkanib, bema
-
lol uxlab yotibdi u. Qo‘llarim beixtiyor miltiqqa yugurdi. 
«Yotgan joyida otaveraymi yoki qochirib otsammikin?» 
Miyamda yilt etgan bu savolga javob pishib yetilmay, 
miltiqning tepkisini bosganimni bilmay qoldim. O‘q qu
-
yondan bir qarich nariga tegib, yerni o‘pirib yubordi. 
Quyon seskanib boshini ko‘tardi-yu, badani dir-dir tit
-
rab, joyidan qo‘zg‘almadi.
Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib o‘rni
-
dan turdi. Biroq gandiraklab kelib, o‘zini oyoqlarim osti
-
http://eduportal.uz


27
ga urdi. Oyog‘im bilan bosib olgach, yana hayron qol
-
dim.
Biron yerida o‘q izi ham, tiriklik alomati ham ko‘rin
-
masdi. Qo‘limga olga nimda, u shalpayib qolgandi. 
G‘alati o‘ljani xaltamga joylab, qamishzor sari ravo
-
na bo‘ldim. U yerda chiy qamish o‘rib yurgan cholga 
ro‘para keldim.
— Charchagandirsiz, ukam. Ke ling endi, birpas o‘ti
-
rib, nafas rostlang, — deb taklif qildi u. Xaltani yel
-
kamdan olib, yerga qo‘ydim-da, o‘rilgan qamish ustiga 
o‘tirdim.
Chol xurjunni ochib oldimga dasturxon yoydi, qovun 
so‘ydi. Dasturxon atrofida gurung quyuqlashdi. Chol 
ham yoshligida ovchilik qilgan ekan.
http://eduportal.uz


28
— U zamonlar ovchilik alomat edi, ukam. Shu 
desangiz, bir safar... 
Chol birdan hikoyasini kesib, ko‘zlari olazarak bo‘ldi-
yu, apil-tapil yonimda yotgan miltiqqa intildi:
— Quyon! Quyon qochdi!
O‘rnimdan sakrab turib miltiqni qo‘limga oldim. Bi
-
roq kechikkan edim. Quyon yilt etib o‘zini qamishzorga 
urib ketganini ko‘rib qoldim, xolos.
Xaltangizdan chiqib qochdi, chamamda.
Ha, xaltam bo‘m-bo‘sh, og‘zi ochiq yotardi. Quyon
-
ning bu qilmishi meni battar tang qoldirdi.
— Bir gal menam shunday bo‘lganman, — deb 
miyig‘ida jilmayib hikoya qila ketdi chol. — Quyonni 
otgach, so‘ygin, deb yo‘ldoshimga uzatdim.
U bir qo‘li bilan pichog‘ini qinidan sug‘urishga tutin
-
di. Shu topda birdan quyonga jon kirsa bo‘ladimi? Ha, 
xoh ishoning, xoh ishonmang, o‘lik quyonga jon kirdi! 
Jon-jahdi bilan tipirchilab, bir harakat qildi — quyonni 
qo‘lidan qo‘yvordi boyagi sherigim.
Quyonning ikkala orqa oyog‘ida bir arslonning kuchi 
bor, deyishadi. O‘shanday oyoqlar sharofati bilan ars-
londan ham qochib qutuladi, jonivor. Bizam o‘shanda 
sizga o‘xshab orqasidan serrayib qolaverganmiz.
Keksa ovchining hikoyasi taskin berdi dilimga. Qu-
yon otgan o‘qimdan faqat behush bo‘lib, xaltada hushi
-
ga kelganini payqadim.
1. Kuzda quyonlar nima uchun semiradi?
2. Ovchi quyonni qanday qilib tutib oldi?
3. Keksa ovchi yoshligida bo‘lgan voqea haqida nima
-
larni gapirib berdi?
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish