«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

31
ALISHERNING YOSHLIGI
Oybek
G‘iyosiddin Kichkina bog‘da bir bek bilan oyoq us
-
tida turib suhbat qurar edi. Ali sher sevinib, otasi ol
-
diga yugurdi, bo‘ynidan quchib o‘pdi-da, chetda turgan 
onasi oldiga yugurdi, birga ko‘chaga chiqib ketdilar.
— O‘g‘il chakki emas, tiyrak, begona ko‘zdan as
-
rasin! — dedi zimdan bolani ta’qib qilib turgan bek.
G‘iyosiddin Kichkina kamtarona ohangda:
— Ilohim, mulla bo‘lsin, zehni yaxshi, — dedi. 
So‘ng o‘zi ham ichida: «Ha, Tangrim yomon ko‘zdan 
asrasin», — deb qo‘ydi.
Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan hovlida 
soqqa o‘ynardi. Bolalarning ustida malla yoqa bo‘z 
ko‘ylak, boshlarida kir oq takya, oyoqlari yalang. Ali-
sher ham xiyla uringan, eskirgan etiklarini yechib, 
devor tagiga tashlagan edi. Soqqalarni uzoqqa uloq-
tirib, keyin halloslab yugurdilar. Alisher harakatchan
yugurik, soqqa ortidan chopganida o‘rtoqlaridan qo
-
lishmaydi.
O‘yindan zerikkach, soqqalarni yig‘ishtirib, devor 
soyasida bir lahza cho‘qqayib o‘tirdilar. Shu tobda 
daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hid
-
ladi, erkalanib surkaldi. Alisher kiyikning bo‘ynidan 
quchib, boshini silab ulgurmagan ediki, jonivor bir 
zumda yo‘q bo‘ldi.
— Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b o‘rgatibsan 
o‘zingga, — dedi bolalardan biri.
— Rost, qoyilman! — deya ma’qulladi zavq bilan 
ik kinchi bola.
http://eduportal.uz


32
— Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb dashtdan olib kel
-
gan edilar. U kishi usta merganlar. Hayvonlarning, 
ayniqsa, kiyiklarning xulq-atvori, qiliqlari haqida maroq 
bilan hikoya boshlasalar, kulli jahonni unutib yuboray 
deyman. 
To‘satdan yana paydo bo‘l gan kiyik halloslagancha 
Ali sherning pinjiga bosh suqdi. Sevinib ketgan Ali-
sher:
— Mu-mu, birpasgina jim tur, — dedi kiyikni erkalab.
— Pok, ozoda, ajoyib, suluv jonivor, — dedi 
zavq bilan tomosha qilgan bola.
— Katta bo‘lganimda ovchi bo‘lgumdir, tog‘larda 
merganlik qilishning kayfi zo‘r, — dedi kiyik ketgan 
tomonga tikilganicha ikkinchi bola.
— Bizning vatanimiz Hirot o‘lkasi jannatmakon 
desak lof bo‘lmas, do‘stlarim, — dedi Alisher cho‘p 
bilan yerga nelardir chizgan holda, boshini ko‘tarmas
-
dan. — Meningcha, bo‘ri, yo‘lbars yanglig‘ vahshiy 
hayvonlarni ov qilmoq ma’qul. Kiyikday beozor max
-
luq, fahmimcha, dunyoda kamdur deyman.
— Qiyofasining suluvligini qaranglar! Go‘shti ham 
lazzatlidir-a? — dedi qoracha bola, soqqalarini sanay 
turib. 
— Ov qilmoq, merganlik — ermak narsa, lekin 
eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirla
-
rini maktab o‘rgatadi. 
Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, 
bir on jim qolgan bolalarning kattarog‘i:
— Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? — deb so‘ra
-
di Alisherga tik qarab.
http://eduportal.uz


33
— Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor 
bo‘lmaydi», — deydilar. Otamning oldiga olim odam
-
lar ko‘p keladi, turli gap-so‘z, ajoyib g‘azallarni bir 
chetda o‘ltirib tinglaymen, o‘zim ham xiylagina g‘azal
-
larni yod bilurmen...
Alisher yaqinda maktabga borajagini, otasi ko‘pdan 
va’da qilib yurganini aytmoqchi edi, lekin aytmadi.
1. Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqida suhbatlashdi?
2. U o‘rtoqlarining ov qilish to‘g‘risidagi fikrlarini nima uchun 
ma’qullamaydi?
3. Alisher «turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘rgatadi», 
deganida nimalarni nazarda tutadi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish