«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

SASSIQPOPISHAK
Sobit G‘afurov
Dekabr oyi. Qahraton qishning hujumi boshlangan. 
Qor yog‘gan. Sovuq. Katta-kichik ariqlardan tortib katta 
anhorgacha muzlagan.
Ana shunday kunlarning birida ikkinchi sinf o‘qituv chisi 
Nasiba opa o‘z o‘quvchilariga oxirgi darsda topshiriq berdi.
— Bolalar, hammangiz kuzatuv o‘tkazing. Mahal
-
lamiz atrofida qanday qushlar qishda yashar ekan? 
Shularni aniqlab, daftaringizga yozib keling. Ko‘rib 
baho qo‘yaman. Qushlar bizning qanotli do‘stimiz. Qor 
yog‘ganda ularga ancha qiyin bo‘ladi. Hammamiz ana 
shunaqa paytda qushlarga g‘amxo‘rlik qilib, don-dun be
-
rib boqishimiz kerak. Buning evaziga ular bizga sayrab 
berishadi. Yozda turli mayda zararkunanda qurt-qumurs
-
qa, qo‘ng‘iz, chigirtka, kapalak, pashsha singari hasha-
rotlarni yeb, bizga katta yordam beradi. Qushlar — 
bog‘-rog‘larimizning posboni, qo‘riqchilari.
http://eduportal.uz


70
Nasiba opa va’dasiga binoan dam olish kunining er
-
tasiga bolalardan topshiriqni so‘radi.
«Men aytay», degandek bolalarning ko‘pchiligi qo‘l 
ko‘tardi. O‘qituvchi birinchi bo‘lib Muqaddasdan so‘radi.
— Qishda chumchuq, musicha, kaptar kabi qushlar 
yashaydi, — dedi u.
— Yana qanday qushlar? Kim to‘ldiradi? 
Abdurahmon o‘rnidan turib: «Tovuq, xo‘roz, bedana» 
desa bo‘ladimi?..
Hamma bolalar gur etib kulib yuborishdi. Ularga 
qo‘shilib Nasiba opa ham kuldi. Abdurahmon o‘ylamas
-
dan gapirib yuborganidan izza bo‘ldi.
— Tovuq, xo‘roz — uy parrandasi. Ular doim uyda 
— katakda yashashadi. Bedana ham issiq mamla
-
katlarga uchib ketadi. Faqat qafasdagilari qoladi, — 
tushun tirdi o‘qituvchi.
Navbat aka-singil Hasan-Zuhralarga keldi. 
— Qirg‘ovul, kaklik kabi qushlar shaharda bo‘lmaydi. 
Ular ko‘pincha tog‘, adirlarda, katta cho‘l va o‘rmonlar
-
da bo‘ladi.
Hasan atigi bitta qushning nomini aytib, katta bahs-
ga sabab bo‘ldi. Negaki, sassiqpopishakning qishda 
qishlab qolishiga hech kim ishonmadi-da. Hatto Nasiba 
opa ham inkor etdi. 
— Nega ishonmaysiz? Kecha men o‘z ko‘zim bilan 
sassiqpopishakni ko‘rdim. Ko‘rmasam, aytarmidim? — 
dedi o‘zining haqligini isbotlamoqchi bo‘lib Hasan. 
— Xo‘p, mayli, — dedi o‘qituvchi, — darsdan so‘ng 
o‘sha joyni ko‘rsatasan.
Darsdan so‘ng Hasan bir guruh bolalar bilan o‘qi
-
tuvchisini mahalla choyxonasi yoniga boshlab keldi va 
sassiqpopishakning qayerda yashashini ko‘rsatdi. Lekin 
http://eduportal.uz


71
hadeganda qush ko‘rinmadi. Bolalar xiylagina kutishdi. 
Keyin zerika boshlashdi. 
— Yozda ko‘rgandirsan, — dedi o‘rtoqlaridan biri.
— Ketdik. Hasan bizni aldayapti, — dedi boshqasi. 
Hasan oyog‘i kuygan tovuqday tipirchilab:
— Og‘aynilar, biroz sabr qiling. Hozir u inidan chi
-
qib qoladi. O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Axir men 
yolg‘onchi bo‘lib qolmay, — dedi yalinib. 
Shu payt zarg‘aldoq shaftoliday olachipor, uzun tum
-
shuq sassiqpopishak allaqayerdan uchib kelib, bo‘g‘ot
-
ga qo‘ndi. Boshidagi chiroyli yig‘ma yelpig‘ichsimon tojini 
darrov yig‘ib olganini hamma ko‘rdi. Sassiqpopishak u 
yoq-bu yoqqa bir qarab, bo‘g‘ot kavagiga kirib ketdi. 
— Yasha Hasan! Sen ko‘rib, kuzatib aytgan ekan
-
san. Biz senga ishonmay yanglishibmiz. Bizni kechir, — 
deyishdi o‘rtoqlari.
1. Nasiba opa o‘quvchilariga qanday topshiriq berdi?
2. Nima uchun bolalar Abdurahmonning gapidan kulishdi?
3. «Qahraton qishning hujumi» iborasining ma’nosini 
izohlang.
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish