Martin Iden
565
ri qolgani yo‘q. Men sizga ming dollar beraman,
ammo xolis, faqat o'sha unutilmas kechada
ishtirok etganim uchun minnatdorlik yuzasidan
beraman. Sizga pul kerak, menda u oshib-toshib
yotibdi. Siz pul olmoqchimisiz? Hech qanday
nayrangbozlikning hojati yo‘q. Mana, oling!
Kreys bundan aslo taajjublanmadi. Chekni ol-
di-da, cho‘ntagiga solib qoydi.
- Mazkur shart bo^yicha sizga har haftada
o‘shanaqa kecha uyushtirib berishim mumkin.
- Kechikdingiz, - deb bosh chayqadi Martin. -
Men uchun u birinchi va oxirgi kecha edi. Men
o‘zimni go у о boshqa bir olamda deb his qilgan
edim. Bilaman, siz uchun u kechaning hech qan
day ma’nisi yo‘q edi. Lekin men uchun o'shanda
hamma narsa g‘alati tuyulgan edi. Endi buni tak-
rorlab bolmaydi. Men falsafaga xotima berdim.
Endi u to‘g‘risida eshitishga ham tobim yo‘q.
- Umrimda birinchi marta falsafadan pul ish-
lashim, - dedi Kreys eshik tomon yurarkan, - uni
ham xudo ko‘p ко‘rib, bir zumda qiymati tushib
ketdi.
Bir kuni ko'chada Martinning yonidan fay-
tonda missis Morz o'tib qoldi va iljayib Martin
ga bosh irg'adi. Martin ham tabassum qilib,
boshidan shlyapasini oldi. Bu uchrashuv yigitda
hech ta’sir qoldirmadi. Vaholanki, bir oy burun
uchraganida yuragi g‘ash bolgan bolardi, balki
kulgili bolib ko'rinarmidi, ana o'shanda u missis
Morzning nimalarni his qilganini tasawur qilish
ga urinib ko'rardi. Hozir esa bu uchrashuv Mar
tinning e’tiborini tortmadi. Chunonchi, markaziy
bank binosi yoki shahar mahkamasi yonidan
566
Jek London
o'tganini shu zahotiyoq unutib yuborganidek,
missis Morz bilan uchrashganini ham darhol
esidan chiqarib yubordi. Shunga qaramay uning
miyasi hamon to'xtovsiz, zo‘r shiddat bilan ish-
lardi. Hamon o‘sha «ilgari» degan fikr unga tinch-
lik bermasdi. Martin ertalablari uyqudan shu fikr
bilan uyg'onar, shu fikr uyqusida unga halovat
bermas edi. U nimaniki ko'rsa, eshitsa, his qilsa,
hammasi shu «ilgari» degan fikrga kelib taqalardi.
Martin mantiqiy mulohaza yuritib, nihoyat, men
endi hech kim ham, hech nima ham emas ekan-
man, degan shafqatsiz xulosaga keldi. 0 “yinqa-
roq Martin Iden ham, matros Martin Iden ham
real shaxslar edilar, ular chindan ham bolgan-
lar. Lekin buyuk adib Martin Iden hech qachon
bolgan emas. Buyuk yozuvchi Martin olomon
о у lab chiqargan narsa, olomon uni o‘yinqaroq,
matros Mart Idenning vujudiga joylashtirgan
edi. Lekin bulaming hammasi ko‘zbo‘yamachilik
ekanligini Martinning o‘zi bilardi-ku. Olomon
uning oshqozoni g'amini yer, unga sajda qilar-
di-yu, ammo Martin aslo ular о “ylagan afsonaviy
qahramon emas edi.
Martin jumallarda o‘zi haqidagi maqolalarni
o‘qir, u yerda muttasil bosilib turgan o‘z portret-
larini tomosha qilib, o‘zini o‘zi tanimay qolardi. U
ishchilar mahallasida tug'ilib o‘sgan, kun kechir-
gan, sevgan, hayotdan quvongan edi. Odamlar
bilan yaxshi muomalada bolgan, taqdiming be-
vafoligiga bamaylixotir bardosh bergan edi. Bego-
na yurtlami kezgan, har qanday ob-havoda ham
vaxtada turgan, o‘ziga obcshagan zumrashalar
o'dasiga boshchilik qilgan yigit ham uning o‘zi