78
Jek London
- Konserva zavodidan ketganingizga ancha
boldimi? - deb so‘radi u.
- Siz qayoqdan bilasiz? Avliyo bolmang tag‘in!
- deb chinqirib yuborishdi ikkala qiz.
Martin qizlar bilan bolar-bolmas siyqa ha-
zil-huzul gap qilib turarkan, birdan xayolan ko‘z
oldida asrlar hikmatini jamlagan kutubxona-
ning ko‘p qavatli kitob javonlari namoyon boldi.
Yigit bemavrid ko‘ziga ko‘ringan bu manzaradan
achchiq kulib qoydi va yana shubhalar girdobi-
ga g‘arq boldi. Lekin o‘zi safsatabozlik va xayol
surish bilan band ekan, ko‘chadan o'tayotgan
odamlar oqimini kuzatishni qo‘ymadi. Mana ni
hoyat, Martin fonuslaming yorug‘ nurida uni
ко‘rib qoldi, qiz akasi bilan ko‘zoynak taqqan no
tanish yigit o‘rtasida kelardi. Martinning yuragi
urishdan to^adi. Bu damni u uzoq kutgan edi. U
qizning viqorli boshi atrofida allaqanday yengil va
nafis bir narsa borligini, sarvdek tik qomatini, xi-
romon odim otishini, ko'chadan o^ib ketayotgan
chog‘da zo‘r nazokat bilan yubkasini xiyol ko'ta-
rishini ko'rishga ulgurgan edi. Mana, u o'tib ketdi,
Martin esa fabrikada ishlaydigan bu ikki qiz bilan
qolib, ularning tuzukroq yasanish uchun zo*r berib
uringanlari sezilib turgan коyiaklarining bichimiga,
arzon botinkalariga, arzon tasmalariga, dag‘al bar-
moqlariga taqilgan arzon uzuklariga tikilib turardi.
Kimdir uning qoliga turtdi, shunda u:
- Uxlamang, Bill. Sizga nima boldi o‘zi? - de-
gan ovozni eshitdi.
- Menga gapirdingizmi? - deb so‘radi Martin.
- Shunday, o‘zim, - dedi qora ko‘z qiz boshini
bir silkib qo'yib. - Shunchaki xayolimga bir nar
sa keldi...
Martin Iden
79
- Nima?
- Agar unga ham, - deb qiz dugonasiga ishora
qildi, - bironta yigit topsangiz yomon bolmasdi,
keyin qahva ichganimi, yo muzqaymoq yeganimi,
biron joyga borardik.
Birdan Martinning ko'ngli aynib, allanechuk
behuzur bo lib ketdi. Ruf haqidagi xayollardan
bu mavjud narsalarga otish ancha mushkul
bolgan edi. Bu qizning behayolik bilan ochiqdan-
ochiq o‘ziga chorlayotgan ko‘zlari yonida Martin
birdan Rufning nur taratib turgan shahlo ko‘zla-
rini, ya’ni, nihoyatda olis beg4ibor fazodan unga
nigoh tashlab turgan sanamning ko'zlarini ко‘rib
qoldi. Shunda u o‘z vujudida qudratli kuch pay-
do bolganini sezdi. U bulaming hammasidan
yuksakda edi. Hayot Martin uchun orzu-istaklari
yigitlar-u muzqaymoqdan nariga o'tmaydigan
mana bu qizlardan ko‘ra buyukroq narsa edi.
Aslini olganda, u ilgari ham xayolan alohida sirli
hayot kechirardi. U ba’zida fikrlarini boshqalar
bilan o'rtoqlashishga urinib ko‘rardi, lekin shu
choqqacha fikrlariga tushuna oladigan biron
ta ham ayolni, nainki ayolni, erkak kishini ham
uchrata olmadi. U o‘z fikrlarini ochiq so‘zlagan
paytda gapini tinglayotganlar unga taajjublanib
qarardi. Hay mayli, modomiki, uning fikrlari o‘z
atrofidagi odamlarga yetib bormas ekan, demak,
uning o‘zi ham ulardan yuksakroqdadir. 0 ‘zini
kuchli his qilish Martinga quvonch bag'ishlardi;
u mushtlarini qisdi. Bas, hayot uning uchun
muhim narsa ekan, u ham hayotdan ko'proq
ne’mat talab qilishga haqlidir, lekin faqat bu yer
da, mana bu odamlar qurshovida emas, albat-
80
Jek London
ta. Bu qora ko'zlar Martinga hech narsa baxsh
etolmaydilar. Bu nigohlarda qanday orzular aks
etishini Martin bilardi - bu ko'zlar muzqaymoq
va yana ba’zi bir narsalarni orzu qilardi, xolos.
Holbuki, Rufning samoviy nigohi Martin intilgan
jamiki narsalarni va yana son-sanoqsiz bosh
qa narsalarni va’da etayotgan edi. U ko‘zlar ki-
toblar, suratlar, go'zallik va hamohanglik, oliy-
janob va nafosatli hayot va’da qilardi. Martinga
tikilib turgan qora ko‘zlarda aks etayotgan fikrlar
esa unga butun tafsiloti bilan ayon. Bu nigoh
bamisoli soat mexanizmi edi-yu, Martin uning
ichidagi har bir murvatni mushohada qila olardi.
Bu ko'zlar kishini jondan bezdirib, oqibati qab-
ristonga eltuvchi qabih, razil erkaklar sari chor-
lardi. U samoviy nigoh esa aql bovar qilmaydigan
sirlami, boqiy hayot mojizalarini tahlil qilishga
chorlardi. U nigohda Martin qiz qalbining, shu-
ningdek, o'z qalbining ham aksini ko'rardi.
- Dasturilamalda bitta xato o'tibdi, - dedi Mar
tin baland ovoz bilan, - bugun men bandman.
Qiz hafsalasi pir bolganini yashirmay, achitib
dedi:
- Balki, kasal yotgan do‘stingizni borib ko‘r-
moqchidirsiz?
- Yo‘q, nega endi... - Martin tutilib qoldi, - bir
qiz bilan uchrashishim kerak.
- Rost aytyapsizmi? - deb so‘radi qiz jiddiy
ohangda.
Yigit uning ko‘ziga tikilib turib javob berdi:
- Olay agar, rost. Lekin biz boshqa safar
uchrashishimiz mumkin. Har holda, otingiz
nima o‘zi? Qayerda turasiz?
Martin Iden
81
- Otim
Lizzi,
- deb javob qildi qiz
ni qoltiqlab olarkan, uning pinjiga kirib. - Liz
zi Konolli. Uyim Market-strit bilan Beshinchi
ko‘chaning muyulishida.
Ular xayrlashishdan oldin yana bir necha
daqiqa gaplashib turishdi. Martinning to‘g‘ri
uyga borgisi yo‘q edi. U tanish daraxt oldiga
borib, uning derazasi tagida, o‘zi odatlangan yer-
da turdi va hayajon bilan pichirladi:
- Men siz bilan uchrashgani keldim, Ruf. Bosh-
qa hech kim bilan uchrashishni istamayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |