"Odamga vahshiy muomala va munosabat u erkak bo’ladimi yoki ayol, insoniylik qiyofasidan chiqarib qo’yadi…"



Download 20,15 Kb.
Sana15.02.2022
Hajmi20,15 Kb.
#449588
Bog'liq
Kitob haqida


“Odamga vahshiy muomala va munosabat u erkak bo’ladimi yoki ayol, insoniylik qiyofasidan chiqarib qo’yadi…”
Baxtiyor Abdug’ofur “Uzbechka” yoxud snayper qiz haqida qissa” asaridan
Kitob mutolaasi- insonni ruhan oziqlantiradi, uning botinini boyitadi. Mutolaga muhabbat qo’ygan insonning qalbida ezgulik deb atalmish ma’rifat shu’lasi porlaydi. Bejiz rus adabiyotining yirik namoyondasi Anton Pavlovich Chexov “Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi” demagan edi. Metro, avtobus kabi jamoat transportlaridan foydalanish chog’ida tirbandlik va noqulayliklarga qaramay kitobining sahifalarini yopishni istamayotgan yo’lovchilarni ko’rib ich-ichimdan sevinaman. Oramizda hali-hamon kitobga umrining zarhal soatlarini bag’ishlayotgan insonlarning borligiga ishonchim bir qur ortadi. Ayniqsa, XXI asr insoniyat hayotidagi ko’plab mashg’ulotlarni texnika, kompyuterlar bajarayotgan bir vaqtda zamona yoshlarining kitob bilan do’st tutinib kelayotgani mamlakatimizning yorqin kelajagiga umid bog’lashga undaydi.
Kitob mutolaasi ma’naviy yetuklik kalitidir. Ma’nan yetuk bo’lgan jamkiyatdan esa bad g’oyalar tug’ilmaydi. Shu sababdan ham yurtimizda oxirgi yillarda kitobxonlikka, kitobxonlikni rivojlantirishga, o’sib kelayotgan yosh avlod orasida mutolaa zavqini oshirish va ularni munosib rag’batlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtboshimiz muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “ Odamlarning ong-u tafakkuri, dunyoqarashini o’zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish vositasi-bu kitob. Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi. Kitob o’qimagan odamningham, millatning ham kelajagi yo’q”, degan fikrlari so’zlarimizning yorqin dalilidir.
Bu borada nashriyotlar tomonidan ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar tarbiyasiga, shuuriga, kamolotiga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi, dasturulamal bo’lib xizmat qiluvchi kitoblar bosmadan chiqarilmoqda. Ana shulardan biri yosh umidli yozuvchi Baxtiyor Abdug’afurovning “Uzbechka” yoxud snayper qiz haqida qissa” asaridir. “Sulton Jaloliddin Manguberdi” nomli ijod mahsuli bilan ko’plab kitobxonlar mehriga sazovor bo’lgan adibning ushbu asari Ikkinchi Jahon urushida jasorat ko’rsatgan, “Uzbechka” nomi bilan mashhur bo’lgan oddiy o’zbek qizi-Jamila Qodirova hayoti, umr yo’llari va ayanchli taqdiridan hikoya qiladi.
Muallif o’z asari haqida “…bu qahramonlik haqida emas”, deb ta’kidlaydi. Ha, chindan-da bu kitob qahramonlik haqida emas, bu haqiqat haqida, insonning matonati, insonning insoniyligi haqida, odam bolasining tubanligi-yu , inson atalmish ulug’ nomga arzimas ayrimlarning “jasoratlari” haqida. Mutolaa davomida voqealarning har soniyasida yashayotgandik his qildim o’zimni. Muallif tanlagan Jamila , mayor Gromov, Yekaterina Frolova, Aron Moisovich, general Novgorodov kabi obrazlar Yer yuzidagi kishilar shaxsiyatida mavjud bo’lgan turli fazilatlar bilan bir qatorda ularning nuqsonlarini ham gavdalantirib beradi. Shu o’rinda mehrimning tahsinlariga sazovor bo’lgan bosh qahramonga biroz to’xtalsam.
