Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet449/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

л

  nafas  olib,  bir  zumgina  shu  alfoz- 

da turib  qoldi,  so'ng birdan  Martinga  engashdi. 

Oqko'ngil va ko'ngilchan Martin qizni o'zidan ita- 

rib  tashlash  mumkin,  emasligini,  uning  shash- 

tini  qaytarish,  uni  tahqirlash  demak  ekanini 

tushundi;  bu  erkak  kishining  xotinga  nisbatan 

qilgan  eng  qattiq  haqorati  bolardi.  U  qizni 

quchoqladi,  ammo uning quchog'ida na harorat, 

na  mehr-muhabbat  bor  edi.  U  qizni  shuncha- 

ki  qollari  orasiga  olgan  edi,  vassalom.  Qiz  sho­

sha-pisha  uning  pinjiga  kirdi,  kaftlarini  uning 

gardaniga qo^di, biroq bundan Martinning a’zoyi 

badani  bir  vaqtlardagidek  jimirlab  ketmadi,  u 

o'ng'aysizlanib, uyalib ketdi.

-  Nega buncha titraysiz? -  deb so'radi Martin.

-   Sovuq  qotdingizmi?  Kaminga  o't  qo'yib  yubo- 

raymi?


Martin qizning quchog'idan chiqmoqchi bolib 

harakat  qildi,  lekin  qiz  unga  yana  mahkamroq 

yopishib oldi.



Martin Iden

573

-  Bu asabdan, -  dedi qiz tishlari takillab, 

zir otib ketadi.  Mana yaxshi bolib qoldim.

Asta-sekin uning qaltirashi bosildi. Martin uni 

hamon quchoqlab turardi, lekin endi taajjublan- 

masdi.  Chunki  endi  u  qizning  nima  maqsadda 

kelganini bilardi.

-  Oyim  meni  Charli  Xepgudga  turmushga 

chiqishimni xohlagan edi, -  dedi qiz.

-   Charli  Xepgud?  Anavi,  qachon  qarasang 

og'zidan bodi kirib shodi chiqadigan yigitchami?

-   deb  g‘oldiradi  Martin.  Bir  oz  sukutdan  so'ng 

qo'shib qoydi. -  Endi bolsa, oyingiz sizning men­

ga turmushga chiqishingizni xohlayapti.

Uning gapida savol ohangi yo‘q edi. Bu so'zlar- 

ni u ishonch bilan gapirdi va shu choq ko‘z oldi­

da  o‘zi  olgan  gonorarlaming ko‘p xonali  raqam- 

lari irglshlab о^пау boshladi.

-  Endi oyim e’tiroz bildirmaydilar, -  dedi Ruf.

-  Oyingiz  meni  sizga munosib  er boladi,  deb 

hisoblayaptilarmi?

Ruf boshini xam qildi.

-  Ammo  men  oyingiz  fotihamizni  buzganidan 

keyin  yaxshi  bolib  qolganim  yo'q,  -   oychanlik 

bilan gapira boshladi Martin. —

 Men o‘zgarganim 

yo‘q. Hali ham o‘sha Martin Idenman. Men hatto 

xiyla aynidim ham,  yana chekyapman.  Mendan 

tamaki hidi kelayotganini sezyapsizmi?

Ruf javob  berish  o'miga  ishva  bilan  kaftini 

uning og'ziga bosdi,  odatda,  Martin uning kafti­

ni o'pardi, lekin Martinning lablari qimir etmadi. 

To Ruf qolini olguncha kutib turib, keyin gapini 

davom ettirdi.

-   Men  o'zgarganim  yo‘q.  Xizmatga  ham  kir- 

ganim  yo‘q.  Ish  qidirib  ko'rganim  yo‘q.  Hatto-




574

Jek  London

ki,  qidirishni  ham  istamayman.  Men  hali  ham, 

Gerbert Spenser ulug‘ va oliyjanob odam,  degan 

gapimda  turaman.  Sudya  Blount  esa  eng yara- 

mas  eshakdir.  Men  kecha  unikida  ovqatlangan 

edim, eshak ekanligiga yana bir bor ishonch ho­

sil qildim.

-  Nega dadamning taklifini qabul qilmadingiz?

-  o'pkalanib so‘radi Ruf.

-   Qayoqdan  bilasiz?  Uni  kim  yuborgan  edi? 

Oyingizmi?

Ruf jim edi.

-  Albatta, oyingiz-da!  O'zim ham shunday deb 

o

ko‘ra kelgandirsiz?

-  Mening bu yerdaligimni hech kim bilmaydi, -  

deb qizg'in e’tiroz bildirdi Ruf. -  Oyim bunday ish 

qilishimga hech qachon ijozat bermaydilar.

-   Lekin  menga  turmushga  chiqishingizga 

ijozat berishiga hech gumonim yo‘q.

Ruf zorlanib dedi: 

••

-  O,  Martin,  bunchalik berahm bolmang!  Siz 



hatto  meni  bir  marta  ham  o'pmadingiz.  Toshga 

o'xshaysiz.  Qanday  ishga  jur’at  etganimni  bir 

о у  lab  ко‘ring!  -   qiz  qo‘rqa-pisa  va  ayni  vaqtda 

sinchkovlik bilan atrofga ko‘z yugurtirib chiqdi. -  

Qanday joyga kelganimni bir о У lab ко‘ring.

«Men  jon-jon  deb  sizga  qurbon  bolardim! 

Jon-jon deb qurbon bolardim! -  degan Lizzining 

so'zlari Martinning esiga tushdi.

-   Nega  endi  ilgari  jur’at  etmadingiz  bunga?

-   deb  so‘radi  u jahl  bilan.  -   Katalakdek  hujra- 

da yashaganimda.  Ochlikda kun kechirganimda. 

0 ‘sha paytda ham  men  o‘sha-o‘sha  Martin  Iden




Martin Iden

575

edim -  ham odam, ham yozuvchi sifatida. 

paytlarda tez-tez o'zimga shu savolni berib tura- 

man,  faqat  siz  emas,  qolgan  hamma  odamlami 

nazarda tutib  aytyapman bu gaplami.  Ко‘rib  tu- 

ribsizki,  men  hech  o'zgargan  emasman,  holbu- 

ki,  to'satdan  dovruq  qozonib  ketganim,  ba’zan 

o‘zimni  ham  shubhaga  solib  qoladi.  Lekin  men 

o'sha-o'sha  Martinman!  Mening  boshim  ham, 

yelkalarim ham o'sha,  oyoq-qollarimda hali ham 

o'ntadan  barmoq  bor.  Men  hech  qanday  yangi 

iste’dod  va  yangi  fazilatim  bilan  kerila  olmay­

man.  Miyam  ilgari  qanday  bolsa,  shundayligi- 

cha qolgan. Hatto hech qanday yangi adabiy yoki 

falsafiy  fikrlar  ham  tug'ilgani  yo'q  menda.  Men 

hech kimga tanilmay yolglz yashagan paytimdan 

buyon shaxsiy qiymatim hech ortgani yo‘q.  Bas, 

shunday  ekan,  nega  endi  birdan  hamma yerda 

aziz  mehmon  bolib  qoldim.  Hech  shak-shubha 

yo‘qki,  odamlarga  shaxsan  mening  o‘zim  kerak 

emas,  chunki  men  ilgari  ular  qayrilib  qarashga 

ham or qilganlari o'sha Martin Idenligimcha qol- 

ganman.  Bundan  chiqdi,  ular  mening  shaxsiy 

fazilatimga hech daxli bolmagan,  menga tegish- 

ligi  yo'q  allaqanday  boshqa  bir  narsani  qadrlar 

ekanlar. Mening nimamni qadrlashlarini aytaymi 

sizga? Hammaning hurmatiga sazovor bolganim- 

ni qadrlashadi. Lekin bu hurmat mendan tashqa- 

rida-ku. U o'zgalaming ongida. Bundan tashqari, 

endi  puldor  bolganim  uchun  hurmat  qilishadi. 

Lekin bu pullar ham mendan chetda. Ular har xil 

Jon, Tom, Jeklaming banklarida, kissalarida yo- 

tibdi. Xo'sh, sizga ham shu tufayli, shu pul bilan 

shon-shuhrat tufayli kerak bolib qoldimmi?

Keyingi



-  Siz  mening qalbimni  tilka-pora  qilib  yubor- 

dingiz, - deb faryod qildi Ruf. -  Sizni sevishimni, 

bu yerga ham faqat sizni sevganimdan kelganim- 

ni o'zingiz bilasiz!

-  Gaplarimga  to‘g‘ri  tushuna  olmadingiz  deb 

qo‘rqaman, -  deb muloyimgina gapirdi Martin. -  

Menga  shu  narsani  ayting-chi:  nima  uchun  il­

gari, mendan voz kechishga jur’at eta olgan pay- 

tingizda meni hozirgichalik sevmagansiz?

-   Meni  kechiring,  u  gaplarni  unuting!  -   deb 

jon-jahdi bilan chinqirib yubordi qiz. -  Men sizni 

hamma vaqt sevganman! Eshityapsizmi: hamma 

vaqt!  Shuning uchun ham bu yerda,  sizning qu- 

chog'ingizda turib man.

-  Hozir juda ehtiyotkor bolib qolganman, ham­

ma  narsani  bamisoli  tarozida  tortib  ko'raman. 

Shunga  ko‘ra,  sizning  muhabbatingizni  ham 

tarozida  tortib,  uning  salmog'ini  bilib  olmoq- 

chiman.

Ruf yigitning quchog'idan sirg‘alib chiqib qaddi- 

ni rostladi-da, unga diqqat bilan tikildi.  Bir nima 

demoqchi boldi-yu, lekin indamay qo^a qoldi.

-   Bu  haqda  mening  fikrimni  bilishni  istay- 

sizmi? -  deb gapida davom etdi Martin. -  Hozirgi 

mavqeimga erishganimdan keyin, meni o‘z sinfim 

kishilaridan boshqa hech kim tan olmadi. Kitob- 

larim yozilib bolgandan keyin,  qolyozmalarimni 

o'qiganlardan birontasi ularni ma’qullab bir kali- 

ma ham so‘z aytmadi. Aksincha, meni go У о qan- 

daydir  gunoh  ish bilan  shug4illangan  odamday 

faraz  qilishib,  yozuvchilik  bilan  shug'ullanayot- 

ganim  uchun  qattiq koyishdi.  Hammalari  faqat 

«ishga kir» deb talddlashdi.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish