III. XODIMLARNING MAJBURIYATLARI. 3.1. Xodimlar zimmalariga yuklangan xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari shart.
3.2. 59-mttda (59-mtt va tashkilotlarda) joriy etilgan mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, «ichki mehnat tartibi qoidalari»ga, «odob-ahloq qoidalari»ga, jamoa shartnomasi talabalriga rioya qilishi, ishga o‘z vaqtida kelishi (ish vaqti mehnat shartnomasida belgilangan), ish vaqtiniig belgilangan davomiyligiga rioya etishi, ish vaqtida unumli mehnat kilishi, rahbariyat farmoyishlarini o‘z vaqtida, aniq bajarishi, jamoa a’zolari bilan hushmuomalada bo‘lishi, bir-birlariga hurmat talabi yuzasidan murojaat qilishi, ishdan tashqari vaqtlarda oilasi davrasida, jamoat joylarida boshqalarga ijobiy hislatlari bilan namuna bo‘lishi lozim.
3.3. Texnika xafvsizligi qoidalariga rioya qilishi, tegishli xujjatlar va yo‘riqnomalarda ko‘zda tutilgan mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigienasi va yong‘inga qarshi talablarga to‘liq rioya qiladi.
3.4. Ish joyini sanitariya-gigiena tartib qoidalari talabi asosida batartib va toza tutishi shart.
3.5. Zimmasida bo‘lgan 59-mttga (59-mtt va tashkilotga) tegishli mol-mulklarni ehtiyot qilishi, avaylab-asrab, samarali foydalanishi, saqlashi shart.
3.6. Kasb va mehnat malakasini doimo oshirib borishi, o‘z ishiga ijodiy yondoshishi, tashabbus bilan ishlashi zarur.
3.7. Jamoada tashkil etiladigan turli tadbirlar (musobaqalar, olimpiada va lozim bo‘lganda yuqori tashkilot ko‘rsatmasi yoki qarori asosida tashkil etiladigan shanbaliklar, mavsumiy kishlok xujalik ishlari va hokazolar) da faol ishtirok etishi lozim.
IV. MEHNAT SHARTNOMASINI (KONTRAKTINI) TUZISH, O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI 4.1 Xodimlar mehnat qilish huquqini ish beruvchi, yani 59-mtt mudiri bilan mehnat shartnomasini tuzish yo‘li orqali amalga oshiradilar. Mehnat shartnomasi yozma shaklda 2 nusxada tuziladi. Mehnat shartnomasida xodim va ish beruvchining asosiy majburiyatlari ko‘zda tutiladi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlar, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
- o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi nusxasi hamda asosiy ish joyidan malumotnoma;
- harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turgani haqidagi guvohnoma;
- qonun xujjatlariga muvofiq ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomi (notarial tasdiqlangan xolda) yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan davlat namunasidagi guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjat;
- salomatligi xaqida tibbiy malumotnoma;
4.2. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish ta’qiqlanadi. 4.3. Ishga qabul qilish vaqtida mehnat shartnomasida dastlabki sinov to‘g‘risidagi shart ta’kidlanishi mumkin. Bunday ta’kid bo‘lganida sinov sharti ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda aks ettiriladi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshmaydigan muddatga belgilanishi mumkin. Uning aniq davomiyligi mehnat shartnomasida tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi. Agar tomonlar tarafidan belgilangan sinov muddati tugaguniga qadar tomonlarning birortasi mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida bayonot bermasa, shartnomaning amal qilishi davom etadi. Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
4.4. Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga asosan, ish beruvchi xodimning ishchanligi, malakasi va ko‘nikmalarini hisobga olib 1(bir) stavkadan kam bo‘lmagan ish bilan ta’minlaydi. Istisno tariqasida xodimning uzrli sabablarga ko‘ra, tomonlar kelishuviga asosan 1(bir) stavkadan kam bo‘lgan ish bilan ta’minlanishi mumkin. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, imzo quydiriladi. 4.5. Ish beruvchining ijozati bilan xodimga ishlashga ruxsat berilgan kun, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’iy nazar ish boshlagan kun deb e’tirof etiladi va xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 4.6. Mehnat shartnomasini bekor qilish faqat qonunchilikda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Xodim u bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddatli mehnat shartnomasini ham, muddati tugaguncha ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir, o‘zaro kelishuv asosida ogohlantirish muddati o‘tmasdan ham mehnat shartnomasi bekor qilinishimumkin. 4.7.Xodim ogohlantirish muddati davomida o‘z arizasini qaytarib olish huquqiga ega. Xodim o‘z arizasida ishni davom ettirishning uzrli sabablar bilan imkoni yo‘q (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, xarbiy xizmatga chaqirilganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga o‘tganligi va boshqa hollar) bo‘lgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak. Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda xodimning ish beruvchiga jarima to‘lashi mehnat shartnomasida belgilanishi mumkin. Agar jarima miqdori belgilanmagan bo‘lsa xodim uni to‘lashdan ozod etiladi. Ishga birinchi marta qabul qilingan va besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga ish beruvchi mehnat daftarchalarini yuritishi shart, (o‘rindoshlar bundan mustasno). 2-DMTTma’muriyati 7 (etti) kunlik muddatdan kechiktirmay xodimning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvni kiritishi va u kiritilishi kerak bo‘lgan shaxsiy varaqa – T-2 – shakliga imzo qo‘ydirgan holda yozuvning mehnat daftarchasidagi yozuv bilan aniq muvofiqligini tanishtirishlari shart.
4.8. 59-mtt ma’muriyati xodimdan uning mehnat majburiyatlariga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga zid harakatlarni sodir etishni, shuningdek, xodimning yoki boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, or-nomusi va sha’nini kamsitadigan harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas. 4.9.Ish beruvchi xodimni faqat uning roziligi bilan boshqa doimiy yoki vaqtinchalik ishga o‘tkazishi mumkin. 4.10.Xodim o‘zining mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini topshirish yo‘li bilan ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishga majburdir. Xodimning bergan arizasi ro‘yxatga olinishi shart. Ariza ro‘yxatga olinishidan qat’iy nazar, u berilgan kundan keyingi kundan boshlab ogohlantirish muddati boshlanadi.
4.11. Mehnat shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizani xodim istalgan vaqtda, shu jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, mehnat ta’tilida, xizmat safarida bo‘lgan davrda va hokazolarda topshirishga haqlidir. Ko‘rsatilgan davrlarning hammasi mehnat shartnomasining bekor qilish to‘g‘risida belgilangan ogohlantirish muddatiga hisoblanadi. 4.59. Ogohlantirish muddati mobaynida mehnat shartnomasining shartlarini tomonlar odatdagi tartibda bajarishda davom etadilar. Xodimning ogohlantirish muddati mobaynida arizani qaytarib olish huquqi saqlanadi. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng mehnat shartnomasi bekor qilinmasa, yoki xodim buni talab qilib murojaat qilmasa mehnat munosabatlari davom ettiriladi.
4.13. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishning imkoni yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
4.14. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan kasaba uyushma qo‘mitasining oldindan roziligini olmay turib (tashkilot tugatilishi, shuningdek tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan raxbar xodimlar bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bundan mustasno) bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini kasaba uyushma qo‘mitasining roziligini olgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, aybli xatti-harakatlar uchun esa, bundan tashqari, intizomiy jazoni belgilash uchun ko‘rsatilgan muddatlardan kechiktirmay bekor qilishga haqlidir. 4.15. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodim vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrida yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtida mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4.16. Ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish niyati to‘g‘risida yozma ravishda (tilxat olib) quyidagi muddatlarda ogohlantirishi shart:
- shtatlar soni qisqarganda kamida 2 (ikki) oy oldin; - xodimning malakasi etarli emasligi yoki sog‘lig‘ini yomonlashgani oqibatida
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi sababli kamida 2 (ikki) hafta oldin, boshqa xollarda esa 2 oy oldin yozma ravishda ogoxlantiriladi va xodimdan imzo quydirib olinadi;
- xodimning aybli xatti-harakatlari oqibatida mehnat shartnomasini bekor qilish holatida ish beruvchi kamida 3 (uch) kun oldin habardor qilishi kerak.
4.17. Ish beruvchi xodim aybli xatti-harakatlar qilgan taqdirda u bilan mehnat shartnomasini quyidagi asoslarda bekor qilishga haqlidir:
-xodim o‘zining mehnat majburiyatlarini muntazam buzib kelgan bo‘lsa va buning uchun bir yil davomida intizomiy jazoga tortilgan bo‘lsa; - xodim o‘zining mehnat majburiyatlarini, lavozim vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzsa; 4.18. Xodim tomonidan mehnat shartnomasini bir marta qo‘pol ravishda bo‘zishga quydagilar kiradi:
- ijro intizomini buzish, bajarmaslik, yoki 59-mttga va yuqori tashkilotlarga bajargan ishlari yuzasidan axborot hamda hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilmaslik;
- «ichki mehnat tartibi qoidalari» hamda «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilmaslik;
- ishga sababsiz kech qolib kelish va ish vaqti tugamay ketib qolish; - ishga sababsiz kelmaslik yoki bir kunda 3 soat ichida uzrsiz sabablarsiz ishda
bo‘lmaslik; - ishga belgilangan namunadagi formada (ayollar shuningdek, yuz-ko‘rinishi hamda soch
turmagi sipo ko‘rinishida bo‘lmasa) kelmslik;
-ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki zaharvandlik vositalarini iste’mol qilib kelish, ish vaqtida va ish joyida alkogolli ichimliklar, giyoxvandlik yoki zaharvandlik vositalari istemol qilsa, rahbar va hodimlarga nisbatan axloqsiz munosabatda bo‘lish va xurmatsizlik qilib, kamsitish, guruxvozlik qilib, sog‘lom muhitni izidan chiqarsa, faoliyati davomida hamda jamoat ishlarida qatnashish vaqtida xam axloqsizlik, manaviy buzuqchilik qilish, yuqorida ta’qiqlangan ichimliklar iste’mol qilib, axloqsiz ishlar bilan shug‘ullasa, qo‘l telefonida taqiqlangan jangari hamda pornografik filmlar, buzg‘unchi va vaxshiylikni targ‘ib qiluvchi filmlar yoki shunga o‘xshash fotosuratlar saqlash va tarqatish bilan shug‘ullanish, buni guvohlarning ko‘rsatmalari bilan dalolatnoma tuzish, guvoxlar tushuntirish xatlari bilan tasdiqlash, yoki mutaxassis va yoxud tibbiy xulosa bilan tasdiqlagan, yoki sud qarori bilan sodir etgan har qanday huquqbuzarligi uchun mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi;
-59-mtt hamda tashkilotlar mulkiga beparvolik tufayli zarar etkazish, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon taroj qilishga yo‘l qo‘yishi yoki bevosita o‘zi bu kabi hatti-xarakatlar sodir etganligi, o‘g‘irlik sodir etish, buni guvohlar tasdiqlagan bo‘lsa yoki xuquqiy idoraning tegishli qarori qabul qilingan bo‘lishi;
- xodimning mazkur ishda ishlashni davom ettirishi mumkin bo‘lmagan g‘ayri-ahloqiy xatti-harakatni sodir etishi;
-xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishga oid ish beruvchini qonuniy topshiriqlarini bajarishdan bosh tortishi yoki lozim darajada bajarmasligi; -hamkasblarini haqorat qilish, tuxmat qilish, uydirma gaplar tarqatish (guvohlar tasdig‘ida yoki sud qarori bilan javobgarlikka tortilgan taqdirda), jamoada sog‘lom muhitni izidan chiqarishga xarakat qilib, guruxvozlik tashkil qilishi; -bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko‘rsatadigan xodim tomonidan aybli hatti-harakatlar sodir etilishi, agar bu hatti-harakatlar ish beruvchi tomonidan unga nisbatan ishonchning yo‘qolishi uchun asos bo‘lsa.
4.19. Xodimga intizomiy jazo qo‘llanishdan qat’iy nazar sababsiz holda ishga kelmagan xodimlarga beriladigan navbatdagi mehnat ta’tilini qoldirgan ish kunlari uchun qisqartirishga ish beruvchi haqli. Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan xodimlarga beriladigan mukofot miqdorini ish beruvchi bevosita kamaytirish yoki butunlay bermasligi mumkin. Intizomiy jazoni ish beruvchi qo‘llaydi. Ish beruvchi intizomiy jazo qo‘llash o‘rniga xodimning o‘z lavozimini bajarishdagi ijobiy munosabatlarini hisobga olib, bu masalani mehnat jamoasida yoki jamoatchilik tashkilotida ko‘rib chiqishni ularga o‘tkazib yuborish huquqiga ega.
4.20.Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini, mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruq nushasini berib xodim bilan hisob-kitob qilishi shart.
4.21. Mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari yozilmaydi.