Jamila-taqdirning taxirliklariga chidab kelayotgan yetim qiz. Yosh va qiz bola bo’lishiga qaramasdan tuhmatlar sabab ne-ne mardlarni yer tishlatgan shafqatsiz urush o’chog’iga otlanadi, to’g’rirog’i, qochib ketadi. Taqdir taqozosi bilan snayperga aylanadi. Ha, snayper, snayper o’zbek qizi. Nemis fashistlarini zir titratgan, hatto Abverning ko’ngliga g’ulg’ula solgan o’sha “Uzbechka”. Qiyinchiliklar tazyiqi ostidan Jamilaga o’lim nafasi ufurib turgan mako panoh bo’ladi. Mustahkam irodasi,sobit matonati, pokiza muhabbati, sof vijdoni, sabri dovyurakligi sabab mohir snayperlar, muhim operatsiyalar orasidan joy oladi.
Biroq taqdirning bu qizga tayyorlagan zaqqumlari hali tugamagan edi. Ne-ne o’limlarni yenggan, hayoti xavf ostida qolganida ha sotqinlik qilmagan, hech bir g’arazsiz, mukofot-u medallarga ko’z tikib emas, faqatgina insonlar ozodligi uchun kurashgan “Uzbechka” nihoyat Berlin ostonalarida g’alabaga yetay deganida bo’xtonlar tufayli o’zinikilar tomonidan turmaga tiqiladi. Nemis o’qi yarador qilolomagan qiz o’zi xizmat qilgan tomondagilar qo’lida kaltaklanadi, oqsoq qilinadi. Ammo shuncha ko’rgiliklarga qaramay Jamilaning noligani, taqdirga g’alayoni, dardini doston qilgani asarning biror yerida uchramaydi. Aynan mana shu jihatda uning o’zbek ayoliga xos chidam-bardoshi, ayolliki jasorati namoyon bo’ladi. Shu sababdan ham Jamila barcha millat qizlariga o’rnak qilib ko’rsatishga arziydi. Nafaqat qizlar, balki butun yoshlar o’rganishi, ta’lim olishi kmerak bo’lgan xulosalar, voqealar, qahramonlar bor bu kitobda.
Insonlar osoyishtaligi, xalqlar tinchligi oldida har bir yigit-u qizning mas’ul ekanligi, vaqti kelganida jonini tikib bo’lsa-da farovonlik uchun kurashishga shay turishi kerakligi ham yirik bo’yoqlarda ifodasini topgan.
Bir sifatida ushbu asarni o’qishni tavsiya qilaman barchaga. O’qing deyman, albatta, o’qing! Mayor Gromov kabi jirkanch, o’z qabihliklari yo’lida hech ishdan qaytmaydigan nomard kimsalar haqida o’qing! Matviy ota, Klavdiya Filipovnalarday bag’rikeng, oqko’ngil insonlar, mehr, muruvvat, ko’mak kabi tushunchalarning millat tanlamasligi haqida o’qing! General Novgorodov singari haqiqat tarafidagi kishilar haqida o’qing! Vatan ozodligi uchun fashistga qarshi kurashgan, xavfni pisanda qilmagan, shonli kunlarga yetib keldim deganida o’z safdoshlari tomonidan otib tashlangan Yekaterina Froleva kabi qahramonlar haqida o’qing!
Kitobga mehr berganingiz, o’qiganingiz sayin uni yanada yaxshi anglay boshlaysiz. Zero, mutolaa – bu muloqotdir. Yaxshi muloqot esa kishini ma’rifat va kamolot eshiklari tomon yetaklaydi. Kitoblar siz bilan muloqot qilishga, do’st tutinishga hamishaq tayyor. Faqat siz ham tayyor bo’lsangiz bo’lgani. O’qing, ittifoqo, har qalbning, har aqlning o’z tarozisi border.
Download 20,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish