tozalab turar. Agar u Martin umrida bir marta
ham tishini tozalamaganini eshitsa, nima deb
о“ylagan bolardi. Martin ertagayoq tish cho‘tkasi
sotib olib, har kuni tish tozalashni odat qilmoq-
chi boldi. Faqat jasorat ko'rsatish bilan u qizni
maftun qila olmaysan. Martin o'zining tashqi qi-
yofasida tish tozalashdan tortib, qotirma yoqa
taqib yurishgacha (holbuki, qotirma yoqa taqqa-
nida o'zini ozodlikdan mahrum odamday his
qilardi) o'zgartirish kiritishi lozim.
Martin qolini ko‘tarib, barmoqlari bilan qadoq
bosgan kaftini qashladi, kir terisi orasiga shu qa
dar singib ketgan ediki, uni cho‘tka bilan ham
qashlab tozalash qiyin edi. Qizning kaftlari qan-
Do'stlaringiz bilan baham: |