«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

29
OLTIN KUZ
Abdurahmon Akbar
Shamol yelib, kechki payt
Bo‘ri bo‘lib uvladi.
Bulutlarni oldiga
Solib rosa quvladi.
O‘rinlariga yotgan
Kichkintoylar uxlolmay,
Pichirlashib so‘zlashdi
Derazadan ko‘z olmay:
– Qo‘rqib ketyapman juda, –
Dedi qaltirab Omon.
– Vahimasini qarang,
Shamol namuncha yomon.
– Qo‘rqib ketyapman, aka, –
Dedi baqaloq To‘lab.
– Qayerda non yopamiz
…Shu tandir tushsa qulab?
Shoira ham boshini
Ko‘rpaga burkab, cho‘chib,
Astagina shivirlar:
– Chiroq qolibdi o‘chib…
Bir-biriga jajjilar
Shunday yurak yorishar.
Allamahalga borib
Pish-pish uxlab qolishar.
Tursalar sahar payti
Havo ochiq, charog‘on.
Yomg‘ir, yeldan darak yo‘q,
Tom omon, tandir omon.
Shamolvoy uzr aytib,
Deganday bo‘lmang qo‘rqoq,
Qoqib ketibdi bog‘da
Bolajonlarga yong‘oq…
1. Shoir she’rda shamolni nimalarga o‘xshatadi?
2. Shamolvoy nima uchun uzr aytadi?
3. «Shamol» so‘zining ma’nodoshlarini toping.
Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Kuzni nima uchun «Saxovatli fasl», «Oltin kuz» deb ataymiz?
2. Kuzda tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ayting. Bog‘larning 
zar libos kiyishini qanday tushunasiz?
3. Kuzda nima uchun dalalar shudgor qilinadi?
4. Kuzda turnalarning janub tomonga yo‘l olishini nimaga 
o‘xshatish mumkin?
5. Qaysi mevalar yozda, qaysilari kuzda pishadi? Sab-
zavot va poliz ekinlari-chi?
http://eduportal.uz


30
ILM DARGOHI MAKTAB, UNING KALITI KITOB
MARDLIK VA AQL YORUG‘LIGI
Miraziz A’zam
Bir gapim bor, ukajon,
Diqqat bilan quloq sol.
Aytsam, o‘gitga o‘xshar,
Aytmasam, lekin uvol.
Bir o‘g‘lonning shu gapi
Ko‘nglimga og‘ir tegdi:
«O‘g‘il bolaga ilm
Juda zarurmi? — deydi.
— O‘g‘il bola pahlavon,
Kuchga to‘la, zo‘r bo‘lsin.
Marddek tursin maydonda,
Yuragida qo‘r bo‘lsin».
Bu gapi-ku yomonmas,
Hamma mard bo‘lsa qani!
Bilimga oid gapi
O‘ylatib qo‘ydi mani.
Aqlni faqat ilm
Yorug‘ qilar, ukajon.
Yorug‘ aql Vatanni
Olg‘a boshlar begumon.
O‘g‘ilga mardlik kerak,
Ilm ham kerak tayin.
Ilmsiz mardning esa
Holiga yig‘lar maymun.
She’rni ifodali o‘qing va yod oling. «Ilm», «mardlik», 
«aql» so‘zlarini izohlang.
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish