29 Serso - gardish oyini.
598
Jek London
nib turib, o'z kreslosida tinchgina uxlab ketardi.
Ikkinchi nonushtaga zang chalinganida uyg'onib
ketib, uyg'onish kerakligidan achchiqlanardi.
Bir kun Martin uyqusini qochirish uchun
kubrikka matroslar oldiga tushdi. Lekin uning
nazarida matroslar ham u matros koykasida yo-
tib yurgan paytdan beri o'zgarib ketgandek tu-
yuldi. U o‘zi bilan bu merov, diqqinafas, molsifat
odamlar orasida hech o'xshashlik topa olmay,
umidsizlikka tushdi. U yerda - yuqorida, Martin
Idenning hech kimga keragi yo'q edi, ammo bir
vaqtlar o‘zi yaxshi bilgan va sevgan o'z sinfi kishi-
lari davrasiga ham endi qayta olmasdi. Bularning
ham Martinga keragi yo'q edi. Ular ham birinchi
darajali kayutalarda ketayotgan beaql yolovchi-
lar singari uning asabini qo'zitardilar.
Ko'zi og'rigan odamni porloq nur qanchalik
qiynasa, hayot ham Martinni shunchalik qiynoq-
qa solardi, hayot uning qarshisida parpirab tu-
rar va kamalak ranglarida tovlanarkan, Mar
tinni azoblardi. Chidab bolmaydigan darajada
azoblardi.
Martin Iden umrida birinchi marta birinchi
darajali kayutada sayohatga chiqqan edi. Ilgari-
lari shunday kemalarda safarga chiqqanida
yo
vaxtada turar yoki qozonxonada qora terga
tushib ishlardi. O'shanda u ko'pincha boshini
lyukdan chiqarib, palubada sayr qilib yurgan,
chaqchaqlashgan, suhbatlashgan, bekor sang'ib
yurgan bashang passajirlami tomosha qilar
di; paluba tepasiga tortilgan chodir ularni oftob
va shamoldan to‘sib turardi; ular nimaiki nar
sani ixtiyor qilsalar, oyoq-qoli chaqqon styuard-
Martin Iden
599
lar darhol istaklarini bajo keltirardilar. Dim ^
ko'mirxonadan chiqqan Martin uchun bu man
zaralar allaqanday jannatni eslatardi. Mana endi
bolsa, uning o‘zi eng hurmatli yolovchi sifatida,
ovqat paytida kapitanning o'ng yonida otiribdi,
hamma unga ehtirom bilan tikilyapti-yu, ayni
vaqtda, Martinning o‘zi kubrik va qozonxonani
yo'qolgan jannatdek qo‘msaydi. U yangi jannatni
topa olmadi, eskisidan esa tamoman ajragan edi.
Martin qisman bolsa ham biron narsa bilan
mashg4il bolish uchun paroxod xizmatchilari
bilan suhbat qurib, o‘z baxtini sinab ko'rmoqchi
boldi. U mexanik yordamchisi bilan gaplash-
gan edi, u ziyoli odam ekan, shu zahoti sotsia-
listik tashviqot yurgizib, Martinning cho'ntagini
pamflet va varaqalar bilan toldirdi. Martin quloq
solarkan, bir vaqtlar
o‘zi
e’tiqod qilgan Nitsshe
falsafasini esladi. Axir bularda bir ma’no bormi
o‘zi? U telba Nitsshening eng ahmoqona qoida-
laridan birini esladi, mazkur qoidaga binoan
u hamma narsani, hattoki haqiqatning o‘zini
ham shubha ostiga qolgan edi. Nachora, ehti-
mol, Nitsshe haqdir. Ehtimol, haqiqat degan tu-
shunchaning o‘zi bema’nilikdir. Lekin bir zumda
Martinning miyasi charchab qoldi, endi u yana
kresloda cho'zilib yotib, mudray boshlaganidan
xursand edi.
U paroxodda ketayotganidan qanchalik ma-
shaqqat chekayotgan bolmasin, oldinda uni
bundan ham beshbattar mashaqqatlar kutayot-
gan edi. Paroxod Taitiga yetib borganida nima
boladi? Qancha tashvish-u, qancha urinishlar!
Mol xarid qilishi kerak, Markiz orollariga boradi-
600
Jek London
'
"
‘
gan shxuna topishi kerak, qanchadan-qancha
har turli zarur va zerikarli ishlarni qilishi kerak.
Har safar u o'zini ish haqida otylashga majbur
etarkan, boshiga qanday musibat tushishini yaq-
qol anglay boshlardi. Ha, endi u o'zini Kolanka-
lar vodiysida his qila boshlagan edi, lekin shuni-
si dahshatli ediki, u hech qanday qo'rquvni his
qilmasdi. Agarda u ozgina bolsa ham cho‘chisa,
hayotga qaytishi mumkin edi, lekin u qo'rqmas-
di, shunga ko‘ra, tobora ko'proq zulmat qotyniga
kirib borardi. Uning ruhini hech nima, hattoki,
bir zamonlar jon-dili bilan sevgan narsalar ham
quvontira olmas edi. Masalan, Martinga ko‘pdan
yaxshi tanish bolgan shimoli-sharqiy garmsel
«Maripoza» ro‘parasidan esa boshladi, biroq il-
garilari go*yo sharobdek kayf bergan bu shamol
endi uning g‘ashiga tegardi, xolos. U o‘tmish
kunlar va tunlarda eng qadrdon hamrohi bolgan
bu shamolning kutilmagan erkalashlaridan o‘zi-
ni olib qochish maqsadida kreslosini boshqa yer
ga surib qo‘yishlarini buyurdi.
Lekin «Maripoza» tropik iqlim doirasiga kir-
ganida, Martin o‘zini nihoyatda baxtiqaro his
qila boshladi. Uning uyqusi qochib ketdi. U ju-
dayam ko‘p uxlagan edi, endi esa beixtiyor be-
dor yurishi, hayotga tikilib, uning yaraqlashidan
ko‘zlari qamashishi lozim edi. U bezovta bolib,
palubada sang'ib yurardi. Havo rutubatli va is-
siq edi, yomg‘ir tez-tez yog'ib turgan bolsa ham
salqin tushmasdi. Yashash Martin uchun azob
edi. Ba’zida holdan tolib, kresloga o'zini tashlar-
di, lekin bir oz damini olib, yana o‘rnidan turar
va u yoqdan bu yoqqa tentirab yura boshlardi.
Martin Iden
Nihoyat, u o‘zini qolidagi jurnalni o'qib bitirish-
ga majbur etdi va kutubxonadan bir necha she’r
to'plamlarini oldi. Lekin diqqatini to‘play olmay,
yana sayr qilishini davom ettirdi.
Kechqurun Martin o‘z kayutasiga hammadan
keyin tushdi, biroq allamahal bolib qolganiga
qaramay, uxlay olmadi. Dam beruvchi birdan-bir
vosita ham o‘z ta’sir kuchini yo'qotgan edi. Bu
endi haddan ziyod og‘ir dard edi! U chiroq yoqib,
qoliga kitob oldi. Bu Suinbernning she’rlari edi.
Martin bir necha muddat kitobni varaqlab o‘tir-
di, shu payt birdan, uni qiziqib o‘qiy boshlagani-
ni payqadi. U bir she’rni o'qib bolib, keyingisini
o'qiy boshladi, lekin yana oldingisiga qaytdi. Ni
hoyat, u kitobni ko‘ksiga tushirib yuborib, o“yga
toldi. Ha! Mana u! Men uchun zarur bolgan
narsa shu! Taajjub, nega ilgari esiga kelma-
gan ekan-a? Kalavaning uchi bu yoqda ekan-u;
u hech vaqt g'ayriixtiyoriy ravishda bu kalava
uchini topa olmay kelardi, endi bolsa, Suinbern
unga eng qulay chora topib berdi. Martinga orom
kerak edi, orom esa, shu yerda, yonginasida edi.
U illyuminatorga qaradi. Ha, u anchagina keng
ekan. Juda ko‘p vaqtlardan beri birinchi mar
ta sevinchdan yuragi sho'x-sho'x tepa boshladi.
Axiyri
Do'stlaringiz bilan baham: |