Yangicha uslub



Download 3,86 Mb.
bet7/12
Sana09.02.2017
Hajmi3,86 Mb.
#2195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

IKKI DONA NON

(yoki yangi oshpazning yangicha darslari)

Yangi oshpaz Xoja aytgandek ishga ikkita nonni namoyishkorona qo’ltig'iga qistirib keldi. Ha, boshqalar ko'rsin deb shunday qildi. Uni rostan ham ko'pchilik ko'rdi. Ayniqsa, zavxozning esi og'ib qolay dedi. «Tavba, o'rmonga o'tin ko'tarib kelgan odamni endi ko'rishim», deb g'udiranib qo'ydi. Xojabeka bo'lsa «hali ko'ramiz, sinamagan otning sirtidan o'tma deganlar» deb qoshlarini chimirdi. Qorovul yag'iri chiqqan do'ppisini qo'liga olib, uzoq hidladi...

Yangi oshpaz zavxozdan masalliqlarni tarozida tortib ola boshladi.

—E, — dedi zavxoz zardasi qaynab, — bunaqa tortib olishingizda meni xonavayron qilasiz-ku, xolajon?



  • Menga manovi qog'ozdagisini ber, bolam, boshqasi bilan ishim yo'q...

  • Boshqasimish, boshqasini egalari bor, egalari, bildingizmi?.. Ikkovimiz bundo-o-oq kelishib ishlamasak bo'lmaydi...

—Nolima-ye, kelishish bundan ortiq bo'ladimi, bolalarga bir siqim, bir siqim qo'shib yubor, savob bo’ladi demayapman-ku...

—E-e-e, hali qo'shib yuborishim ham bormi, ol-a? Bu gap-so'zlarni eshitib turgan Xojabekaning tili qichidi:

—Bu deyman, xolajon, oshpazlik diplomingiz bormidi? Bu tomonlarini so'rab-surishtirmay ishga olvordik sizzi.

Oshpaz eshitsa ham eshitmaganga olib, ishini davom ettiraverdi. Tarozi ustida gapga tutishlarini yomon ko'rardi. Axir yanglishib ketish mumkin-da. Tosh-tarozi deb qo'yibdilar buni. Oxiratda javobi bor.



  • Boshlig'imiz sizdan gap so'rayaptilar, yo qulog'dan ob qo'yganmi? — dedi zavxozga jon bitib.

  • Ha, meni chalg'itmanglar, bunaqa paytda qulog'imga paxta tiqib olaman. Bolalarning haqiga xiyonat bo'b qolmasin-da, aylanay, shakardan torting...

Xojabekaning qoni miyasiga urdi. Shu paytgacha u o'ziga nisbatan bunaqa bepisandlikka duch kelmagan edi. Na iloj, tishni-tishga bosishga majbur. Ko'pchilikning xohishi... Oshpaz indamadimi, demak diplomi yo'q. Issig'ida kovushini to'g'rilab qo'yaman, ko'nglidan o'tkazdi Xojabeka.

Oshpaz masalliqlarni olib, xotirjam bo'lib olgach, Xojabekaga yuzlandi:



  • Diplom so'radingizmi, xolangiz o'rgilsin?

  • Shunday, bizda diplomsiz ishlab bo'lmaydi.

  • Bor-da, aylanay, bo'lganda qandoq, bir emas ikkita. Oldin uchilishisini bitirganman, keyin texniko'mini. Bolalar qayerda bo'lsa o'sha joylarda bearmon ishlaganman. Shu desangiz men pishirgan ovqatlarni yegan bolalar polvon-polvon bo’lib, hokimu, vazir bo'lib ishlashyapti, chempion bokschilari qancha, o'h-ho'-o'-o'...

Bu gaplarni eshitib turgan Shaytonvachcha astoydil gijinib dedi:

—Sen kampirsho ertagingni borib katta xolangga ayt, bolalar polvon, polvon bo'larmish? Bizchi, biz shaytonlarchi, Xojabekachi, zavxozchi, qorovulchi, bu yoqda qancha do'mbillagan, so'mbillagan opalar... Ularni nafsi yo'qmi? Oldin pichoqni o'zingga ur, keyin birovga...



  • Nimaga o'sha yog'liq joylarda ishlovurmadingiz, xolajon? — deb kampirning jig'iga tegmoqchi bo'ldi zavhoz.

  • Ishlovrardim, xolang o'rgilsin, ishlovrardim, shu desang shaytoni zo'r zavxo'zlar bilan hech chiqisholmadim-da. Tiqilib o'lgurlar, Xudodan qo'rqishmas edi-da. Bolani haqimi, yetimmi haqimi, yesirri haqimi, ularga baribir... Siz unaqamassiz shekilli, bolam, voy bo'ylaringizga girgitton...

Zavxo'z bilan Xojabeka «ha»yam, «yo'g'»am demay, teskari qarab, chiqib ketishdi.

XOJABEKA XURSAND

(yoki Bismillo xolaning ketishi)

Xojabeka yangi oshpazning oldidan xafsalasi pir bo'lib chiqdi. Yuragi siqilib xonasiga kirgisi kelmadi. Asabiy bir ahvolda hovlini aylangan bo'ldi. Farroshning ishidan ishkal topib, alamidan chiqmoqchi edi, aksiga olib hammayoq yog' tushsa yalagudek, saromjon-sarishta ekan. Shaytonvachcha ham undan ajramay biron narsani ko'ziga olabo'ji qilib ko'rsatmoqchi bo’ldi-yu, uddasidan chiqolmadi. O'zi Bismillo xola bosh suqqan joyda shaytonlarning oyoq-qo'li bog'lanardi. Yomonni yaxshi, yaxshini yomon qilib ko'rsatisha olmasdi. Shaytonvachchaning ichi quldiradi. Oshqozoni o'lgur har doimgidek bir nima so'rab bong uryapti. U nima qilishini bilmay asta bekaning qorniga quloq soldi. Bekaniyam qorni bezovta bo'lib, quldirab berdi. Shaytonvachcha o'zicha ishshaydi. Yanayam quldiramasinmi, ertalabki nonushtani paqqos onasi tushirdi-ku. Beka eriga jahl qilishdan nariga o'tmadi. Bechoragina, bir vaqtlar yeganiyam oldida, yemaganiyam oldida turgan. Endi bo'lsa, uni har tomondan siqib qo'yishdi. Axir uyam odam-ku, farishtamas. Buni ustiga yosh, katta-katta eb, ichkisi, o'ynab-kulgisi keladi... Ilgari har kuni bu paytda uni shoxona dasturxon kutardi. Shuni eslab, Shaytonvachcha bekaning qulog'iga asta shivirladi:

—Bekam, xonangizga kiring, xonangizga, issiq, jizzali non bilan qaymoq kutib qoldi, ha!

Xojabekaning chiroyi ochildi. Nahotki shunday bo'lsa? Bunaqa mehribonchiliklar oshpaz bilan zavxozning qo'lidan kelardi. Ha, biri qaymoq olib kelsa, biri jizzali non olib kelardi. Yangi oshpazdan-ku umid yo'q. U qotgan nonniyam ravo ko'rmaydi. Haliyam zavxozim menga sodiq. Xojabeka Shaytonvachchaning vasvasasiga uchib, shirin xayollar bilan xonasiga kirdi. Kirdi-yu, tarvuzi qo'ltig'idan tushdi. Jahli chiqib, zavxozning go'riga g'isht qalay ketdi: — «Bevafo, ziqna o'lgur... oshpaz-ku taqvosini bahona qiladi, sen-chi? Sen, nimangni bahona qilasan, tomsagina tomdiradigan qurumsoq. Shoshmay tur, shu qilganingga seniyam dumingni tugaman...

Shaytonvachcha endi bekaga qarshi hujumga o'tdi:


  • O'zingizdayam ayb bor, bekam, erta bilan Xojangiz bergan pulni olganingizda mana hozir ikkita so'lqildoq non bilan dog'suv ham teshib chiqmasidi! Shunaqa, devona arazlasa to'rvasiga zarar deydilar...

  • Hech qachon, — dedi Xojabeka quldirayotgan qornini changallab, — ochimdan o'lsam o'lamanki, endi u so'xtasi sovuqqa qul bo’lmayman...

Bekani har tarafdan ko'zga ko'rinmas bir kuch ezardi. Xonaga sig'may, yana tashqariga qarab yurdi. Ammo ostonadan chiqmayoq Bismillo xolaga yo'liqdi.

—Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu, — deya bekadan oldin salom berdi u. Beka zo'rma-zo'raki jilmaydi.



  • Keling xola...

  • Xizrni yo'qlasam bo'lar ekan, qarang, shetta ekansiz, qoqindiq...

  • Ha, endi sizzi duolaringiz bilan Xizr bo'sak-bo'bmiz-da, — kesatdi Xojabeka.

  • Bo'ling, iloyim, bo'ling, o'zi bolalar bilan ishlaydiganlar yarim Xizr bo'lib qolishadi. Bolalar bu... o'h-h-o'-o', hazilakammi... ular ilohiy urug'lik! Ular dunyoga kelmay qo'ysa zamona oxir bo'ladi-ya...

Bu gaplardan bekaning ensasi qotdi. Chuqur esnab, xolaning gapini bo'ldi:

  • Menda ishingiz bormidi?

  • Shu... — deya Bismillo xola Xojabekaga boshdan-oyoq qarab qo'ydi, — ketmoqchiman, javob bersangiz.

Xojabeka birdan engil tortib ketdi. Halidan beri uni ezib turgan ko'rinmas qo'llar qo'yib yuborgandek bo'ldi.

  • Voy qachon? — kutilmaganda ovozlari jaranglab ketdi bekaning.

  • Shu bugun, hozirr aylanay... Ha, safarim qaridi...

—Hay-hay, — deb yubordi Shaytonvachcha suyunganidan, — bunday hushxabarga qo'y so'yvorish kerak, bekam, qo'y. — Voy-ey, bizziyam ko'chamizda bayram bo'lar ekan-ku, nihoyat. O'ylab o'tirmasdan javobirii bering-a, bekam daf bo'lsin-a!

Beka xolaga zimdan qarab tilyog'lamalik qilmayotganini sezgach, o'zi tilyog'lamalikka o'tdi:



  • Bilsak bo'ladimi, bizlarni yetim qilib, qayoqlarga ketyapsiz?

  • Bozorga...

  • Mozorga? — hayron bo'ldi Xojabeka, — qo'ying-e...

  • Mozorgamas bozorga... aytishadiku, otang bozor, onang bozor deb, o'sha yoqqa chaqirishayapti.

Xojabekaning qulog'i tagiga kelib Shaytonvachcha jikilladi:

—Ey-y-y, buncha chaynalasan, bekam, bozorgami, ochiq mozorgami, nima farqi bor, bu yerdan daf bo'lsa bo'ldi-da, baribir xotinligingga borasan-da, bekam, soching uzun aqling qisqa...



  • Voy bozorda nima bor sizga, shu yoshingizda olibsotarlik qilasizmi?

  • Ha yo'-o'-o'... bozorqo'm baraka topgur, judayam halol, taqvoli odam, o'sha chaqiryapti. Aytishicha, bozorda xotin-xalaj ko'payib, tartib, intizom buzilib ketganmish, shuni yo'lga solib bering deyapti.

—Voy yoqmay ketsin, — dedi yasama kulib Xojabeka, — bizzi ishlarimiz nima bo'ladi?

  • Bozor deganlari-chi, bolam, daryoi azim, undan eh-h-e-e-e... minglab odamlar suv ichadi-ya, uni suvi bulg'ansa bormi, hay-hay... Xudo saqlasin-a... Shu uchun bolam, hozircha u yer zarurroq. Keyin taqvoli oshpazni obkelib oldingiz, Xudo xohlasa bu yerdan ko'nglim to'q...

  • Hay, mayli, nimayam derdik xolajaon, zorimiz bor, zo'rimiz yo'q.

  • Yaxshi-yomon gaplarga uzr, rozi bo'ling, bolam.

  • Mingdan ming roziman.

MAZALI TAOM

(yoki Shaytonvachchaning yana xoru zorlikka uchrashi)

Bolalar bugun boshqacha zam-zama bilan tushlik qila boshlashdi.



  • Meniki shirin...

  • Menikiyam-da.

  • Aldama.

  • Aldamayapman.

  • Eb ko'ray-chi?

  • Ho-o-o...

Bolalar boshqa kunlari ovqatni tugatolmay, nari surishardi. Egilari kelmasdi. Opalari ovqatingni e, ana olabo'ji kelyapti, mana, olabo'ji kelyapti, deb qo'rqitishardi. Bugun unaqa qo'rqitishlar bo'lmadi. Oldi bolalar ovqatini yeb, qoshig'ini yalab o'tiribdi, bir xillari tugab qolishidan qo'rqib, maydalab o'tirishibdi. Shaytonvachcha ovqatning hush bo'ylaridan mast bo’lib, aka-ukalarning yoniga keldi:

—Salom asaltoylar, qalaysizlar? Ja qorin to'yib kekirishib, buqachadek semirishib o'tiribsizlarmi? Ie, anovi bolani, quruq qoshiqni yalab o'tiribdi-ya, undan ko'ra yoningdagini peshonasiga bir tushir, ovqatini eyishvoramiz. Va-a-a... manovi bolani qaranglar, cheti uchgan kosada ovqat eyapti. Hov, sen bola, nimaga poygaga tushib qolding, seni joying to'rda-ku...

Shaytonvachcha undoq qilib ham ko'rdi, bundoq qilib ham... Baribir, janjal chiqara olmadi. Urunishlari bekor ketdi. Och-nahor qoldi.

YANGICHA TUSHLIK

(yoki quruq non bilan dog'suvning asaldek tatib ketishi)

Qo’li shirin oshpazimiz bizlarni nima bilan siylar ekan deb, opalar birin-ketin oshxonaga kirib kelishdi.

—Bu deyman, — dedi xola opalarning ranggiro'yiga qarab, — qorniylar ham ochib ketgandir-a, sizlarni bir ziyofat qilay...

Oshpaz xola zamzama bilan dasturxon yozdi. O'rtaga erta bilan olib kelgan ikkita obi nonni qo'ydi. Keyin choynakka dog'suv quyib keldi. Opalar dam dasturxonga, dam bir-birlariga hayron bo'lib qarashardi. Buni kuzatib turgan Xojabeka ichida «bu kunlaringdan battar bo'llaring, g'alayon ko'tarish qanaqa bo'larkan?» deb qo'ydi.



  • Nimaga endi dog'suv ichamiz, quruq choy yo'qmi, xolajon? — deya norozi bo'ldi opalardan biri.

  • Dog' suv ichishni ikkita sababi bor, aylanay...

  • Voy, qo'ying-e, shungayam sababmi?

  • Ha, birinchidan choy bolalarniki... Ularning rizqini tuya qilib bo'lmaydi. Dilini qora qilib qo'yadi. Qora-qurimi asta-sekin odamning yuz-ko'zga ham uradi, hunigi chiqib, beparishta bo'b qoladi...

  • Voy bo'-o'-o'... dahshat-ku, xolajon, dahshat-ku...

  • Shundoq, bolajonlarim, shundoq... endi ikkinchi sababini sizlarga aytsam...

  • Ayting-a, xolajon, ayting!

—Dog'suv qonni tozalaydi, odamni hushsurat qiladi. Xotin kishining bo'lichkaga o'xshab oppoqqina bo'lib yurganiga nima yetsin, yo gapim noto'g'rimi, aylanaylar?

—Ming marta to'g'ri, xolajon, million marta to'g'ri, bundan keyin paqat dog'suv ichamiz-a, qizlar?



  • Ha, qari bilganni, pari bilmaydi deganlari shu-da, yashang xolajon!

  • Barakalla, qizlarim, barakalla, gapni gapir uqqanga, jonni-jonga suqqanga, deganlar mashoyihlar. Qani, nonga qaranglar...

Bu gaplardan Xojabekaning ensasi qotib, nonga ataylab bebismillo qo’l urdi. Shu atrofda iskalanib yurgan Shaytonvachchaga jon bitdi:

  • Yashang-e, Xojabekam, siz o'zi boshqachasiz-da. Uncha-munchaga laqillaydigan laqmalardanmassiz. Olovring, boriga baraka endi, quruq non bo'lsayam, teshib chiqmaydi, chaynaganiz sizziki, yutganingiz meniki...

  • Xolajon, — dedi opalardan biri yutinib, — ochiqqanda quruq non bilan dog'suv ham asaldek tatib ketar ekan-a?

  • Bilmadim, aylanay, lekin halol taom doimo shirin tatishini eshitganim bor.

  • E, — dedi opalardan bittasi norozi bo’lib, — yuzta siz-bizdan, bitta jiz-biz o'taversin.

Xojabeka yarq etib unga qaradi: «Ichim ekansan-ku!»

Oshpaz xola dasturxonga duvo o'qib turgan edi, ostonada bir talay tuxum ko'tarib zavxoz ko'rindi.

—Hay-hay, to'xtang-to'xtang, aylanay, nima qilyapsiz, — deb uni ostonadayoq to'xtatdi oshpaz. Nimagadir xolaning jahli chiqib ketdi.


  • Muzlatkichga sig'madi, sizzikiga qo'yib turay,— chaynaldi zavxoz.

  • Shu ahvolda-ya, y-o'-o'-o'... oldin sodali suvda yuving, quruq latta bilan arting, tozalang, ana undan keyin boshqa gap. Muzlatkichda ne-ne pokiza masallig'lar turibdi-ya!

  • E-e-e, — dedi zavxoz Xojabekaga qarab, — o'lay agar, men bu oshpazingiz bilan ishlolmiyman.

  • Kelishinglar, kelishinglar, — dedi Xojabeka gij-gijlagandek tirjayib.

Tuxumni sodali suvda yuvish?! Opalar bir-biriga ma'noli qarab qo'yishdi. So'rashga bo'lmadi, tushlik vaqti tugagan edi.

—Hah, jodugar o'lgur-a, — dedi Shaytonvachcha bir to'lg'anib, — shundoq ishning beliga tepding-a. O'lay agar, buning taqvosi naq tog'ni talqon qiladi-ya, tog'ni!



MANTI

(yoki eski oshpazning nayranglari)

Ertasiga ular yana quruq non-choy ustida uchrashishdi. Shunda opalardan biri kechagi tuxum voqeasini xolaga eslatib qoldi.

—Ha, umi, — dedi xola kulib, — zavxozimiz o'zi yaxshi, kuydi-pishti, lekin bilmagandan keyin qiyin-da, qizlarim. Men mumkin emasligini aytib beruvdim, bechorani qo'rquvdan naq ko'zlari peshonasiga chiqib ketdi... Indamasam uyiga borib xotinini do'pposlaydigan. Yomon-da, er bechora kalamushdek tashmalayversa, tashmalayversa-da, u yoqda xotin demagan xarom-xarishning farqiga bormay, barakani osmonga uchraversa, alam qiladi-da...


  • Voy xolajon, tuxumni sodali suvda yuvishni menam birinchi marta eshitishim, o'lay agar, hay qizlar, yo sizlar bilasizlarmi?

  • E, qiziq gaplarni aytasiz-a, xolajon, sodani uvol qilib zaril keptimi, falon so'm turadi-ya?

  • Mana bu yeringiz-chi, aylanay, — deya xola ko'ksiga urib so'radi, — bu yeringiz necha pul turadi?

  • Voy... bilmadim, — deya haligi ayol birdan sharaqlab kulib yubordi... Unga boshqalar ham qo'shildi.

Xola ham qotib-qotib kuldilar-da:

—Nuqul men bog'dan kelsam, sizlar tog'dan kelasizlar-a, — dedi. Eshiting, bu borada Allohim nima degan: «Ogoh bo'lingkim! Albatta jasadda bir parcha go'sht bordir. Qachon u solih bo’lsa, jasadning hammasi solih bo'lur. Qachon u buzuq bo'lsa, jasadning hammasi buzuq bo'lur. Ogoh bo'lingkim! O'sha narsa qalbdir». Men ko'krakka ishora qilganda Allohim aytayotgan o'sha qalbni ko'zda tutyapman qizlarim.



Bilaman, hammangizning uyingizda billur qandillaringiz bor. Haftada bir artib turmasangiz ko'nglingiz joyiga tushmaydi, yo gapim noto'g'rimi? — dedi.

  • Chang o'tiradi-da, xolajon keyin shishadan farqi qolmaydi...

  • Ha yashang, o'lmang, dono qizim, odamzodning qalbiyam xuddi o'sha billurga o'hshagan bo'ladi. Ungayam «chang» o'tiradi. Afsuski, u changni yumshoq paxta bilan artib, tozalab bo'lmaydi. Qalb taom bilan kirlanadi. Siz tuxumni shundog'am toza deb o'ylaysiz. Unchalik emas asal qizlarim. Diqqat qilsangiz qon izlarini ko'rasiz. Qonni Alloh bandasiga harom qilgan. Qonning botmoniyam harom, zarrasiyam harom. Tuxumni yuvmasdan muzlatkichga qo'ysangiz, bilingki, ichida nimaiki bo'lsa, bariga karohati uradi. Harom qilmasayam makruh qilib qo'yadi. Makruh degani halol bilan haromning o'rtasi degani. Qarabsizki, uni eganingizdan keyin qalbirigiz kirlanib boraveradi, boraveradi... Qalbning ko'zi bekilib, shayton qurg'ur qayoqqa etaklasa, odam shu yoqqa yuradigan bo'lib qoladi.

  • Voy xolajon, siz gapiryapsiz-u, men qo'rqib ketyapman...

  • Ey, — dedi yuzta siz-bizdan, bitta jiz-biz yahshi, degan xotin ensasi qotib, — shunchalik ekan, tuxumni yemay qo'yaqolamiz-da. Shungayam ota go'ri qozixonami?

  • Yo'-o'q, jonim bolam, — dedi xola sergak tortib,— tuxumdan boshqa gaplar ham bor. Mana, masalan, choy damlab turib choynakni qopqog'ini ustol ustiga yuzi bilan qo'ydingizmi, tamom bir choynak choy makruh bo’lib qoldi. Chunki siz qopqoqni qo'ygan joyga, albatta, shayton o'lgur ataylab bo'shanib qo'ygan bo'ladi. Uning axlati qopqoqqa ilashib choynakdagi choyga tushadi. Uni qancha odam ichsa, barini qalbi kirlanadi. Yoki bo'lmasam, qozonning qopqog'ini olib ko'ring, uniyam yuzi bilan qo'yib, yana yopsangiz... tamom... Umuman, olganda, qopqoqli narsalarni olib qo'yganda orqa tarafi bilan qo'yish kerak. Ha yuzi tepaga qarab tursin...

  • Voy-ey, yashashni ja qiyin qivordingiz-ku, xolajon.

  • Men aytganlarni qilsangiz yashashingiz faqat osonlashadi, aylanay, jonim bolam...

  • Bugunga yetadi xolajon, biz sochi uzun aqli qisqalarni ja olim qilib yubormang, boshingizga balo bo'lamiz, — dedi jiz-bizni xush ko'radigan xotin.

Shu payt ostonada ikki qo'li ko'ksida eski oshpaz paydo bo'lib qoldi. Voy uni ko'rib Shaytonvachchaning yayrab ketganlari. Ko'ziga olovdek, issiq bosildi-da.

  • Assalomu alaykum, yaxshilar, — dedi oshpaz ikki bukilib, — egilgan boshni qilich kesmas, degan ekanlar mashoyihlar, — deya u xandon otib kuldi. — Keyin mashoyixlar yana aytgan ekanki, bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom deb, shu siz yaxshilarni sog'inib, ko'rgani keldim. Shuncha yil ishladim, ishqilib yomon bo'lmadim. Nasibam uzilgan ekan, ketdim. Endi o'rtadagi opa-singilligimiz yo'qolmasin. Oldinda quda-andachilik degan gaplar bor. To'y-to'kinlarda tumtayishib yurmaylik. Yarash oshiga bir tog'ora dumbali manti qilib keluvdim. Nima deysizlar, singiljonlar, ketadimi?

  • Ketisham gapmi, naq qizib turgan toshga suv sepgandek gap-ku, — dedi Shaytonvachcha nafsi chukillab, — haqiqat bor ekan-u, bundoq.

  • Qirq kun salom dedingizmi? — ataylab so'radi jiz-bizni hush ko'radigan xotin.

  • Shundoq, jonidan.

  • Voy bo'-o'-o'... qirq kun-a, qirq kun yarash oshi erkanmiz-da, a, hov qizlar! — dedi u tantana bilan.

  • Bosh ustiga, etsa molim, etmasa jonim...

  • Xudo beraman desa o'ziga oson ekan-da.

—Oh, qandoq yaxshi-ya-dedi Shaytonvachcha gapso'zlardan yayrab, — bu odam bolalari Rahmoniy ziyofat bilan shaytoniy ziyofatning unchalik farqiga
borishmaydi. Sobiq oshpazning shaytoni onamdan ham zo'r ekan, yo'lini topibdi, qandini ursin. Jodugarning gaplaridan, quruq qoshiq og'iz yirtar deb, opalar esnab o'tirishuvdi, xo'pam temirni qizig'ida bosdi-da.

Mantini Xojabekadan boshlab hammalari maqtab-maqtab yeyishdi. Faqat oshpaz xola og'ziga olmadi. Shaytonvachcha-ku Xojabeka bittani tushirganda u ikkitani tushirib turdi. Oshpaz xotin «taomlarimni sog'inib qopsiz» deb orada mulozamat ham qilib qo'ydi.



  • Hayotimiz ja shohona bo'b ketyaptimi, qizlar,— dedi opalardan biri og'zini chapillatib, — bir yog'da shirin-shirin gaplar, bir yog'da mana bunday shirin-shirin taomlar. Ishqilib ko'z tegmasin-da, ko'z!

  • Xolamizning nasihatlariga gap yo'g'u, ammo-lekin manti zo'r bo'bti-da, qizlar, manti, — dedi jiz-bizchi!..

PORA

(yoki Xojabeka bilan sobiq oshpazning til biriktirishlari)

Sobiq oshpaz tog'arasini ko'tarib, Xojabekaning yoniga kirdi. Bu paytda Xojabeka oshpazning himmatidan o'zicha xursand bo'lib, kechagi dorilomon kunlarini eslab o'tirgan edi. Uni ko'rishi bilan chiroyi yanayam ochilib ketdi:



  • Keling, keling, — deya beixtiyor o'rnidan turib ketdi.

  • Qalay, bekam, bu ishim sizga ma'qul bo'ldimi, ishqilib?

  • Sekin aytasizmi, — kuldi beka, — zab qildingiz-da, anovi xotin ularni ikki kundan beriga qoq non bilan dog' suvga o'tqazib qo'ygan edi. Odam bilan odamning farqi shunaqada bilinadi-da. Sizga kecha likopcha otganlarning mehri bugun yuz chandon oshib ketdi.

  • Unda ertaga shu paytda quling o'rgilsin... qazili norin bo'lsa... nima dedingiz?

Xojabeka andak o'ylanib qoldi. Bundan foydalangan Shaytonvachcha qulog'iga shivirladi:

—Shoshmang bekam, shoshmang, kampir anovilarni yana ikki kun qantarib, tavbasiga tayantirsin, ana undan keyin ko'rasiz tomoshani. Montining egasini allada aziz, to'rvada magiz qilib, izzat-ikrom bilan o'zlari boshlab kelishadi. Ha, meni aytdi deysiz...



  • Yo'q, — dedi Xojabeka oshpazga qarab, — bularni ortiqcha taltaytirmang, arzimaydi, ham g'o'rani, ham sho'rani urishmasin... ammo joyingizga bugun bo'lmasa ertaga, albatta, qaytib kelasiz...

  • Og'zingizga shakar bekam, og'zingizga shakar-a, menga o'zi shu so'zingiz keragidi, — deb shoshganicha ko'kragi ostiga qo'l yubordi-da, ochiq turgan g'aladonga «to'p» ettirib bir nimani tashladi, — ob qo'ying, xamir uchidan patir...

Xojabeka ma'noli jilmaydi. Vujudiga kuch-quvvat yugurib, dili yayradi. G'aladonni mehr bilan yanayam o'ziga tortdi...

