Yangiasr avlopi


Shukrona aytamiz, yurak manguga



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet460/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   463
Bog'liq
martin iden-1

Shukrona aytamiz, yurak manguga

 —

Talpinmay tin olgay,  deb axir bir кип!..

Ha,  buning uchun xudolarga shukrona aytil- 

sa  arziydi.  Bu  ularning  dunyoda yagona  xayrli 

ishi!  Hayot toqat qilib bolmaydigan mashaqqat- 

ga aylanganda undan qutulish naqadar oson-a!

Nimani kutyapti? Vaqt yetdi.

Martin  boshini  iUyuminatordan  chiqarib, 

pastga, sutdek oppoq ko'priklarga qaradi. «Mari- 

poza*  suvga yarim  belidan  botgan  edi,  shuning 

uchun,  qolida osilsa oyogl suvga tegishi mum­

kin  edi.  Suvga  shaloplab  tushmaydi.  Hech kim 

eshitmaydi.  Martinning yuziga  suv  sachradi.  U 

lablarida  sho‘r  suv mazasini  mamnuniyat bilan 

his  qildi.  U  hatto  so'nggi  qo'shiglmni  yozsam- 

mikin, deb o'yladi! Lekin shu zahotiyoq o'zini o‘zi 

masxara qildi. Keyin bunga vaqti ham yo‘q edi. U 

hamma narsaga tezroq barham berishni astoydil 

istardi.

Martin  ehtiyot  shart,  kajrutadagi  chiroqni 

o'chinb,  oyogl  bilan  inyximinatordan  chiqa 

boshladi.  Yelkalari tiqilib qolgan edi, u bir qoli- 

ni yoniga mahkam  bosib  siqilib  chiqa boshladi.



Martin  Iden

Paroxodning  bexosdan  bir  silkinishi  unga  yor- 

dam berdi, u illyuminatordan chiqib, qolida osilib 

qoldi.  So‘ng  oyog‘i  suvga  tegishi  bilan  qollarini 

qoVib  yubordi.  Oppoq  iliq  suv  uni  o‘z  bag'riga 

oldi.  «Maripoza»,  ba’zi illyuminatorlaridan yorug‘ 

tushib  turgani uchun,  xuddi  tuynuklari bor ul­

kan  qora  devorga  o'xshab,  Martinning yonidan 

suzib o‘tib ketdi. Paroxod tez suzib borardi. Mar­

tin  es-hushini  yig'ib  ulgurguncha  paroxoddan 

juda uzoqda qolib ketdi,  so'ng okeanning ko'pik 

qoplagan sathida bamaylixotir suzib ketdi.

Martinning  oq  badanini  ко‘rib  suzib  kelgan 

qilich  baliq  uning  badaniga  sanchildi,  Martin 

kulib  yubordi.  Og‘riq  uning  nima  uchun  suv­

ga  tushganini  eslatdi.  U  suvdan  suzib  chiqish- 

ga urinib,  asosiy maqsadini unutib qolgan  edi. 

«Maripoza» chiroqlari uzoqda ko'zdan g'oyib bo la 

boshlagan  edi,  Martin  esa,  go У о  bu yerdan yuz 

mil  naridagi  eng yaqin  sohilgacha suzib  etmoq- 

chi bolganday, hamon suzib borardi.

Bu  g'ayriixtiyoriy  hayot  instinkti  edi.  Martin 

suzishni  to'xtatdi,  lekin  og'ziga suv kirishi bilan 

yana  qollarini  ishga  soldi.  «Hayotga  ishtiyoq», 

deb  o“yladi  u  va zaharxanda  qildi.  Ha,  u  iroda- 

li  odam,  uning astoydil harakat qilib,  o'zini yo‘q 

qilishga yetarli darajada mustahkam irodasi bor.

Martin  suvda  tik  turdi.  U  sokin  bulutlarga 

tikilarkan, ayni vaqtda o'pkasidagi butun havoni 

chiqarib  yubordi.  U  suv  qa’riga  tezroq  choldsh 

maqsadida qudratli qol va oyoqlarini tez harakat- 

ga keltirib,  suvdan  beligacha ko'tarildi.  U  teran 

suv tubiga misoli oq marmar haykaldek qimir et- 

may cho“kishi lozim. Martin suv ostiga tushgach,



603


604

Jek  London

nafas olib, ichiga suv torta boshladi, bu harakati 

bilan  tezroq  hushdan  ketish  maqsadida  narko- 

tik dorini ichiga tortgan bemomi eslatardi. Lekin 

suv tomog'iga kirib,  uni  bo‘g‘a boshlagan  edi,  u 

beixtiyor,  instinkt  kuchi  bilan  suv  betiga  suzib 

chiqdi va boshi uzra porloq yulduzlami ko'rdi!

Hayot  ilinji,  deb  otyladi  nafrat  bilan,  nafas 

olmaslikka  behuda  urinarkan.  Na  iloj,  boshqa- 

cha  yol  tutishga  to‘g‘ri  keladi.  U  chuqur  nafas 

olib,  o'pkasini  havoga  toldirdi.  Ummon  tubiga 

uzoqroq  sho‘ng‘ish  uchun  shuning  o‘zi  yetar- 

li.  So'ngra  jahd  bilan  ag‘darildi-da,  bor  kuchi 

va  bor  irodasini  ishga  solib,  boshi  bilan  suvga 

sho‘ng‘idi.  Chuqurroq,  faqat  chuqurroq.  Ko'zlari 

ochiq,  shuning  uchun  suvning  shaffof jilvasida 

izidan kelayotgan qilich baliqlar ham ko‘rinib tu­

rardi. Faqat unga tashlanib qolishmasa boldi, bu 

zo'riqqan irodasini bukib qo'yishi mumkin. Biroq 

baliqlar  to'dasi  unga  tashlanmadi  va  u  so‘nggi 

marhamati uchun hayotdan minnatdor boldi.

Pastga  va  faqat  pastga,  oyoq-qollari  allaqa- 

chon toliqib,  arang suzib  borardi.  Albatta,  hozir 

qanyb ummon tubiga yetdi.  Suv  bosimidan  qu- 

log‘i shang'illab, boshi g^uv-g'uv aylana boshladi. 

Bulaming  bari  chidab  bolmas  azobga  aylandi, 

ammo  u  baribir  qol-oyoqlarini  yanada  chuqur­

roq  tushishga  majburlayapti.  Nihoyat  irodasi 

bukildi  va  bo‘g‘zidan  butun  havo  otilib  chiqdi. 

Havo pufakchalari shitob  bilan yuqoriga intilar- 

kan,  uning  yonoqlariga,  ko'zlariga  urilar,  ular- 

dan asta sirpanib o‘tib ketardi. So'ng og‘riq keldi, 

u bo‘g‘ila boshladi.  Bu  azob  olim  emas,  xirala- 

shib  borayotgan  idrokida  shunday  fikr  chaqin




Martin  Iden

605

urdi.  Olim  azob  emas.  Bu  dahshatli bo‘ 

hayot, hayot azobi, unga hayot berayotgan so‘ng- 

gi zarba.

Qaysar oyoq-qollari kuchsiz, joniqib harakat- 

lanar,  tinimsiz yuqoriga talpinardi.  Ammo  Mar­

tin ularni dog'da qoldirdi; ulami harakatlanishga 

va kurashishga undovchi hayot ishtiyoqini ham 

dog'da qoldirdi.  Endi u allaqachon juda chuqur- 

lab ketgan.  Ular uni suv yuzasiga olib chiqishga 

ulgurolmaydi.  Nazarida, ummon royolari oralab 

asta-sekin ketib borayotgandek edi.  Har tomon- 

da ranglar jilvalanib, ajib yog‘du oynamoqda, uni 

qurshab,  atrofini  toldirmoqda.  Bu  nima  ekan? 

Aftidan,  mayoqqa  o'xshaydi,  lekin  u  miyasida

-   chaqnab,  yorqin  nur kabi  ko‘zni  olmoqda.  Oq 

chaqinlar tobora ko'paymoqda. Shiddatli va uzoq 

gumburlashdan  Martin  o'zini  ulkan  va  cheksiz 

pillapoyadan pastga tomon qulab ketayotgandek 

sezdi. Mana, nihoyat uning qa’rida zulmat ichiga 

qulab tushdi. Buni elas-elas idrok qilardi. U zul- 

matga quladi.  Buni  anglab  yetgan  lahzada esa, 

ong-shuuri uzilib qoldi.

g'ilish -





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish