«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

DONISHMAND USTOZ
Abu Ali ibn Sinoning qo‘lida ta’lim olish, unga shogird 
bo‘lish benazir sharaf sanalardi. Kunlardan bir kun ikki 
ota — biri katta boy, ikkinchisi kambag‘al odam o‘g‘illa
-
rini Abu Ali ibn Sinoga shogirdlikka bermoqchi bo‘lishdi.
— Ey, ulug‘ tabib, huzuringizga bolalarimizni olib 
keldik. Ularni tarbiyangizga olib, shogirdlikka qabul qil
-
sangiz. Zora, sizga o‘xshab tabib bo‘lib yetishsalar, — 
deyishibdi.
Ibn Sino rozilik bildirib, ularni sinab ко‘rib, shogird
-
likka olishini aytibdi. Ibn Sino, odatda, kim shogird 
tushmoqchi bo‘lsa, oldin sinovdan o‘tkazar, so‘ng tabib
-
lik ilmini o‘rgatar edi.
— Bolalarim, — dedi ulug‘ hakim kelgan yigitchalarga 
qarab. — Tog‘-u toshlarni kezing, cho‘l-u biyobonlar ora
-
lang. Har biringiz ming donadan o‘t-giyoh terib kelingiz...
http://eduportal.uz


51
Ibn Sino shunday dedi-da, har birining qo‘liga xal
-
ta tutqazdi. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bolalardan biri 
kelib, yig‘gan giyohlarini Abu Ali ibn Sinoning oldiga 
to‘kdi. Hammasi shifobaxsh giyohlar edi. Buni ko‘rgan 
Abu Ali ibn Sino quvonib so‘radi:
— Barakalla, o‘g‘lim, eng sara giyohlarni teribsan. 
Endi bir savolimga javob bersang. Qani, ayt-chi, oyoq 
qabarishiga nima davo bo‘ladi?
— Mening tabiblikdan xabarim yo‘q, — debdi bola. 
— Sizga endi shogird tushdim-ku.
Ibn Sino: «Shu o‘n kun orasida nabotot ichida yu
-
rib, tabiblikdan alifni o‘rganmabsanmi, sendan tabib 
emas, olibsotar chiqadi», debdi ko‘nglida. So‘ng ovozini 
chiqarib:
— Senga javob, o‘g‘lim, ketaver. Borib olibsotarga 
shogird bo‘l, — dedi.
http://eduportal.uz


52
Oradan bir kun o‘tgach, kambag‘al kishining o‘g‘li 
kelib, to‘plagan o‘tlarini hakimning oyog‘i ostiga to‘kdi. 
Ibn Sino juda xursand bo‘lib:
— Barakalla, bo‘tam, qani, menga ayt-chi, oyoq qa
-
barganiga nima davo bo‘ladi? — deb so‘radi.
— Yovvoyi rayhon yoxud yalpizni suvda ivitib, ozgina 
toshtuzdan qo‘shib, yuvish kerak, — javob qildi bola.
— Cho‘l-u biyobonda qolding-u, suv topolmading 
deylik, chanqoqlikni nima bilan qondirish mumkin? — 
yana savolga tutdi Abu Ali ibn Sino bolani.
— Yantoqning suvi chanqoqni qondiradi ham dar
-
mon bo‘ladi, — dadil javob berdi bola.
— Rahmat, o‘g‘lim, sen endi menga shogirdgina 
emas, farzand ham bo‘lding!
1. Ibn Sino shogirdlarini qanday sinab ko‘radi?
2. U kambag‘al kishining o‘g‘lini nima uchun shogirdlik
-
ka oladi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish