VI. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI 6.1. 59-mtt va tizimda 5 kunlik ish haftasi joriy qilingan. Ish vaqti ertalab soat 9-00 da boshlanib kech soat 18-00 gacha davom etadi. Quyidagi xodimlarga ish vaqtining qisqartirilgan muddati joriy jtiladi:
- 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga haftada 36 soat; - 1 va 2-guruh nogironlariga haftada 36 soat; - o‘t yoquvchi operator haftasiga 36 soat; - slesar-santexnik haftasiga 36 soat qilib belgilanadi. 6.2. 59-mttda dam olish kuni shanba va yakshanba. Qorovullar o‘zaro kelishuvga asosan bir sutka ishlab 2 sutka dam oladilar. Qorovul ish navbatiga kelmasa ho‘jalik mudiri tomonidan almashuvchi masalasi xal bo‘lmaguncha ish o‘rnini tashlab ketishi mumkin emas. 6.3. Ish boshlangunga qadar har bir xodim ishga kelganini, ish kunining oxirida esa ishdan ketayotganini qayd qilib borishi kerak. Ish kuni davomida zimmasidagi vazifalar bo‘yicha biror joyga borib-kelishi rahbariyat ruhsati bilan amalga oshiriladi. Ish boshlash oldidan va ishdan ketish oldidan kiyim almashtirish ish kuni hisobiga kirmaydi. 6.4. Ma’muriyat xodimni ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olib boradi. Mast holda, alkogol maxsulotlari, narkotik yoki toksik moddalar iste’mol qilganlik oqibatida sarxush holda ishga kelgan xodim ishga qo‘yilmaydi. Ish vaqtidan tashqari xodimning ishga jalb etilishi uning roziligi bilan bo‘ladi. Ish vaqtining muddati 59 soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi, dam olish kunlarida ishlatish ta’qiqlanadi. Ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 220-moddasi 5-qismida va 259-245 moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya qilgan holda, bu ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash Mehnat Kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6.5. Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlarida ishga jalb qilish kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha, yuqori tashkilo qarorida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. 6.6. Barcha ishlovchi xodimlar shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi. Xodim ta’tildan 15 kun oldin habardor qilinadi. 6.7. 59-mttda ishlovchi xodimlarga yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi. Keyingi ish yillari uchun xodimlarga ta’til jadval asosida beriladi. Xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ta’tildan foydalanishning jadvalda berilgan vaqti o‘zgartirilishi mumkin. Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi, ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida berilishi yoki Mehnat Kodeksining 143-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra, yillik ta’tilini o‘n besh kunidan ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda esa, xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi. Xodimni arizasiga binoan uzrli sabablarga ko‘ra unga yilda bir marotaba ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin belgilanadi.
6.8. Xodimlarga Mehnat Kodeksining 159-moddasi talabiga ko‘ra xodimning aybisiz yaroqsiz mahsuot tayyorlaganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanishi kafolatlanadi.
6.9. Xodimlarni xizmat safariga yuborish ish beruvchi buyrug‘i asosida, asoslantirilgan xujjatga ko‘ra hal qilinadi. Xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. O‘zboshimchalik bilan xizmat safariga borishga yo‘l qo‘yilmaydi.