—A-na-a-a, — deb yubordi Shaytonvachcha bir yayragandan ming yayrab, — bizzi gapka kirib tursangiz kam bo'maysiz, bekam, kaminani-ku qo'yavering!..



SHAYTONVACHCHA XURSAND

(yoki oshpaz xola ba'zi sirlarni yana ochib qo'ygani)

Navbatdagi tushki nonxo'rlikka opalar shosha-pisha jam bo'lishdi. Bir kun oldin shunday gap tarqalgan edi. Nimaymish, oshpaz xola pol ocharmish. Opalardan birining eri nuqul tutvolib, do'pposlagani-do'pposlagan ekan. Ikki gapni birida bolam menikimas der ekan. Bo'lmasa bolasi xuddi quyib qo'ygandek otasiga o'xsharmish. Janjal bolaning qo’li egriligidan chiqar ekan. Bola otasining cho'ntagiga tusharkan. Onasining hamyonini ham tez-tez «shamollatib» turarkan. Uning dastidan mehmon-izlom ham chetda qolmas ekan. Otasining gapicha, avlodida kisovur zoti yo'q ekan. Onayam hayronmish. U ham aslzoda oilalardan ekan. Shunday bo'lgach, kisovur bola qandoq tug'ulib, qoladi? Bola hali ko'chaga chiqishga ulgurmagan bo'lsa? Qiziq-da!



Buni eshitgan oshpaz xola, bolaning otasi kimligini men aytib bera olaman deganmish. Shunga opalar jam bo'lishib, og'izlari nondayu, quloqlari xolada edi.

Xola bo’lsalar piyoladigi dog' suvni huzur qilib simirdilar-da, uzoqdan bir rivoyat boshlab qoldi:



  • Shu desanglar bir shaharda ko'z ko'rib, quloq eshitmagan bir voqea bo'pti, aylanib ketaylar. Endigina yo'lga kirgan, o't-olov bir bolakay ko'chadan o'tib borayotgan yo'lovchiga qarab «tuf» debdi. U bo'lsa bunga javoban «he, haromi» debdi. Bolaning otasi shu yaqin o'rtada yurgan ekan. Haligi odamning giribonidan mahkam ushlab, qozi kalonni oldiga sudrab boribdi. «Bolamning haromiligini bo'yniga qo'yib bersin» depti, dahshatga tushib. Axir bu haqorat ota uchun hazilakammi? Halol bolasini birov haromi deb tursa-ya. Unda xotini buzuq bo'b chiqadi-da, aylanaylar?

  • Voy-y-y... shunga shunchami?

  • Shuni ayting-a, — chuvillashdi boshqalar.

  • Baxtga qarshi haligi yo’lovchi bu shaharlik emas ekan, qizlarim. G'irt musofir ekan. «Bu iflos so'z qanday qilib tilimga kelib qoldi, o'zim ham hayronman» deb yelka qisib turganmish. Shu so'zi uchun uniyam juda og'ir jazolar kutayotgan ekan. Eng yengil jazo tili kesilishi kerak ekan... Qozining rosa boshi qotibdi. Qozi ko'pni ko'rgan, ilmli odam ekan.

  • Tavba, — debdi qozikalon da'vogar bilan jabrlanuvchiga maslahat solgandek qarab, — biringiz shu yerlik, biringiz boshqa yerlik bo’lsangiz, bir-biringizni tanimasangiz, buni ustiga anovi kurakda turmaydigan gap? Kelinglar shaytonga hay berib, bu voqeadan bir hikmat qidirib ko'raylik. Beamr oyoqqa tikan kirmaganidek, til ham beamr kalimaga kelmaydi. Xo--o'-o'-sh... o'g'ilchani yoshi nechchada? Ota yoshini aytibdi. Qozikalon xayolga tolibdi. Keyin birdan o'ylari yorishib, debdi:

  • Xotiningizning vujudida falon yili, falon oyda gumona bo’lgan... Yaxshilab eslab ko'raylik, o'sha yili qor qalin tushgan edimi?

  • Shunday, taqsir, — tasdiqlabdi ota biz yangi kelin-kuyov bo'lgan edik o'shanda, esladim.

  • Sovuq ham juda qattiq bo'lgan edi-a?

  • Bo'g'otda musichalar muzlab qolgani esimda.

  • Odamlar pishirgulik topsa, kuydirgilik topolmay, o'tinning, ko'mirning bahosi tilla bahosiga chiqib ketuvdi, shunday emasmi?

—Ha, taqsir, ha... — debti-yu, birdan otaning avzoyi o'zgarib, musofirning oyog'iga yiqilibdi.

  • Voy, nima bo'lgan ekan, xola? — chaynayotgan luqmalari bo'g'zida qolib, chuvillashdi xotinlar.

  • Juda yomon ish bo'lgan ekan-da, aylanaylar... Bir kuni yosh kelin bilan kuyov qo'y yog'i, qo'y go'shtiga osh qilib yegilari kelib qopti. Kuyovto'ra o'tin izlab bozorgacha boribdi. Kelinposhsha sovuqdan dir-dir qaltirab, tiq etsa eshikka qarab o'tirgan ekan. Erining bo'sh qo'l bilan kirib kelganini ko'rib, yig'lab yuboribdi. Er hovliga chiqib, biron bir ustunni ko'chirsammikan deb u yoq-bu yoqqa alanglabdi. Shunda ko'zi qo'shnisining bo'g'otidan hovlisiga chiqib turgan bir quloch to'singa tushibdi. Kuyovto'rani shayton yo'ldan uribdi.

Shaytonvachcha bu hikoyatni ja berilib tinglab o'tirgan edi, o'ziga tosh otilgach chiday olmay qoldi:

  • Gapga qaranglar, bunaqa paytda darrovda biz yo'ldan uramiz, nafsichi, nafsi? Odam bolalari nafsi yo'lida o’limga tik borishadiyu buncha quloqqa lag'mon osmasa bu oshpaz?!

  • Keyin nima bo'pti, xolajon?

  • O'g'rincha haligi o'tinni aralab olibdi, xotini osh damlabdi, yosh kelin-kuyov maza qilib yeyishibdi. Albatta, bu to'qlikning sho'hligi ham bo'pti. Bola o'sha o'g'irlik o'tinga pishgan oshdan bo'b qolgan ekan.

  • Voy-y-y, sho'rim...

  • Qarang-a...

  • «Ey iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan narsalarni harom qilmangiz!» — deydi yaratgan Egam. Yigit tushmagur nima qilib qo'ydi. O'g'irlik o'tin bilan pok-pokiza taomni harom qilib qo'ydi. Uning kasri zurriyodiga urdi. Olloh musofirning diliga solib, oxiri bu ishni fosh qildi. Musofir deganimiz Ollohga etishib qolgan bir avliyo edi?

—H-a-a... — dedi Shaytonvachchaning ko'zlari g'ilay tortib, — bu oshpazman deganlari men bilmaydigan bir sirni ochib qo'ydi-ku. Odam bolalarini bir-biriga tupirtirishning yo'li bu yoqda ekan-ku, ha-a-a... bilib oldim zo'r ekan. Gapirovirsinlar, onangiz gapga tuqqan ekan o'zi sizzi...

Shu payt xolaning gapi og'zida qoldi, bolamning qo'li egri degan boqcha opa o'zini xolaning oyoqlari tagiga tappa tashladi-yu, ho'ngrab yig'lab yubordi. Xola cho'chib tushdi. Boshqalar angrayganicha qoldi. Shaytonvachcha battar hushyor tortdi.

—Xolajon, meni kechiring, aslida ayb mendan o'tgan ekan...

—Yo'-o'-q, aylanay yo'q... kechirimni mendanmas, yaratgan Egamdan so'rang, aybirigizni bo'yningizga olib, astoydil tavba qilsangiz, kechiradi, o'ziga oson...



  • Voy-y-y... nima qilib qo'yuvdiyz? — qistovga olishdi xotinlar.

  • Boshqorong'i bo'lganimda hiyla vaqt qozondagi jazdan o'g'rincha yeb yurgandim... Hoynahoy shuni kasri bu.

Xola turganlarga «sizlar ham shu fikrdamisizlar» degandek bir-bir qarab oldilar-da:

—Men unday demagan bo’lardim, aybdor boshqa kishi, — dedilar.

Hamma «yarq» etib xolaga qaradi. Ajabo, boshqa kishi kim bo'lishi mumkin?

—Sizni hol-joningizga qo'ymay, jaz o'g'irlatib yedirgan ham o'sha qorningizdagi bolangiz bo'ladi.

—Voy, hali tug'ulmagan, jish bola-ya, qo'ying-e, — qo'rquvdan ko'zlari o'ynab ketdi haligi xotinning.

—Bilib qo'yinglar, onalarni vujudi bamisoli shudgorlangan yer. Ota bamisoli dehqon. U halol-pok urig' eksa, xo'p-xo'p-a... Menimcha, eringiz bilibmi, bilmasdanmi, o'g'rinimi, kisovurnimi, qaroqchinimi ishqilib bittasining ziyofatini eb qo'ygan. Bola o'shaning mevasi. U boshingiz qorong'i bo'lgan kunlardanoq o'z hunarini boshlagan...

—Ana xalos, — deb yuborishdi xotinlar hayratga tushib.

—Pishdi gilos, — dedi chapak chalib Shaytonvachcha, — ana shunaqa ziyofatlarga asti mana men degan taqvodorlarni olib borish kerak ekan. Kisovurdan kisovur tug'iladi deb yursak, kisovurning ziyofatidan ham kisovur tug'ular ekan-a, yo qudratingdan!



Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish