Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
STAVKALARI
To’lovchilar
|
1 kub metr uchun stavka (so’m)
|
|
Yer usti suv resurslari manbalari
|
Yer osti suv resurslari manbalari
|
1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (2-4-bandlarda ko’rsatilganlaridan tashqari)
|
17,3
|
22,0
|
2. Elektrostantsiyalar
|
5,0
|
7,4
|
3. Kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari
|
9,5
|
12,3
|
4. Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari, dexqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar) xamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suvdan foydalanadigan jismoniy shaxslar
|
0,85
|
1,05
|
Soliq Kodeksining 261- moddasiga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi;
2) suv uchun byudjetga soliq o’tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste‘molchilar;
3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to’lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste‘molchilari;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar - tadbirkorlik sub‘ektlari - yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e‘tiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
1) sog’liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog’ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
3) atrof muhitga zararli ta‘sir ko’rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa‘riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektr stantsiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
6) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sho’rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
Soliq to’lovchilarga O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |