RANGIN QORLAR
Olloyor
Qadim-qadim zamonda qish paytlari rang-barang qor
-
lar yog‘ar ekan. Ular ba’zan alohida-alohida, ya’ni bir
ko‘chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, yana bir bosh
-
qasiga pushti ranglarda yog‘sa, ba’zan bir joy ning o‘zi
-
ga yetti-sakkiz xili yog‘ib, juda g‘aroyib rang bo‘lar ekan.
Ayoz esa deraza oynalariga rangin naqshlar chizarkan.
Shunday qilib, o‘sha davrlar ham suv day oqib o‘tib ketib
-
di. Keyin-keyin faqat oq qorlar yog‘adigan bo‘libdi.
Odamlar ham oq qorlarga o‘rganib ketishibdi. Ular-
ga qorning oqligi yillar osha tabiiy tuyula boshlabdi.
Endi ular biror narsaning oqligini ta’riflaydigan bo‘lish
-
sa, «qorday oppoq» deb gapirishar ekan.
Nega qorlar faqat oq rangda yog‘adigan bo‘lib qol
-
di? Buning boisini bilish uchun o‘sha qadim zamonlar
haqidagi ertakka quloq solish kerak. Bu ertakda bir
necha ming yilda bir marta bo‘ladigan bo‘yoq bozori
to‘g‘risida so‘z boradi.
Buyuk bo‘yoqchi qirqta qirq quloqli qozonda bo‘yoq
pishirib, xaridor kutib, yo‘l kuzatayotgan mahali olisdan
http://eduportal.uz
58
bir qora ko‘rinibdi. Agar qo‘lni peshanaga so yabon qi
-
lib, yo‘l qaralsa, ushbu yo‘lovchi Bahor ekanligini bilish
mumkin ekan. U tobora shitob bilan yaqinlashib, uning
libosi-yu qiyofasi tiniq ko‘rina boshlabdi. U juda chiroy
-
li qiz ekan: sochlarida kurtak va g‘unchalar bo‘rtib tur
-
ganmish; ko‘ylagining etaklariga binafshalar qadalgan;
moychechaklar chambari kiydirilgan boshi uzra qal
-
dirg‘ochlar charx urib, yelkasiga qo‘ngan sa’va-yu qum-
rilar chax-chaxlab kelayotir.
Bahor bozorga ye tib kelgach, Buyuk bo‘ yoqchiga
ta’zim bajo qilibdi. Buyuk bo‘yoqchi xaridorlarining bi
-
rinchisini bug‘lanib turgan qirq quloqli qozonlar sari
boshlabdi.
— Bahorjon, mana, bu bo‘yoq lardan keragicha ol!
— debdi u.
Bahor esa eng avval yashil bo‘yoq qaynayotgan
qozon yoniga boribdi. Bahor uchun yashil bo‘yoq juda
zarur ekan.
Bahor bo‘yoq bozoridan ko‘ngli to‘lib chiqib ketibdi.
Yoz har mahalgidek mudrab qolgan ekan. Bahor o‘z
aravasida xarid qilgan bo‘yoqlarini ortib, momaqaldiroq-
larni gumburlatib, chaqinlar chaqnatib o‘tgan mahali
Yoz uyqudan uyg‘onib ketibdi-da, erta-indin dalalarda
arpa-bug‘doylar bo‘y berib, bog‘larda olma-o‘riklar ta’m
yig‘ib olishini, ular o‘zining bo‘yoqlar keltirishini kutib,
unga muntazir bo‘lib turishini o‘ylab, bozorga otlanibdi.
Buyuk bo‘yoqchi uni ham rozi qilib jo‘natibdi.
Bo‘yoq bozoriga Kuz kelgan payt ko‘plab qozon
-
lar bo‘shab qolgan ekan. Qozonlardan faqat ikkitasi
— za’far va zarg‘aldoq bo‘yoq qaynayotgan qozonlar
-
http://eduportal.uz
59
da hali ancha bo‘yoq bor ekan. Qolganlarida bo‘yoq-
larning yuqigina bor ekan, xolos. Kuz o‘z tegishi
— za’far rang li bo‘yoqning hammasini olibdi. Qolgan
bo‘yoqlarning yuqini ham qozonlardan qirib olgach, oq
bo‘yoqdan ham oz-moz idishga solib olibdi. Uning ham
tashvishi o‘ziga yarasha ekan. Bog‘-rog‘lar, o‘rmon va
yaylovlar dagi bahor ning yashil bo‘yoqlarini o‘chirib chi
-
qib, ularni za’far, pushti, zarg‘aldoq ranglarga bo‘yab
chiqishi ke rak ekan.
Buyuk bo‘yoqchi bo‘shagan qozonlarini yuvib, ularni
yig‘ishtirayotgan paytda so‘nggi xaridor — Qish ye tib
kelib qarasa, ahvol chatoq. Unga faqat oq bo‘yoq qo
-
libdi.
Bo‘yoqchi yangi bo‘yoqlarni tayyorlaguncha, ming lab
yil kutish kerak ekan. Qish oq bo‘yoqni olib yo‘lga tu-
shar ekan, qolgan fasllardan xafa bo‘lib ketibdi. O‘sha
kundan boshlab Kuz va Bahorning, ilojini topsa, Yoz
-
ning ham bo‘yoqlariga zarar keltirish payida bo‘larkan.
Ayni o‘riklar gullab turgan Bahor paytida, paxta cha
-
man-chaman ochilib, bog‘larda tilladay uzumlar ayni
yetilgan Kuz kunlarida Qish qahrini sochib qolarkan.
Ba’zan esa Yozning saratoniga ham o‘z qori, sovug‘i
bilan suqilib kirarkan.
Odamlar Qish o‘z qilmishidan ko‘p ham o‘kinmasligi,
kelgusi safar bo‘yoq bozoriga o‘z vaqtida borishi uchun
yangi yil bayramlarida archa shoxlariga turli rangdagi
o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, shokilalar osishni odat qi
-
lishibdi.
1. Ertak mazmunini qisqartirib hikoya qiling.
2. Bahor yashil rang tanlashining sababini izohlang.
http://eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |