lekin bu chehra chiroylimi, yo‘qmi, hal qila ol-
masdi, chunki u hali qaysi andazaga qarab baho
berishni bilmasdi. U keng va do‘ng peshanasi
ustidagi bir tutam jingalak qo‘ng‘ir sochga na
zar soldi. Martinning jingalak sochlarini xotin-
lar yoqtirardi, ular uning sochini tatalashni va
silashni yaxshi ko‘rardilar. Lekin Martin sochi-
ning u qiz uchun hech qanday ahamiyati yo‘q
deb hisoblab, sochiga ortiq qarab o‘tirmadi-da,
diqqat va o‘ychanlik bilan o‘z peshanasiga tikil-
di: u go У о o'tkir nigohlari bilan o‘z peshanasini
teshib, uning ichida nima borligini bilmoqchiga
o‘xshardi. U zo‘r berib o'ziga o‘zi savol berardi:
«Miyam qanaqa o‘zi? B u miyam menga nima bera
Do'stlaringiz bilan baham: |