«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

YAXSHI NIYAT
Habib Rahmat
Bir kun oʻgʻlim soʻrab qoldi:
— Bobolarim boʻlganmi?
Bor boʻlsalar qani ular,
Elga xizmat qilganmi?
Nе dеyishga qoldim hayron,
Boʻlmasdi shu turishda:
— Katta bobong shahid boʻlgan 
Tengsiz jangda, urushda!
«Urush» soʻzin eshitdi-yu,
Oʻgʻlim birdan oʻzgardi.
Koʻzlarida gʻazab chaqnab
Bir nimalar soʻzlardi.
— Urush muncha yomon ekan,
Oʻylab topgan kim buni? 
Yalmogʻizdan battar ekan 
Odam, olam dushmani.
Mеhr bilan tikildim shod 
Shu murgʻak polaponga. 
Hayajondan oʻgʻilchamni
Dast koʻtardim osmonga.
http://eduportal.uz


145
— Sеning jajji yuragingda
Olam orzu ovozi. 
Yaxshi niyat oʻlmaydi hеch
Yuksak boʻlur parvozi.
Oʻgʻlim xursand soʻzlar shodon: 
— Yaxshi niyat oʻlmaydi!
Yashasin-ay, 
Yashasin-ay, 
Endi urush boʻlmaydi!
1. Shoir «yaxshi niyat» deganida nimani nazarda tutadi?
2. Jahon xalqlarining ezgu niyati nima deb o‘ylaysiz?
SHOIRA
Hakim Nazir
Shoiraning darsxonasida... chetlariga alvon hoshiya 
tortig‘liq sariq qog‘ozlar osib qo‘yilgan. Bular maqtov 
yorliqlari.
Nima bo‘ldi-yu, keyingi paytda Shoiraning bahosi sal 
pasaydi. Oyi si Habiba opa bundan tashvishga tushdi. 
Oldinlari ham u qizi ning o‘qishini ko‘p o‘ylar, maktab
-
dan tez-tez xabar olar, qizim darsiga qaray qolsin deb, 
uy yumushlariga ko‘pda alahsitmasdi. Shoira ikki fandan 
uch, to‘rt baho olib kelgan kuni Habiba opa unga dedi:
— Endi, qizim, hamma ishdan butkul ozodsan. 
Maktabdan tashqari vaqtlar u yoq-bu yoqqa borishni 
ham qo‘y. Faqat dar singga qara. 
Shoiraning dami ichiga tushdi. Qutbinikiga qandoq 
qilib borishni o‘yladi. «Ha, bo‘ldi, oyim yo‘g‘ida bora
-
man», — dedi ichida. Ertasiga o‘qishdan keyin, oyisi 
ishdaligida Qutbinikiga borib keldi. Indiniga ham shun
-
day qildi. Ammo tezda bu sir ochildi.
http://eduportal.uz


146
Habiba opa bir kuni nima ham bo‘lib fabrikadan erta 
qaytdi. Qarasa, eshik qulf. Yon qo‘shnilardan so‘rasa, bi
-
lishmadi. Balki Qutbinikiga ketdimikin? Qutbiniki qayerda?
Habiba opa aniq bilmasdi. Avval maktabga borib
Qutbilar turadigan yangi uy manzilini aniqlab oldi-da, 
qo‘shni binoga qarab ketdi. Qutbilarning uyini top
-
di. Eshikdan kirarkan, hang-u mang bo‘lib qoldi: egni
-
da fartuk tutgan Shoira terlab-pishib kir chayib turib
-
di. Qutbi kirlarni ayvondagi arg‘amchiga yoyyapti, bir 
to‘da bolalar esa katta xonada chug‘urchiqday g‘ujg‘on 
o‘ynayapti...
Habiba opa birpas baqraygancha qarab qolgach:
— Voy, uyni yolg‘iz tashlab bu yoqda... nima 
qilyap san? — dedi Shoiraga.
Shoira bir zum dong qotib turdi, keyin oyisiga yer 
tagidan qarab:
— Siz... ishdan qaytguncha... — dedi-yu, u yog‘ini 
aytolmadi.
Shu chog‘ Habiba opaning ko‘zi ro‘paradagi xonada 
cho‘zilib yotgan kampirga tushdi, unga yaqinlashib sa
-
lomlashdi. Afti burishgan-qurishgan kampir arang qaddi
-
ni ko‘tarib o‘tirdi-da, inqillagan ovozda:
— Iloyo baraka topsin, qizingiz. Chaqqongina-lochin
-
gina ekan. O‘rtog‘iga mehribonlik qilib, og‘irimizni yen
-
gillatyapti. Umri uzoq bo‘lsin. Siz ham maqsadingizga 
ye ting, bolalaringizning rohatini ko‘ring, — deb qaltira
-
gan qo‘llarini yuziga surtdi.
Habiba opa hech narsa tushunolmasayam hayronli-
gini yashirdi, kampirdan hol-ahvol so‘radi. Kampir ko‘ngli 
bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan ajralib, 
beshta go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan o‘zini ol
-
dirib qo‘yibdi. O‘g‘li esa ko‘proq safarda yurarkan. 
http://eduportal.uz


147
Habiba opa ahvolni tushungandan keyin kampirni 
yupatgan bo‘ldi:
— Ko‘p g‘am yemang, buvijon. Birovning boshiga 
tashvish tushganda qarab turib bo‘ladimi?!
Kutilmaganda u qizining yelkasini silab, dedi:
— Xafa bo‘lma, jon qizim. O‘rtog‘ingga qarashsang 
qarashgin-u, faqat darslardan orqada qolasanmi, deb 
qo‘rqaman-da!
— Sira qo‘rqmang, oyijon! — dedi chehrasi ochilib 
Shoira va oyisini quchoqlab o‘pdi.
1. Shoira nima uchun o‘rtog‘inikiga borib, uy ishlariga yor
-
dam berishini oyisidan yashirdi?
2. Shoiraning qaysi fazilati sizga yoqdi? Hikoyadan Shoiraning 
fazilatlari tasvirlangan o‘rinlarni topib o‘qing.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish