Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

556

Jek  London

Martin  uning  gaplariga  deyarli  quloq  solmas 

edi,  «Ilgari»  so'zi hamon  uning qulog'i  ostida ja- 

ranglardi.  Bu so‘z uning es-hushini olib qolgan 

edi, Martin undan albatta qutulishi kerak.

-  Bunga qancha ketadi deding? -  birdan so^ab 

qoldi Martin.

Pochchasi  kvartaldagi  savdo  ishlarining  kel- 

gusidagi  rejalari  haqidagi  valdirashini  to'xtatib, 

Martinga  baqrayib  qarab  qoldi.  Bu  narsaning 

qanchaga tushishi  haqida  churq  etib  ham  og‘iz 

ochgani yo‘q edi,  lekin agar Martin qiziqayotgan 

bolsa,  aytishi  mumkin.  U  hammasini  hisoblab 

qo“ygan.


-  Hozirgi narx-navoda, -  dedi u, -  to‘rt mingga 

tushadi.


-  Peshlavh ham ichidami?

-   Peshlavhni  hisoblaganim  yo‘q.  Uy  bolsa 

boldi, peshlavh topiladi.

-  Maydon-chi?

-  Yana uch ming kerak boladi.

Shundan  keyin,  Bernard  Xigginbotam  qov- 

jiragan  lablari  bilan  tamshanib,  asabiy  holatda 

barmoqlarini  oynatib,  Martinning  chek yozishi- 

ga tikilib  o^tirdi.  Martin  chekni yozib  bolib,  uni 

Xigginbotamga uzatdi.  Chek yetti ming dollarga 

yozilgan edi.

-  Men... men olti foizdan ortiq foyda berolmay- 

man,  -   deb  g‘oldiradi  Xigginbotam  hayajondan 

hirqirab qolgan ovoz bilan.

Martinning' kulgisi keldi,  lekin buning o'miga 

so‘radi:


-  Bu qancha boladi?


Martin Iden

557

-

 Hozir hisoblab ko'ramiz.  Olti foiz... olti 

yetti -  to'rt yuz yigirma dollar.

- Demak,  oyiga  o'ttiz  besh  dollardan  tushar- 

kan... Shundaymi?

Xigginbotam tasdiq ma’nosida bosh irg'adi.

- Durust, agar qarshilik qilmasang, biz bunday 

qilamiz. -  Martin shu so‘zlami aytib,  Gertrudaga 

qarab  qo'ydi.  -  Asosiy  pul  o'zingga  siylov,  lekin 

bir shartim bor: har oy o‘ttiz besh dollarga uying- 

ga  oshpaz  bilan  kir yuvuvchi yollaysan.  Xullas, 

agar sen uydagi og'ir ishlarni Gertruda qilmasli- 

giga kafil bolsang, yetti ming dollar seniki bola­

di. Rozimisan?

Mister  Xigginbotam  pishqirib  nafas  oldi.  Xo- 

tinini  qora  ish  bilan  shug4illanmasligi  haqidagi 

talab  unga  haqoratdek  botdi.  Bu  ajoyib  sovg'a 

xuddi  usti  zarhallangan  achchiq  hab  doriga 

o'xshar  edi.  Xotini  ish  qilmasmish-a!  Bundan 

uning fig‘oni chiqib ketdi.

-   Ixtiyoring,  -   dedi  Martin.  -   Bolmasa,  har 

oyda  o‘ttiz  besh  dollardan  men  tolab  turaman, 

lekin...

U chekka qolini cho'zgan edi, Bernard Xiggin­

botam shosha-pisha uni qoli bilan qopladi va.

-  Men roziman! Roziman! -  deb yubordi.

Martin  tramvayga  chiqarkan,  charchaganini

va ko'ngli  ag'darilayotganini  his  qildi.  U  orqasi- 

ga  o‘girilib  qarab,  ko‘zi  dolconning  serhasham 

peshlavhiga tushdi.  «To‘ng‘iz, —

 deb g oldiradi u,

-  shunaqayam to'ng'iz boladimi kishi?»

«Makintosh  jurnali»da  eng  zo r  rassomlar- 

ning  rasmlari  bilan  bezatilgan  «Folbin  qiz» 

she’ri  bosilib  chiqqanda,  German  Shmidt  bu

karra



558

Jek  London

she’rni bir vaqtlar adabsiz deb aytganini birdan 

unutib  qo*ydi.  Bu  she’rni  u  o‘z  xotini  sha’niga 

yozilgani  haqida  duch  kelgan  odamga  gapi- 

rar  va  bu  ovoza  gazeta  muxbirining  qulog'iga 

borib  yetishi  uchun  astoydil  urinardi.  Muxbir 

ham  birpasda fotograf bilan  rassomni  boshlab 

kelib  qoldi.  Natijada,  gazetaning  yakshanbalik 

soniga ilova qilingan  sahifalaridan birida Meri- 

yenning juda ham  bezak berib  ishlangan  port- 

reti,  Martin  Idenning  va  uning  oilasi  hayotiga 

doir sirli voqealar tafsiloti  «Folbin qiz»ning tola 

matni  bilan  birga  bosilib  chiqdi,  she’r jumal- 

ning  roziligi  bilan  ko'chirilib  bosilgan  edi.  Bu 

hoi  hammayoqqa  ovoza  boldi,  yon-atrofdagi 

qo'shni  xotinlar  mashhur  yozuvchining  opasi 

bilan tanish bolganlaridan  g4irurlanishar,  ha- 

nuzgacha u bilan tanishish sharafiga muyassar 

bolmaganlar  esa  bu  kamchilikka  xotima  be- 

rishga oshiqardilar.  German Shmidt mamnuni- 

yat bilan qollarini ishqalar edi, u hatto ustaxo- 

nasi uchun yangi dastgoh ham buyurtirdi.

-   Bu  har  qanday  reklamadan  ham  yaxshi,  -  

derdi u, -  pul ham sarflanmaydi.

-  Uni mehmonga chaqirsak bolardi, -  deb tak­

lif kiritdi Meriyen.

Martin mehmon bolib keldi,  ко‘tar a savdo  qi­

luvchi  semiz  go'shtfurush  bilan  hamda  uning 

o‘zi  singari  baqaloq  rafiqasi  bilan  odob  saqlab 

suhbatlashib o'tirdi, bular juda boobro' odamlar 

bolib, chunonchi, German Shmidt singari hayot- 

da o‘ziga o‘zi yol ochayotgan yoshlarga foydalari 

tegishi mumkin edi. Albatta, agar ovqatga mash­

hur yozuvchi ham keladi, deb va’da qilishmagan-




Martin Iden

559

da,  ular  ikki  dunyoda  ham  German 

kiga oyoq qo'ymagan  bolar edilar.  Tinch okeani 

velosiped  shirkati  agentligining  bosh  mudiri 

aynan  shu  xo'rakka  ilinib  kelgan  edi.  German 

Shmidt  unga  hadeb  xushomad  qilar,  chunki 

undan  shirkatning  Oklenddagi vakili  lavozimini 

olish  niyatida  edi.  Xullas,  German 



o ‘z

  turmush 

tarzini  yaxshilash  maqsadida  Martin  Iden  bi­

lan qarindoshlikni tiklashga tayyor edi-yu,  lekin 

ko'nglida bu  ishlaming  qanday sodir bolganiga 

hech tushuna olmasdi.  Ko‘pincha yarim  kecha- 

da uyg'onib ketar va xotinini uyg'otib yubormas- 

likka urinib,  Martinning  asarlarini  o‘qir,  ammo 

har gal,  bu kitoblarga faqat ahmoq odamlar pul 

tolaydi, degan fikrga kelardi.

Martin  pochchasining  o‘zi  haqida  nimalar 

oyiayotganini juda yaxshi tushunardi: u kursiga 

yastanib,  German  Shmidtni  kuzatib  oiirarkan, 

xayolan  uning  gardaniga  musht  tushirardi,  eh, 

o'ziga bino qo ‘ygan badbashara nemis, deb о “ylar- 

di u ichida.  Shunga qaramay,  uning ba’zi bir ji- 

hatlari  Martinga yoqqan  edi.  U  qanchalik kam- 

bag‘al bolmasin, qanchalik tezroq boyishga urin- 

masin,  har holda,  Meriyenning uy-ro zg or ishla- 

rini yengillashtirish uchun uy xodimasi yollagan 

edi.  Martin  ovqatdan  so'ng  velosiped  shirkati 

mudiri bilan gaplashib olib,  Germanni bir chek- 

kaga chaqirdi va unga Oklenddagi  velosiped  va 

uning qismlarini sotuvchi eng yaxshi do Tconning 

jihozlariga  mablag'  ajratmoqchi  bolganini  ayt- 

di.  Martin  shu  qadar  saxiy  bolib  ketdiki,  Ger- 

manga, o'zingga yana bitta garaj bilan avtomobil 

ustaxonasi ham qidirib top, dedi, chunki u ikkita

Shmidtni-



korxonani ham juda yaxshi boshqara olishi tur­

gan gap edi.

Meriyen Martinni quchoqlab turib xayrlashar- 

kan, ukasigajiqqayosh ko‘zlarini tikib, uni yaxshi 

ko'rishini, uni doimo yaxshi ko‘rganini pichirlab 

aytdi.  Lekin  oxirgi  so'zlami  aytayotganida  biroz 

duduqlanib  qoldi va ko‘z yoshlari selday quyilib, 

ukasini  ustma-ust  o‘pa  boshladi.  Martin  opasi 

bir  vaqtlar  undan  shubhalangani  va  uni  ishga 

kirishga undagani uchun uzr  so‘rayotganini tu- 

shundi.

-  


Bunaqada ukangning puli ko'pga chidamay- 

di, -  dedi German Shmidt kechqurun xotiniga. -  

Foiz haqida gapirgan edim,  chunonam achchigl 

chiqib  ketdiki!  Nima  deydi  degin?  Menga  foiz  u 

yoqda  tursin,  kapitalning  o‘zi  ham  kerakmas, 

deydi.  Bu  haqda yana  bir  marta  oglz  ochsang, 

shu  malla  boshingni  pachaqlab  tashlayman, 

deydi.  Ha,  xuddi  shunday:  «Malla  boshingni» 

deb aytdi. Lekiniga u ishbilarmon bolmasa ham, 

baribir,  azamat yigit.  Eng  muhimi  -  juda  katta 

yordami tegdi menga!

Mehmonga  chaqiruvchi  taklifnomalar  dolday 

yogllardi,  taklifnomalar  ko‘paygan  sari  Martin 

shuncha  ko‘proq  hayron  bolardi.  U  eng  eski 

klublardan  birining  banketiga  faxriy  mehmon 

bolib  bordi,  umrbod  faqat  eshitgan  va  kitob- 

lardagina  o‘qigan  odamlar  davrasida  o‘tirdi.  Bu 

odamlar unga,  «Transkontinental  oylik jurnali»- 

da «Qo‘ng‘iroq sadosi»ni, «Qovoq ari»da esa «Pari- 

zod bilan marvarid»ni o'qib, buyuk adib dunyoga 

kelganini darhol tushundik, deb aytardilar. «Tav- 

ba,  -   deb  o'ylardi  Martin,  -   men  bolsam,  och-



560 


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish